Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#elon

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Qurilish resurslari milliy klassifikatori Soliq qoʻmitasining 190 mingdan ortiq MXIKlari bilan uygʻunlashtirildi.

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi va qurilish materiallari MXIKlari yuzasidan tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan savollar, ularni qiynayotgan masalalarga yechim berish maqsadida Soliq qo‘mitasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Uchrashuv 2024-yil 27-noyabr kuni soat 11:00 da Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosida boʻlib oʻtadi.

📍Manzil: Abay ko‘chasi, 6
__________
#объявление

Вниманию предпринимателей, производящих и реализующих строительные материалы!

Более 190 тысяч ИКПУ Налогового комитета приведены в соответствие с Национальным классификатором строительных ресурсов.

В целях решения вопросов предпринимателей, связанных с электронной платформой "Национальный классификатор строительных ресурсов" и ИКПУ строительных материалов, Налоговый комитет совместно с Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства, а также Научно-исследовательским институтом технического нормирования и стандартизации проведет открытый диалог.

Встреча состоится 27 ноября 2024 года в 11:00 в здании Министерства строительства и ЖКХ.

📍Адрес: улица Абая, 6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Soliq_xabarlari_audio

🎙Avval xabar berganimizdek, har dushanba soat 12:00 da "Andijon radiosi"ning "Soliq xabarlari"
eshittirishida sohaga oid muhim yangiliklar, qonunchilikdagi o'zgarishlar, yoshlar, xotin-qizlar, qolaversa, nogironligi mavjud shaxslar uchun soliq imtiyozlari borasida kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Bugun, 27-noyabrda, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

O‘tkazilish vaqti - 11:00

✏️ Mavzu - Qurilish materiallari MXIKlari

📍 Manzil: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Abay ko‘chasi, 6)
_________
#объявление

Сегодня, 27 ноября, состоится встреча с предпринимателями, производящими и реализующими строительные материалы!.

Время - 11:00

✏️ Тема - ИКПУ строительных материалов

📍Адрес - Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства (ул.Абая, 6)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barqarorlik_reytingi

✔️Rag'bat – yangi imkoniyatlarga yo'l ochadi


▫️Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” ana shunday muhim ko‘rsatkichlardan biridir.

Yuqori reyting ko‘rsatkichlarini qayd etish uchun, albatta, bir qator belgilangan talablarga javob berish kerak. Ana shu masalada soliq xizmat organlari xodimlari hamda tadbirkorlar o‘rtasida bevosita aloqa ko‘pgina muammolarga yechim bo‘la oladi.

🔘 Andijon viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham tadbirkorlarga bu borada yaqindan ko‘mak berib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda yuqori toifali korxonalar bilan ham doimiy aloqa yo‘lga qo‘yilgan. Bu galgi tashrif davomida soliq inspektori “AAA” toifadagi bu korxona qanday soliq imtiyozlarga ega ekanligi, ulardan foydalanish tartiblari borasida fikr bildirib o‘tdi.

📍O‘z navbatida bu jarayonlarga tadbirkorlar ham ijobiy baho bermoqda. Zero, o‘zaro muloqot ko‘pgina masalalarga yechim bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach amalga oshiriladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi

Bugungi uchrashuvda, tadbirkorlar mahsulotlarning o‘lchov birliklarini belgilash, MXIK kodini tanlash yoki yangi materiallarga yangi kodlar biriktirish bilan bog’liq yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan har bir masala yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirok etgan har bir tadbirkorning muammosiga yechim berish maqsadida ular bilan doimiy aloqa o‘rnatildi.

Bu esa o‘z navbatida bunday muammolarga duch kelayotgan boshqa tadbirkorlarning masalasi yechim topishiga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jamoatchilik_kengashi

Ayni vaqtda Soliq qo‘mitasida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi, Soliq qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va Markaziy apparat tuzilma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalar muhokamasi o'rin olgan.

Shuningdek, kengashning yangi Raisini saylash rejalashtirilgan.
___
#общественный_совет

В эти минуты в Налоговом комитете проходит заседание Общественного совета.

В нем принимают участие новый состав Общественного совета, первый заместитель председателя М.Мирзаев и руководители структурных подразделений Налогового комитета.

Заслушивается отчет о проделанной работе за прошедший период и обсуждаются планы на будущее.

Также запланировано переизбрание председателя Общественного совета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jamoatchilik_kengashi

🔴🟦🟦

Jamoatchilik kengashining yangi a’zolari o‘zlarini qisqacha tanishtirdi hamda kasbiy faoliyat va tajribalari, shuningdek hamkorlikdagi ishlar doirasida amalga oshirishni rejalashtirayotgan maqsadlari haqida gapirdi.

Jamoatchilik kengashi raisi etib bir ovozdan O‘zbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi raisi, iqtisod fanlari nomzodi Mixail Perper saylandi.
__
#общественный_совет

Члены Общественного совета представили себя, поделились информацией о своей профессиональной деятельности, опыте и целях, которые они намерены реализовать в рамках совместной работы.

Председателем Общественного совета вновь единогласно избран председатель Ассоциации сертифицированных финансовых специалистов Узбекистана, кандидат экономических наук Михаил Перпер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM