Andijon viloyati soliq boshqarmasi
843 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
Olti oy davomida chek bermaslik yuzasidan 45,5 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Antikorrupsiya

Andijon tumanida hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Viloyat soliq boshqarmasi shahar va tuman soliq inspeksiyalarida xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘ibot tadbirlarini doimiy ravishda o‘tkazib kelmoqda. Bu safargi uchrashuv Andijon tumanida tashkil etildi.

🔹Tuman IIB va din ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda bir qator masalalar muhokama etildi.
Xususan, xodimlarning ichki mehnat tartib-qoidalarga so‘zsiz amal qilishi, soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarda etika qoidalariga rioya etishi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish kabi masalalar to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.

🔘Qolaversa, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish, tinchlik yo‘liga g'ov bo‘luvchi g‘oya va aqidalarning ta’siriga tushib qolmaslik kerakligi mutaxassislar tomonidan misollar yordamida tushuntirib o‘tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 7,5 mln nafar.

2023-yilda ilova orqali 134 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlangan boʻlsa, joriy yilning 7 oyida qariyb 191,5 mlrd soʻm soliq toʻlandi.

Ilova orqali soliq xizmatiga savol berishingiz yoki “Davr-On” virtual yordamchisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ilovaga tadbirkorlar uchun yangi "Soliq biznes" xizmati qoʻshildi. Bu soliq to‘lovchining mobil kabineti bo‘lib, unda korxonaning soliq hisoboti, soliq qarzi, elektron hujjat aylanishi, barqarorlik reytingi va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar mavjud.

👉 Batafsil
_______
#мобильное_приложение

7,5 млн человек
пользуются мобильным приложением Soliq.

Cвыше 134 млрд сумов налогов уплачено через приложение в 2023 году и почти 191,5 млрд сумов налогов - за 7 месяцев текущего года.

В приложении можно задать вопрос налоговой службе или обратиться к виртуальному ассистенту Davr-On.

Новая услуга для предпринимателей «Soliq biznes» - это персональный кабинет налогоплательщика с подробной информацией о налоговой отчетности организации, налоговой задолженности, электронном документообороте, рейтинге устойчивости и т.д.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

Xalq depututlari Andijon viloyati Kengashining oltmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Аndijon viloyatida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining oltmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Kun tartibidagi vazifalar qatorida soliq organi rahbarining murojaatnomasi ham ko‘rib chiqildi.

Murojaatnomani soliq boshqarmasi boshlig'i 1-o'rinbosari A.Mirzayev o'qib eshittirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 9-avgust

avgust oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 6-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #uchrashuv

Soliq qo‘mitasi rahbariyati Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari, O‘zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar uyushmasi raisi, shuningdek, 60 ga yaqin Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar soliq sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan maslahat oladi.
__________
#cолиқчи_кўмакчи #встреча

Руководство Налогового комитета проводит встречу с представителями китайских компаний

В ней принимает участие первый заместитель председателя и руководители структурных подразделений Налогового комитета, председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане, а также около 60 представителей китайских компаний.

В ходе диалога предприниматели задают интересующие их вопросы в сфере налогообложения и получают консультации специалистов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan o‘tkaziladi

Bugungi kunda, O‘zbekistonda alkogol, tamaki, pivo mahsulotlari, maishiy texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda suv va salqin ichimliklar majburiy raqamli markirovkalanmoqda.

Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar “Asl belgisi” – mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanishi shart.
👉 VMQ 737-son 5-band 20.11.2020

Majburiy raqamli markirovkalanishi shart bo‘lgan tovarlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
👉 Chakana savdo qoidalari 58 prim 1- band

2024-yil 1-sentabrga qadar Soliq qo‘mitasi tomonidan alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligi xatlovdan o‘tkaziladi.
👉 VMQ-478-son 03.08.2024

Raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tish hamda markirovkalash talablariga rioya etishlari so‘raladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#OAV_nigohida
#Mahallabay

“Mahallabay” ishlash tizimi nafaqat soliq tushumlarini kengaytirishga, balki mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Buni birgina soliq inspektorining faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Bu haqida "Mahalla" gazetasining 44-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM