Andijon viloyati soliq boshqarmasi
867 subscribers
4.26K photos
1.03K videos
73 files
3.65K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#mahallabay #korxonabay

Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor


Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda
▪️“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️“Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.

Soliq to‘lovchilar uchun my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning "Asosiy" sahifasidagi “Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.

Endilikda murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi 40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini - inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#OAV_nigohida

Kunlik nazorat o'rnatilgach, soliq tushumi ortyapti

Ulug'nor – Andijonning eng ilg'or tumanlaridan biri. Bunda mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlarining ham o'rni beqiyos.

Bu haqida "Mahalla" gazetasining 42-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#barqarorlik_reytingi

Ballarni kamaytiruvchi mezonlar

🔘Joylashgan joy (pochta manzili) o‘zgarishi ko‘rsatkichini baholashda tadbirkorlik subyekti joylashgan joyi (pochta manzili) oxirgi 12 oy davomida 3 va undan ko‘p marotaba o‘zgartirilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 ball chegiriladi.

🔘Tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi ko‘rsatkichini baholashda oxirgi 12 oy davomida tadbirkorlik subyekti rahbari 3 va undan ko‘p marotaba o‘zgartirilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 ball chegiriladi.

🔘Tadbirkorlik subyekti ta’sischisi yoki rahbarining ishonchsizligi ko‘rsatkichini baholashda oxirgi 36 oy davomida tadbirkorlik subyektining ta’sischisi yoki rahbari jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa yoki bankrotlik asosida tugatilgan tadbirkorlik subyektiga rahbarlik qilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 ball chegiriladi.

🔘Taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan mustaqil tuzatishlar kiritilishi ko‘rsatkichini baholashda soliq (hisobot) davrida avval taqdim etilgan hisobotlarga:
▫️bir marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 1 ball;
▫️ikki marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 2 ball;
▫️uch marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 3 ball;
▫️to‘rt marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 4 ball;
▫️besh va undan ortiq o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha baholashda kalendar yilda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi. Bunda bir soliq davri uchun o‘sib boruvchi yakuni bilan topshirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari bir marotaba taqdim etilgan deb hisoblanadi.

🔘Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining maxsus guvohnomasi holatini baholashda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining maxsus guvohnomasi bekor qilingan yoki to‘xtatilgan taqdirda, ballar yig‘indisidan 10 ball chegiriladi.

Asos: (VMQ-55-son, 30.01.2024-yil)

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#raqamlashtirish #imtiyoz

🔹Andijonda 8211 ta korxonalar jami 309,0 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi

2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamiz bo‘yicha 138 826 ta tashkilot 13,3 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ovchilik xo‘jaliklari uchun soliq imtiyozlari beriladi

"Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risi"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-105-son, 23.07.2024

Farmonga ko‘ra:

🗓2024-yil 1-sentabrdan yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar
▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
▫️AOSni 1 % stavkada to‘laydi.


Ovlangan o‘ljalardan hamda tabiat in’om etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritiladi.

Ular 2025-yil 1-yanvarga qadar kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha AOS stavkasini 50 foizini to‘laydi.

Izoh! Farmonda nazarda tutilgan AOS bo‘yicha 1 foizlik imtiyozli stavka Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi
2- va 75- moddalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-avgustdan
...

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi;

🔹metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkash joriy etiladi.
_______
#новое_в_законодательстве

С 1 августа 2024 года...

- до 1 января 2027 года налог на прибыль за оказанные услуги в базах прохождения практики высших образовательных учреждениях, осуществляющих подготовку кадров в сфере туризма, уплачивается по ставке, сниженной на 50 % от установленной налоговой ставки;

- внедряется обязательная цифровая маркировка воды и прохладительных напитков в металлической, в том числе алюминиевой, таре.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
_________
#маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
SOLIQ_TAQVIMI_AVGUST_2024.pdf
166.3 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil avgust oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на август 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________

#встреча

Встреча с представителями компаний-экспортеров


В эти минуты проходит встреча с представителями компаний-экспортеров, посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвует руководство Налогового комитета и других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuvda Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi.

Ilovaning yangilangan 2.0.0 versiyasini Google Play'platformasidan hoziroq yuklab olish mumkin. Yaqin soatlar ichida App store'dan ham yuklab olish mumkin bo‘ladi.
_________

#мобильное_приложение #soliq_biznes

На встрече с представителями компаний-экспортеров председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев сообщил о запуске услуги "Soliq biznes" в мобильном приложении Soliq - мобильной версии персонального кабинета юридических лиц.

Обновленная версия 2.0.0 приложения доступна для скачивания на платформе Google Play. В ближайшие часы её можно будет загрузить и в App store.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stol_tennisi

🏓 Andijonda stol tennisi bo‘yicha musobaqaning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

"Soliq biznes" xizmati bilan — biznes jarayonlaridan tun-u kun xabardor bo‘ling!

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.0 versiyasida tadbirkorlar uchun my3.soliq.uz shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli – "Soliq biznes" xizmati qo‘shildi.

Xizmatdan foydalanish uchun korxona rahbari va bosh hisobchisi Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

🔹Birinchi sahifada quyidagilar ko‘rinadi:
▫️korxona nomi;
▫️STIR;
▫️
barqarorlik reytingidagi o‘rni;
▫️soliq majburiyatlari holati (bajarilgan yoki bajarilmagan).


🔹Keyingi bo‘lim – korxonaning iqtisodiy faoliyatiga tegishli asosiy savollar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ular “DSB ma’murchiligi” va “Mahallabay” ishlash tizimidagi mezonlar asosida aks ettiriladi.
Masalan: soliq hisobotlari, hisoblangan soliqlar va yig‘imlar, bank hisobraqamlari, EHF, elektron ishonchnoma va shartnomalar holati.
❗️Bunda hisobraqam to‘xtatilish sababi ham ko‘rsatiladi. Misol uchun, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik, kameral natijalari bo‘yicha talabnomaga javob bermaslik, soliq to‘lovchi o‘zi ko‘rsatgan manzilda bo‘lmasligi...

🔹Shaxsiy kabinetga yuborilgan talabnoma va boshqa yozishmalar alohida kichik bo‘limda jamlangan. Bu yerdan soliq organiga murojaat yuborish imkoniyati ham yaratildi.

🔹Biznes jarayonlarini va buxgalterlar faoliyatini korxona rahbari bilan bir paytda ta’sischilar, biznes hamkorlar va boshqa ishonchli shaxslar ham kuzatib borishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari kuzatuvchi rejimini faollashtirishi kifoya.

Soliq to‘lovchilar o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, ularning faoliyatiga salbiy yoki ijobiy baho berish mumkin.

"Soliq biznes" – Sizning qulay va tezkor xizmatingiz!
___________
#мобильное_приложение #soliq_biznes

Soliq 2.0.0. Теперь с персональным кабинетом для юридических лиц


В обновленной версии 2.0.0 мобильного приложения Soliq добавлена услуга "Soliq biznes" для предпринимателей - компактная версия персонального кабинета my3.soliq.uz.

Чтобы воспользоваться услугой, руководитель (директор) и главный бухгалтер проходят Face ID авторизацию.

🔹На первой странице отобразятся:
▫️наименование;
▫️ИНН;
▫️показатель
рейтинга устойчивости;
▫️статус исполнения или неисполнения налоговых обязательств.

🔹Следующая страница включает в себя основные вопросы и информацию, связанные с хозяйственной деятельностью предприятия. Они отображаются по критериям на основе информационных систем для администрирования плательщиков НДС, а также по принципу «махаллабай».
Например, статус налоговой отчетности, начисленных налогов и сборов, банковских счетов, ЭСФ, электронных доверенностей и договоров.
❗️При этом указывается причина приостановления банковского счета. Например, непредставление налоговой отчетности в срок, оставленные без ответа требования налоговых органов об итогах камеральной налоговой проверки, отсутствие налогоплательщика по указанному им адресу...

🔹В отдельном блоке сгруппированы все требования и другие уведомления, направленные в персональный кабинет. Отсюда предоставлена возможность подать обращение в налоговые органы.

🔹За бизнес-процессами и действиями бухгалтера одновременно с руководителем предприятия могут наблюдать учредители, деловые партнеры и другие доверенные лица. Для этого руководителю достаточно активировать режим наблюдателя.

“Soliq biznes” позволяет установить прямой контакт с прикрепленным к налогоплательщику налоговым инспектором и оценить его деятельность.

“Soliq biznes” – ваш удобный и быстрый сервис!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS #barqarorlik_reytingi

Eksportchi tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev barqarorlik reytingida ish haqi hisoblashga oid mezon boʻyicha ball hisoblanishi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.

Ushbu mezon roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini inobatga olishini bunda inson omili ishtirok etmasligini taʼkidladi.

Shuningdek, xodimlarga ish haqi hisoblashda ayrim qurilish korxonalarida 50 mingtagacha ish o‘rni qo‘shib yozilganini qayd etdi.

Iyun oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qayta hisobotlar moderatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qildi.

Xodimlar sonining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi barqarorlik reytingi, shaffof qurilish tizimlari va QQS salbiy farq summasini qaytarishga salbiy ta'sir qilishini tushuntirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi.