Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #markirovka

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish tizimini joriy etishni taklif qilgan tadbirkorga minnatdorlik bildirdi. U mahsulotlarni markirovkalash aynan shunday tizim ekanligini ta’kidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Uchrashuvda
“Perfekt invest biznes” korxonasi vakili U.Sultonov tadbirkorlar 10 yil oldin soliqchilar kelishidan qo‘rqib turishini, hozirgi kunda soliq tizimining tartibga tushganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Aprel-iyun oylari uchun elektron TTYlarni 1-avgustgacha rasmiylashtirishi mumkin


Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar, 1-iyuldan barcha xo‘jalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel-iyun oylarida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yil 1-avgustga qadar (01.08.2024 y.) rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.
__________
#ТТН

Налогоплательщики могут оформить электронные ТТН за апрель-июнь до 1 августа

Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков, с 1 июля для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

С учетом предложений предпринимателей система оптимизируется.

Налоговым комитетом также приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель-июнь до 1 августа (01.08.2024) текущего года.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Barqarorlik_reytingi

✍️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrdagi shaxslar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganligi aniqlanadi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami ishchi-hodimlari sonini 10 foizidan 20 foizigacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi, ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganda – 5 ball beriladi.

Agar tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami ishchi-hodimlari sonini 20 foizidan yuqorisi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi, ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlangan bo‘lsa – 10 ball beriladi.

Shuningdek, Yer maydonlari va mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi (ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganligi) aniqlanadi.

Yer maydonlari va ko‘chmas mulk obyektlari:

🔹o‘ziniki bo‘lsa – 10 ball;
🔹ijara shartnomasi bo‘yicha – 7 ball beriladi.

Agarda egaligida ham ijarada ham mavjud bo‘lmaganda, shuningdek ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa – 5 ball chegiriladi. Reytingni aniqlashda shu kabi bir qator mezonlar nazarda tutilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallabay
#Maxsus_reportaj

Qo'rg'ontepa tumanida 2,5 mingdan ziyod ishchilarning faoliyatini qonuniylashtirib, mavjud soliq tushumini 3 barobarga oshirishga erishildi.

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹Quyidagilar foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli:


▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar – soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi 1 soliq davri* mobaynida. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan kalendar yilda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashi mumkin.

▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy yil mobaynida ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan foyda soligʻi toʻlovchilari. Ushbu stavka joriy va keyingi soliq davrilarida qoʻllaniladi. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2022-yil dekabrda jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona joriy va keyingi soliq davrlarida, ya’ni 2022-2023-yillarda pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashi mumkin.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*Foyda soligʻi uchun soliq davri kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz #JShODS

Kontrakt to‘lovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda nimalarga e'tibor berish kerak?


Kontrakt toʻlovidan 12 % daromad soligʻini qaytarib olish uchun birinchi navbatda imtiyozdan foydalanuvchi “my3.soliq.uz” saytidan jami yillik daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya yuborish kerak.

Deklaratsiya yuborilganda, uning shaxsiy kartochkasida ortiqcha toʻlov shakllanadi va shundan soʻng ushbu ortiqcha toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida bank plastik kartasi rekvizitlarini koʻrsatgan holda ariza taqdim etishi lozim.

Ariza 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar boʻlmasa ortiqcha toʻlov summasi ariza topshirilgan kundan etiboran 15 kun ichida qaytarib beriladi.

Ma'lumot uchun: professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksi 378-modda


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 20-iyul dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-iyulga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️22-iyul - iyun oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️22 июля - последний день представления отчетности по НДС за июнь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
▫️bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
▫️toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda
________
#знаете_ли_вы #НДС

Услуги в сфере образования освобождены от НДС

Оборот по реализации услуг в сфере обучения (образования), включая организацию проведения тестирования и экзаменов, освобождается от НДС. Сюда относятся:

🔹услуги в сфере начального, среднего, среднего специального, технического и профессионального, высшего и послевузовского образования;

🔹услуги по дополнительному образованию, оказываемые образовательными учреждениями (организациями), а также организациями, осуществляющими переподготовку и повышение квалификации кадров;

🔹услуги по присмотру и уходу за детьми в организациях, осуществляющих образовательную и воспитательную деятельность в рамках программ дошкольного образования и воспитания,

🔹услуги по проведению занятий с несовершеннолетними детьми в кружках, секциях (включая спортивные) и студиях.

👉ст.243 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Stol_tennisi

📍Jalaquduqda stol tennisi musobaqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, ayni damda hududlarda sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqalari start olgan va ularning mahalla bosqichi belgilangan tartibda o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun Jalaquduq tumanida ushbu musobaqaning mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional sportchilar ishtirok etgan ushbu musobaqa qizg‘in tusga kirdi. Yosh-u keksa birdek shijoat bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini o‘z foydasiga hal etish uchun kurash olib borishdi.

Iqtidorlilar ko‘p, ammo g‘oliblik o‘rni sanoqli. Shu sababli eng sara ishtirokchilar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingini joriy etish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirildi


Vazirlar Mahkamasining “Tadbirokorlik subyektlari barqarorlik reytingi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉 VMQ-428-son, 16.07.2024

Qaror bilan barqarorlik reytingini joriy etish tartibini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida Hukumatning ayrim qaqorlariga qo‘shimchalar kiritildi:
▪️ “Qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasining oʻrnini 1 kunda qoplanishi toʻgʻrisidagi meʼyor bilan toʻldirildi. Bunda mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shu kunning oʻzida qaytarib beriladi;

▪️ “Soliq tekshiruvlari tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 2-bandi “Tadirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi” degan meʼyor bilan toʻldirildi.

Soliq solish metodologiyasi boshqarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads