Andijon viloyati soliq boshqarmasi
882 subscribers
4.98K photos
1.19K videos
83 files
4.18K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tabrik #14_yanvar

Bayramingiz muborak boʻlsin, Vatan himoyachilari!

Hurmatli Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur oʻgʻlonlari, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!

Oʻz hayotini ona yurt himoyasidek ulugʻ ishga bagʻishlagan Siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.

Olijanob xalqimiz muqaddas qasamyodiga sodiq, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari boʻlgan bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan faxrlanadi.

Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini taʼminlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.

Oʻzbekistonimiz tinchligi va sarhadlari daxlsizligini saqlab kelayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom boʻladi.

Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni ushbu bayram bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.

El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi Sizlarga doimo yor boʻlsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Tabrik

📌26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#tabrik

Ezgulik va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Tabrik

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Tabrik

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin, ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin, sharafli kasbiga sodiq – qadrli soliqchilar!!!

Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev mazkur sana munosabati bilan soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni va soha faxriylarini tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

🇸🇱 Davlatning asosiy kuch va qudratini, salohiyatini belgilab beradigan har bir soha halol mehnatni, mas’uliyatni, kezi kelganda fidokorlikni talab qiladi.

🔹Soliq sohasida ham yangi “mahallabay” va “korxonabay” tizimi joriy etilgan bo‘lib, uning vazifasi aholiga, tadbirkorga ish faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish, yashirin iqtisodiyotdan saqlanish, aksincha, belgilangan talablarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajargan holda barqarorlik reytingini oshirib olishga imkon yaratadi.


🔺Bularning barchasi mana shu tizimni to‘laqonli yo‘lga qo‘yish, barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda davlatimiz, qolaversa jamiyatimiz turmush tarzini, iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔘Shu o‘rinda bugun soliq xodimlari kuni munosabati bilan hamkasblarimizni Andijon viloyati soliq boshqarmasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman. Mashaqqatli, lekin sharafli kasbiy faoliyatlarida hormay-tolmay, vatanimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishlarini tilab qolaman.

L.I.Qurbonov,
Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#tabrik

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor...

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor,
Mehnat qilgan har insonga zafarlar yor,
Bugun dilga quvonch solar, shodlik solar!
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin soliqchilar!


Soliq qo‘mitasi mehnat faxriysi, "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi G‘ulomjon Musayev soliq xizmati organlari xodimlariga dil izhorlarini mana shunday go‘zal satrlar orqali yo‘lladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik #20avgust

Soliq qoʻmitasi Raisi
Sherzod Kudbiyev, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Har qanday jamiyat rivojida tadbirkorlar ulkan kuch-qudrat bo‘lib kelgan. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni obod etish yo‘lidagi islohotlarga eng katta hissa qo‘shayotganlar ham tadbirkorlardir!

Yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishdagi mehnatlaringiz tahsinga sazovor...

__________
#қутлықлаӯ #20август

Салық комитети Баслығы Шерзод Кудбийев, 20-август – Исбилерменлер күни мүнәсебети менен қутлықлаӯ жоллады

Ҳәр қандай жáмийет раӯажланыwында исбилерменлер ушын үлкен күш-қүдирет болып келген. Азиз Ӯатанымыз – Өзбекстанда экономиканы раӯажландырыӯ жумыс орынларын жаратыӯ, кәмбғаллықты қысқартыӯ, мәҳәллелерди абат етиӯ жолындағы реформаларға ең көп үлесин қосып атырғанларда исбилерменлер болады.

Жаңа ҳәм перспективалы жойбарларды әмелге асырыӯ, елимиздиң экономикалық қүдирети хәм экспорт потенциялын жетилистириӯдеги мийнетлериңиз мактаӯға ылайық.

_________
#поздравление #20августа

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев
направил поздравление в связи с 20 августа – Днем предпринимателей

Предприниматели всегда были движущей силой в развитии любого общества. Предприниматели – это те, кто вносит самый большой вклад в реформы, направленные на экономическое развитие, создание рабочих мест, сокращение бедности, облагораживание махаллей в Узбекистане - нашей дорогой Родине!

Ваши усилия по успешной реализации новых и перспективных проектов, повышению экономической мощи и экспортного потенциала нашей страны заслуживают похвалы...


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Tabrik

Mustaqilligimizning shonli 33 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Tabrik
#1_oktabr

Ustoz! Ushbu so‘zning o‘ziyoq qalblarni to‘lqinlantirib, beixtiyor tabassum qilishga undaydi kishini. Qaysi soha vakili bo‘lmasin, ta’lim bergan, tarbiya bergan, qolaversa, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan bir yoki bir nechta insonni o‘z ustozi deb bilishadi va doimo ularga nisbatan minnatdorlik tuyg‘usini his etishadi.

Albatta. Sizning kasbingiz ulug‘, mehnatingiz sharafli. Ilm o‘rgatish, harf tanitish barobarida qo‘lidan tutib, katta hayot sari yo‘l ko‘rsatish oson emas. Biroz ulg‘aygach, biror soha vakili bo‘lib ham ularning maslahati, ularning ko‘magidan umidvormiz. Chunki o‘rganadigan, maslahat so‘raydigan bir ustozda hamisha ehtiyojimiz bor.

Bugun “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar” kuni. Sizlarni kasb bayramingiz bilan Andijon viloyati soliq boshqarmasi jamoasi nomidan muborakbod etaman. Siz ulashayotgan ilm chirog‘i kelgusi avlodning kelajagini, borar yo‘lini yoritayotgani, ertamiz egalari, qolaversa, yurtimiz yoshlarining yetuk kadrlar bo‘lib yetishayotgani uchun doimo ta’zimdamiz.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz ustozlar!

Hurmat bilan,
L.I.Qurbonov


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, xalq posbonlari!


Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, jasur va fidoyi kasb egalarini 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Soliq tizimi xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz!

Hurmat bilan,
Sherzod Kudbiyev va soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI!


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads