Andijon viloyati soliq boshqarmasi
880 subscribers
4.28K photos
1.04K videos
73 files
3.68K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_seminar

"Raqamli markirovka" mavzusida onlayn seminar-trening quyidagi havolada davom etmoqda

👉 https://youtube.com/live/1vVFc70G4VI?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Онлайн семинар-тренинг по цифровой маркировке продолжается по следующей ссылке

👉https://youtube.com/live/1vVFc70G4VI?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanmoqda;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

2022-yil 1-noyabrdan:

- maishiy texnikalarni majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichiga start berildi –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar;

- dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashning II bosqichiga start berildi – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlar.

2023-yil 1-martdan orfan dori vositalari markirovkalanmoqda.

2024-yil 1-martdan suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etildi.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉 Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar
__________
#цифровая_маркировка

О цифровой маркировке

С 1 января 2021 года
внедрена обязательная маркировка табачных изделий и алкогольной продукции.

С 1 апреля 2021 года маркируется пивоваренная продукция.

С 15 апреля 2022 года стартовала обязательная цифровая маркировка бытовой техники - в частности, пылесосов, стиральных машин, холодильников и морозильников, телевизоров и мониторов.

С 1 августа 2022 года осуществляется маркировка второй группы товаров - бытовых газовых плит, кухонных вытяжек, духовок и плит, микроволновых печей, утюгов, водонагревателей.

С 1 сентября 2022 года внедрена обязательная цифровая маркировка лекарств во вторичной (внешней) упаковке.
👉Предусмотрена ли маркировка ветеринарных препаратов?

С 1 ноября 2022 года стартовал III этап обязательной цифровой маркировки бытовой техники - отопительных котлов, кондиционеров, соковыжималок, блендеров, миксеров, кофемашин, мясорубок, ламп всех видов,

а также II этап обязательной цифровой маркировки лекарственных средств - в первичной (внутренней) упаковке и ангро-продукции.

С 1 марта 2023 года маркируются орфанные препараты.

C 1 марта 2024 года внедрена обязательная цифровая маркировка воды и прохладительных напитков.

❗️Субъекты предпринимательства, которые реализуют продукцию с цифровой маркировкой в розницу, должны использовать специальные устройства для правильного считывания и идентификации штрих-кодов и кодов цифровой маркировки. Сюда относятся 2D-сканеры, терминалы сбора данных либо специальные устройства иного типа.
👉За приобретение устройств для считывания цифровой маркировки предоставляются льготы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mahallabay

🔘May oyi yakunlari bo'yicha viloyatning “Mahallabay” ishlash tizimi ko'rsatkichlari

Viloyatda 909 ta mahallada 345 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bordi.

✔️“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 89.1 ballni tashkil etdi.

☑️ Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning ko‘rsatkichlari:

❇️reytingi 95 balldan yuqori inspektorlar – 20 nafar;
❇️reytingi 90 balldan yuqori inspektorlar – 80 nafar;
▫️reytingi 75 dan 90 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 222 nafar;
▫️reytingi 70 dan 75 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 17 nafar.

📍Tumanlar kesimida samaradorlik ko'rsatkichi eng yuqori bo'lgan hududlar quyidagilar
:

▫️Ulug'nor tumani - 96.8%;
▫️Xonobod tumani - 95.5%;
▫️Bo'ston tumani - 93.7%.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Antikorrupsiya

📌 Korrupsion jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashamiz

✔️ Soliq tizimida korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashish, uning oldini olish va ayanchli oqibatlari to’g’risida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish yaxshi an’anaga aylanib ulgurdi.

🔷 Bugun Oltinko’l tumanida ham ana shunday targ’ibot tadbirlaridan biri bo’lib o’tdi. Unda viloyat Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo’limi, departament hamda ichki ishlar xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari korrupsiya va uning oldini olish, shaxs va soha sha'niga putur yetkazuvchi jinoyatlar sodir etishdan saqlanish hamda uning ayanchli oqibatlari borasida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

🏷 Tadbir davomida tumanda joylashgan bozor hududi, savdo do’konlari va tadbirkorlik subyektlariga borilib, mahalliy aholi vakillariga korrupsiyaga qarshi kurashish lozimligi, bu masala bir nechta tashkilotning emas, balki barchaning vazifasi ekanligi hamda bu illatga qarshi birgalikda kurashish kerakligi ta’kidlab o’tildi.

☑️ Shu bilan birga aholi gavjum joylarda korrupsion holatlarga duch kelganda qayerga va qanday murojaat yo’llash kerakligi to’g’risidagi qo’llanmalar yopishtirib chiqildi. Eslatib o’tamiz, bu kabi targ’ibot tadbirlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
_________
#маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#alkogol #tamaki

Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish choralari kuchaytiriladi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, biznesni yuritish uchun sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Prezident farmoni imzolandi.
👉 PF-84 03.06.2024

Farmonga muvofiq,

🔹Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi;

🔹yashirin ishlab chiqarish va aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlar aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi;

🔹qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, markirovkalanmagan, qalbaki markirovkali alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyiladi.

Shu bilan birga Farmonda:

▪️2024-yil 1-iyuldan, respublika tovar-xomashyo birjasida isteʼmol etil spirti alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun katta va kichik lotlar orqali sotiladi. Bunda, respublika tovar-xomashyo birjasi etil spirti xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot miqdori va xarid maqsadi kesimida Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.

2024-yil 1-sentabrdan:

▪️isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi;

▪️tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha yangi talablar joriy etiladi;

▪️alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi uchun minimal sotish narxlari joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar harakatini tahlil va nazorat qilish dasturiy mahsuloti ishlab chiqiladi


Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Asl belgisi” axborot tizimi operatoriga quyidagi vazifalar belgilab berildi:

🔹“Asl belgisi” axborot tizimi maʼlumotlari asosida raqamli markirovkalangan mahsulotlarni tizimga kiritish, ularning harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tahlil va nazorat qilish imkonini beruvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqish;

“Asl belgisi” axborot tizimini quyidagi yoʻnalishlarda takomillashtirish:
▫️ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan raqamli markirovkalangan mahsulotlarning hisobini toʻgʻri yuritish hamda mahsulotlar harakati zanjirini axborot tizimida toʻliq va haqqoniy aks ettirish;
▫️mahsulotlarning hisobini toʻgʻri yuritish hamda mahsulotlar harakati zanjirini axborot tizimida toʻliq va haqqoniy aks ettirish maqsadida raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining aniq faoliyat manzili, shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish manzillari hisobini toʻgʻri yuritish;
▫️shubhali holatlarni aniqlash va bunday maʼlumotlarni soliq organlariga avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish.

👉PQ-204 03.06.2024
__________
#маркировка

Будет разработан программный продукт для автоматизированного анализа и контроля движения продукции с цифровой маркировкой

Налоговому комитету совместно с Министерством цифровых технологий, оператором информационной системы «Asl Belgisi» поручено:

🔹на основе данных информационной системы «Asl Belgisi» разработать программный продукт, предоставляющий возможность включения продукции с цифровой маркировкой в систему автоматизированного анализа и контроля ее движения;

🔹усовершенствовать информационную систему «Asl Belgisi» с учетом:
▫️надлежащего ведения учета произведенной и реализованной продукции с цифровой маркировкой, полного и достоверного отражения в информационной системе цепочки движения продукции;
▫️правильного ведения учета конкретного адреса деятельности участников оборота продукции с цифровой маркировкой, в том числе адресов производства, хранения и реализации продукции;
▫️выявления подозрительных фактов и автоматизированного представления таких данных в налоговые органы.

👉 № ПП-204 от 3.06,2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🔘 Boʻston tumanida aholi murojaatlari tinglandi

🏷 Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan uchrashuvlari belgilangan tartibda oʻtkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Boʻston tumanida tashkil etildi.

Batafsil:👆"Axborot 24" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Fikr hukm emas

Soliq organi xodimlari toʻgʻrisidagi bir nechta misollar tizim faoliyatiga nisbatan salbiy hukm boʻlib xizmat qilmasligi kerak. Birniki mingga, mingniki tumanga deganlaridek, bir nechta insonning yo'l qo'ygan xatosi davlat organi xodimlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali obro'sizlantirishga asos bo'la olmaydi.

Keling, eng quyi tizim faoliyatiga bir nazar tashlaylik. Mahallabay ishlashning samarali ekanligi va hatto, ijobiy tajriba boʻla olishini natijalarning oʻzi isbotlab turgan bir vaqtda buning samaradorligini taʼminlayotgan soliq inspektorining bir kunlik mehnati qay darajada murakkab ekanligiga koʻz yumib boʻlmaydi. Soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻz xodimlarining tajriba va mahoratini oshirish uchun tizimli ravishda yangiliklarni joriy qilish borasida harakatlar olib bormoqda.

Birgina misol, samaradorlik koʻrsatkichi yuqori boʻlgan soliq inspektorlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish ham yaxshi anʼanaga aylandi. Bularning barchasi tizimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shunday ekan, har bir hodisaga baho berayotganda uning ortidagi mashaqqatli mehnatni ham inobatga olish kerak.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul

▪️4-sektor rahbari murojaatlarni qabul qildi


Bugun Ulug'nor tumanida sektor rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Unda 4-sektor rahbari L.Qurbonov ham ishtirok etdi.

✔️Ushbu qabul jarayonlarida 20 ga yaqin aholi murojaatlari o'rganilib, natijasi ijroga qaratildi.

🔻 Xususan, Ulug'nor tumanida istiqomat qiluvchi aholining ish so'rab qilgan murojaatlari asnosida aholi vakillariga 5 ta tikuv mashinasi va 3 dona motokultivator subsidiya asosida berildi.
🔻Shu bilan birga qabul jarayonlarida ko'p uchraydigan masalalar alohida shakllantirilib, mutasaddi xodimlar nazoratiga olindi.
🔻12 foizli daromad solig'ini qaytarishda muammoga duch kelganlarga amaliy ko'mak berildi.
🔻Soliq sohasi bo'yicha muammosi bor fuqarolarga tavsiyalar berilib, ijrosi ijobiy hal etildi.

🔷 Qolaversa, murojaatchilarga bir martalik yechimlar emas, uzoq asqotishi mumkin bo'lgan choralar tavsiya etildi.

🔘 4-sektor rahbari muntazam ravishda aholi vakillari bilan uchrashib, mazkur masalalar ijrosiga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda va bu jarayon davom ettiriladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
#sayyor_qabul

📣 Andijonda bo'lib o'tgan sayyor qabullarda qancha murojaatlar o'rganildi?


✔️ 2024-yil yanvar-may oylarida Soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 5 693 ta sayyor qabullarda 42 748 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan Andijon viloyatida esa
:

▫️O'tkazilgan sayyor qabullar435 ta;
▫️Kelib tushgan murojaatlar - 2274;
▫️Hal etilgan murojaatlar - 82,0 foiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyun

may oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyun oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Bugun, 10-iyun kuni ayrim tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar sababli, Soliq qo‘mitasining elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi. Mutaxassislar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozliklar bartaraf etildi.

Hozirda barcha elektron soliq xizmatlari faoliyati odatdagi tartibda ishlamoqda.
________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Сегодня, 10 июня, в связи с возникшими неполадками на внешних ресурсах наблюдались временные перебои в работе электронных налоговых услуг Налогового комитета. В результате оперативно принятых специалистами мер неполадки были устранены.

В данный момент все электронные налоговые сервисы работают в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va yosh tadbirkorlar davra suhbati

Uchrashuvda amaldagi soliq qonunchiligi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi.

QQS stavkasining 20%dan
bosqichma-bosqich 12%ga tushirilishi natijasida QQS to‘lovchilar soni ortib borayotgani aniq misollar bilan tushuntirildi.

Ma'lumot uchun, 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 191 738 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar savdo sohasida (63,2 ming) faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, eng yuqori o'sish sur'ati transport sohasida 19,8% kuzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads