Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun
soliq imtiyozlari berildi

🔹2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi.

Ma'lumot uchun, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan davlat budjetiga 2023-yilda 993,4 mln so‘m, 2024-yilning o‘tgan davrida 130,1 mln so‘m QQS (importda) to’langan.

🔹2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.

👉 O‘RQ-926-son 13.05.2024

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida #sayyor_qabul

📺 Bugun har bir hududda aholi murojaatlarini o'rganish va ularni tizimli ravishda hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqaruv organlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📍 Quyidagi lavha orqali Marhamat tumanida bo'lib o'tgan qabul jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#integratsiya #markirovka

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida
belgilandi

Ushbu huquqbuzarliklarga quyidagilar kiradi:

▫️fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish;
▫️tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish.

Huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solinadi.

Avval ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi.
__________
#интеграция #маркировка

Штраф за правонарушения по статье 227 прим.1 Налогового кодекса установлен в размере 2% чистой выручки в последнем отчетном квартале

К этим правонарушениям относятся:

▫️нарушение установленных законодательством требований или порядка по отображению фискальных отметок либо оснащению автоматизированными измерительными средствами учета или обеспечению интеграции с информационными системами налоговых органов,
▫️нарушение производителями, импортерами и продавцами правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации.

При повторном правонарушении в течение года после применения штрафа применяется штраф в размере 20% от чистой выручки.

Ранее эти правонарушения влекли за собой наложение штрафа в размере 100% чистой выручки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar
;
👉suv va salqin ichimliklar.

Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.

📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

2024-yil 1-sentabrdan:

▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi;

▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi;

▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Yangi MXIK yaratish yoki o'lchov birligini qo'shish uchun ariza qanday to'ldiriladi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib beriladi (amalda 10 kundan 15 kungacha).

☝️Batafsil infografikada

❗️Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

📍Andijonda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda

✔️ Andijon viloyati soliq xizmati organlarida sohani korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Andijon tumanida bo’lib o’tdi. Unda so‘zga chiqqanlar soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida batafsil axborot berdilar.

🔻Uchrashuvda korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf ekanligi, davlat xizmatchilari o‘z shaxsiy manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qo‘ymasligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish, huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Xususan, soliq inspeksiyasi xodimlariga xizmat  vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Hurmatli tadbirkorlik subyektlari!

📌 Oʻz faoliyatingizda vujudga kelgan muammo va toʻsiqlar haqida viloyat prokuraturasida tashkil etilgan “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash shtabi”ga “1083” qisqa raqami hamda “Biznesga koʻmak” telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

☎️  Call senter — ʼʼ1083ʼʼ   

⚡️  Telegram bot — @Biznesgakomakbot