Andijon viloyati soliq boshqarmasi
858 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.82K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#keshbek

📲Mart oyi uchun 57 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to'lashga tasdiqlandi

Joriy yilning mart oyida "Soliq" mobil ilovasi foydalanuvchilari tomonidan 86 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan bo‘lib, shundan 2,2 mlndan ortiq iste'molchiga 57,8 mlrd so‘m keshbek to'lashga tasdiqlandi.

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan  soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Joriy yilning mart oyida mobil ilovada 68,3 mln dona chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu 2023-yil mart oyiga nisbatan 23,3 mlntaga ko‘p.

👉“Soliq” mobil ilovasida qaysi cheklarga va nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini oson bilib olish mumkin

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.
__
#кешбэк

📲 Более 57 млрд сумов кешбэка за март подтверждено к оплате 

За март этого года пользователи мобильного приложения Soliq накопили 86 млрд сумов кешбэка. Из них свыше 2,2 млн потребителей подтвержден к оплате кешбэк в размере 57,8 млрд сумов.

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

Всего в марте этого года в мобильном приложении зарегистрировано 68,3 млн чеков, это на 23,3 млн чеков больше, чем
в марте 2023 года.

👉Через мобильное приложение Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк

❗️В месяц, за покупки, сумма которых не превышает 60 БРВ (20 400 000 сумов), потребители могут получить кешбэк в размере 1% (204 000 сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#taksi #agregator

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda

6 ta onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Ushbu agregatorlar orqali yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarga tegishli boʻlgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

Shundan 64 %i Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hudularga to‘g‘ri keladi:
▫️Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) - 54,6%;
▫️Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) - 17,9%;
▫️Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) - 5%;
▫️Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) - 3,3%.
____________
#такси #агрегатор

В столице через онлайн-агрегаторы перевозят пассажиров водители из Ташкентской, Кашкадарьинской и Ферганской областей

6 онлайн-агрегаторов такси интегрированы с информационными системами налоговых органов.

У самозанятых водителей, которые с помощью этих агрегаторов перевозят пассажиров, насчитывается 199,1 тысяч автомобилей. Из них 64% ездят по Ташкенту, при этом большая часть автомобилей:
▫️из самого Ташкента (автомобильный код 01) - 54,6%;
▫️из Ташкентской области (автомобильный код 10) - 17,9%;
▫️из Кашкадарьинской области (автомобильный код 70) - 5%;
▫️из Ферганской области (автомобильный код 40) - 3,3%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#agregator
#onlayn_NKT

Onlayn-taksi agregatorlari cheki shaxsiy kabinetda aks ettiriladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanyapti.

Onlayn-taksi agregatorlari shakllantirilgan cheklarni my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

Buning uchun "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikalari to‘g‘risida ma'lumot" sahifasiga o'tish va "Chek ma'lumotlari" bo'limida "Taksi agregatori cheklari" menyusini tanlash kerak.

Shundan so‘ng chek turi, fiskal modul raqami, chek berilgan davrni belgilab "Qidirish" tugmasi bosiladi. Belgilangan sanalarda shakllangan barcha cheklar ekranda aks etadi.

Onlayn-taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritayotgan haydovchilar ham shaxsiy kabinetida taksi agregatorlari tomonidan tashuvlar uchun shakllantirilgan cheklar haqida ma'lumot olishlari mumkin. Buning uchun “Onlayn-NKT ma’lumotlari” sahifasida “Kunlik komissioner hisoboti➡️Taksi agregatori cheklari” menyusini tanlash kerak. Shundan so‘ng agregator fiskal moduli, tashish davri belgilanadi. Qidirish natijasida kunlik yoki oylik tashish summalarini ko'rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Xatlov

Soliq qarzdorligini undirish maqsadida xatlov tadbirlari davom etmoqda

Soliq xizmati xodimlari tomonidan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan korxonalar hamda qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yil I-choragida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq qarzdorligi hisobidan 130 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lovlarni undirildi.

Xususan, Andijon shahridagi “Issiqlik manbayi” DUKning 4 mlrd 529 mln soliq qarzdorligi hisobiga korxonaga tegishli bo‘lgan noturar bino inshootlari xatlovga olindi. Bundan tashqari "Mega Metan Gaz" MCHJ nomli gaz quyish shaxobchasining 167 mln so'm soliq qarzdorligi hisobiga jamiyat balansida bo'lgan yengil avtomobili xatlovga olinib, jarima maydoniga olib kirildi.

Budjet tushumlarini bajarilishini ta'minlash maqsadida soliq qarzdorligi mavjud korxonalarda xatlov ishlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#uchrashuv

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilindi

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o'tgan yig'ilishda Kengash a'zolari, Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, palata raisi D.Vaxobov hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Unda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilindi.

Xususan, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan soliq nazorati, QQS salbiy farq summasini qaytarish, yuridik shaxslar ko‘chmas mulki uchun minimal stavkalar belgilash, yirik soliq to‘lovchilar ma'murchiligi va boshqa shu kabi takliflar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.

Kengash a'zolari hamda soha mutaxassislarining qizg‘in va konstruktiv muloqoti yakunida bildirilgan taklifrar asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini takomillashtirishga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.


Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.

📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

👉Hammasi raqamli markirovka haqida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads