Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
65 files
3.57K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilinadi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etiladi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar 1 litr 2 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

Tadbirkorlar bugungi kunga qadar QQS bilan xarid qilingan tovarlar uchun Soliq kodeksning 266-moddasiga asosan tuzatish kiritish orqali QQS summasini hisobga olishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #keshbek

Andijonlik iste'molchilar qariyb 4,5 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yil boshidan (1-aprel holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 62,6 mln dona chek uchun 101,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 53,2 mlrd so‘mi fevral oyida berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 46,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10,3 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 6,9 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 4,4 mlrd so‘m.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz #daromad_soligi

Kimlar ishchilari uchun toʻlangan daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin?


Bular:
👉Jazo muddatini oʻtab qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan korxonalar;
👉Paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermerlar;
👉Issiqxonasi 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar;
👉“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturidagi korxonlar;
👉Mikrofirma va kichik korxonalar.


Qaytarib olish talabi va tartibi qanday?

🎞Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro tomonidan nomiga mol-mulk va yer solig‘i noto‘g‘ri kelayotganligi yuzasidan Oltinko‘l tumani soliq inspeksiyasi hamda kadastr tashkilotlariga e’tirozli murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘rganilganda, haqiqatdan ham fuqaro O.G‘oziyevning nomida bo‘lgan ko‘chmas mulk 2021-yil 26-yanvar kuni fuqaro Z.Abdullayevga notarial tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida rasmiylashtirgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro O.G‘oziyev nomida bo‘lgan va ayni paytda oldi-sotdi shartnomasi orqali fuqaro Z.Abdullayev nomiga o‘tkazilgan ko‘chmas mulk Kadastr agentligi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilib, ko‘chmas mulkning ayni paytdagi egasi nomiga yer va mol-mulk solig‘i to‘lovchisi sifatida ma’lumotlar bazasida shakllantirilishi ta’minlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barqarorlik_reytingi
#Savol_javob

✍️Barqarorlik reytingi har kuni davlat organlari va idoralarning elektron shaffof platforma axborot tizimida mavjud ma’lumotlardan foydalanilgan holda shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinib boriladi.
Barqarorlik reytingini aniqlash uchun tadbirkorlik subyektlari haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi hamda ularning faoliyati Nizomda belgilangan mezonlarning har biri bo‘yicha reyting tizimi asosida baholab boriladi.

Barqarorlik reytingi shakllanishiga oid tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholash mezonlari va ularga qo‘yilgan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlar baholash amalga oshirilgan kundan boshlab 1 kun ichida tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Yuborilgan barqarorlik reytingiga oid ma’lumotlar tadbirkorlik subyekti tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda tadbirkorlik subyekti reytingga nisbatan e’tirozlari mavjud bo‘lganda o‘z shaxsiy kabineti orqali soliq organiga murojaat qiladi.

Tadbirkorlik subyekti tomonidan barqarorlik reytingi darajasi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar Soliq qo‘mitasi tomonidan 10 ish kuni davomida qayta ko‘rib chiqiladi, e’tirozlar asosli deb topilganda ma’lumotlar bazasiga tegishli tuzatishlar kiritilgan holda qayta shakllantirilgan barqarorlik reytingi tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Qo‘shma_xat.pdf
1.1 MB
#QQS #imtiyoz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilinishi boʻyicha axboroti

👉 Soliq kodeksi 483-modda
____________
#НДС #льготы

Информация Министерства экономики и финансов и Налогового комитета об освобождении от НДС до 1 января 2028 года оборота по реализации, а также ввоза товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, реализуемых полностью или частично за счет государственного внешнего долга, привлеченного и привлекаемого из международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Fuqaro D.Usmonovning murojaati Soliq boshqarmasining mas'ullari tomonidan o'rganib chiqildi hamda taqdim etilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda fuqaro murojaati ijobiy hal etildi. Natijada, fuqaroga nisbatan “XAMID” xususiy korxonasi rahbari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2-qismi bilan elektron shakllangan “Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida” gi qaror bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda ham bu jinoyatning oldini olish, unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga barham berish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Asaka tumani soliq inspeksiyasi xodimlariga huquqni muhofaza qiluvchi organ mas'ullari taklif etilgan holda viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan jamoaviy profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tadbirda mutasaddilar tomonidan bildirilgan fikrlar aniq va hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi ham ishtirok etgan tadbirda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan omillar, uning salbiy oqibatlari, Vatanga sadoqat hamda halol va pok mehnat bilan javob qaytarish lozimligini taʼkidladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|