Andijon viloyati soliq boshqarmasi
843 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

O‘lchov birligi noto‘g‘ri aks ettirilgan cheklarni aniqlash funksiyasi ishga tushirildi

Endi soliq toʻlovchining my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida o‘lchov birligi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan cheklarni aniqlash imkonini beruvchi yangi funksiya yaratildi.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun my3.soliq.uz portalida:

- “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limida “Chek ma’lumotlari” bandi tanlanadi;
- “MXIK va o‘lchov birligi noto‘g‘ri cheklar” tugmasi bosiladi.

❗️Bu yerda MXIK va oʻlchov birligi (qadoq) notoʻgʻri ko‘rsatilgan barcha cheklar real vaqt rejimida aks etadi.

Soliq to‘lovchilar Onlayn-NKTdan foydalanish yo‘riqnomasi yordamida yoki xizmat ko‘rsatuvchi TXKMga murojaat qilgan holda onlayn-NKT cheklarida no‘to‘g‘ri ko‘rsatilgan o'lchov birligini to‘g‘rilashi mumkin.

Bu haqda soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnomalar yuborilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Воспользуйтесь налоговыми услугами не выходя из дома

❗️Физические лица могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги;
▫️зарегистрировать договор аренды недвижимости, а также автомобиля;
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности;
▫️получить справку о зарплате;
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого;

👉через сайт e-imzo.soliq.uz получить ЭЦП;

👉через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz:
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе;
▫️вернуть переплату по налогам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

❗️Fevral oyi uchun AOS hisoboti 15-martdan kechiktirmay topshirilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-mart

fevral oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-mart – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil fevral oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_va_mol_mulk_soligi

SIZ VA BIZ TO'LAYOTGAN SOLIQLAR YURTIMIZNI YANADA FAROVON BO'LISHI UCHUN XIZMAT QILADI

Unutmang❗️
15-aprel - Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini teng yarmini to‘lashning so‘nggi kuni.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
👉PQ-419-son, 10.11.2022-y.
__________
#налог_с_оборота

Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?

Плательщики налога с оборота вправе на добровольной основе выбрать уплату налога в фиксированной сумме. При этом сумма налога в год составляет:
🔹при совокупном доходе не более 500 млн сумов - 25 млн сумов;
🔹при совокупном доходе свыше 500 млн сумов - 34 млн сумов.

Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме освобождаются от обязанности представления налоговых отчетностей по данному налогу и в части доходов в виде дивидендов.

👉ст.470 прим.1 НК

Cубъекты предпринимательства, уплачивающие налог с оборота по фиксированной налоговой ставке, освобождаются от обязательства по представлению годовых финансовых отчетов в налоговые органы.
👉№ ПП-419 от 10.11.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads