Andijon viloyati soliq boshqarmasi
836 subscribers
4.23K photos
1.03K videos
72 files
3.62K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Hozirda fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuborilmoqda.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilmoqda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Soliq mobil ilovasidan yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani oson yuklab oling.
_______________

Скачайте справку об отсутствии задолженности по налогу на имущество и земельному налогу физических лиц.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Yanvar oyida 87 mingdan ortiq korxona qariyb 4 trln so‘m soliq imtiyozlaridan
foydalandi

Imtiyozlar korxona aylanma mablag‘lari oshishiga, bu o‘z navbatida faoliyat kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
👉QQS – 1,3 trln so‘m;
👉yer solig‘i – 1,6 trln so‘m;
👉mol-mulk solig‘i – 750,9 mlrd so‘m;
👉ijtimoiy soliq – 173,1 mlrd so'm;
👉JShODS – 64,3 mlrd so‘m;
👉suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so‘m.
👉AOS – 8,4 mlrd so‘m.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Korrupsiya

Buloqboshi tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan joylarda tizim xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

📌Boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik mas’ul xodimi korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berildi.

❇️Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlar ogohlantirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mol_mulk_soligi
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan?

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan?

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.
👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilishiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

👉 Jonli efir havolasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-mart

fevral oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari

Yanvar oyida yirik korxonalar 9 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

▪️4,6 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta;
▪️716 mlrd so‘mi xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga
to‘g‘ri keladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads