Andijon viloyati soliq boshqarmasi
894 subscribers
5.06K photos
1.21K videos
85 files
4.22K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

"Zakovat" intellektual o‘yini Andijonda

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirning navbatdagi saralash bosqichi joriy yil 14 dekabr kuni Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Turnirda Andijon viloyatida davlat soliq xizmati organlari va kadastr sohasida faoliyat yurituvchi xodimlardan iborat 23 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Andijon viloyatida viloyat davlat soliq boshqarmasining “Yetakchi” jamoasi 1-o‘rinni, Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi 2-o‘rinni hamda Qo‘rg‘ontepa tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbirda "Eng namunali ishtirokchi", "Eng faol ayol ishtirokchi" hamda "Eng faxriy ishtirokchi" nominatsiyasi bo'yicha ham g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa turnirning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

"Zakovat" intellektual o‘yini Andijonda

O’yin taassurotlaridan
...

Batafsil:👆

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mutaxassis_sharhi

Tovarlarni vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilish operatsiyalari soliq hisoboti onlayn-NKM tizimida qanday yuritiladi?

Onlayn-NKM tizimida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Avvalroq vositachilik shartnomasi asosida tovarlar relizatsiya qilishni onlayn kassa cheklarida aks ettirish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu yangi imkoniyat haqida DSQ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Hayotjon Nasrulloyev aniq va lo‘nda tushuntirish berdi:

Vositachilik shrtnomasini imzolagan tomonlarni soliqqa tortishning 4 ta yo‘li mavjud:

1️⃣ Vositachi va komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar;
2️⃣ Komitent va vositachi - QQS to‘lovchilar”;
3️⃣ Komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi, vositachi - QQS to‘lovchi;
4️⃣ Komitent - QQS to‘lovchi, vositachi - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi.

Vositachilik shartnomasi asosida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalari onlayn-NKM tizimida aks ettirilgan soliq hisobotini shakllantirishda komitentning holati inobatga olinadi.

Agar komitent QQS to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko'rsatilgan summa uning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Agar komitent aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko‘rsatilgan summa uning aylanmadan olinadigan soliq hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Ko‘chmas mulkini ijara beruvchi jismoniy shaxslar uchun yaxshi yangilik

🏠2022-yil 1-yanvardan
jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish uchun soliq organlariga borish shart emas.

🔑Hisobga qo‘yishni elektron raqamli imzo bilan ijara.soliq.uz sayti orqali tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

❗️DIQQAT! Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘ymaslik bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#YaTT

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 707-son qaroriga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.

👉Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega.


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#TARAQQIYOT_STRATEGIYASI
#intervyu

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga intervyusi

"Yangi O‘zbekiston" gazetasi 254-son. 2021-yil 17-dekabr

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Izboskan_tumani

#Sayyor_qabul

Sayyor qabullar davom etmoqda…

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Izboskan tumanida Andijon viloyati 4-sektor rahbari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda aholining yechimini topmayotgan muammolari tinglanib, ularning ko'pchiligi joyida hal qilingan bo'lsa, muddat talab qiladiganlari yuzasidan mas'ul xodimlarga ko'rsatmalar berildi va nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabullar reja-jadval asosida barcha shahar va tumanlarda o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|