Andijon viloyati soliq boshqarmasi
885 subscribers
4.27K photos
1.04K videos
73 files
3.68K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyot deganda nimalar tushuniladi?

Savdo yoki xizmatlarni amalga oshirganda QR-kodli chek bermaslik oqibatida qaysi sohalar oqsaydi?

Batafsil: 👆"Maxsus reportaj" ko'rsatuvida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi: toifalar va rag‘batlantirish


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#barqarorlik_reytingi

Reyting halol biznesni rag'batlantirishga asoslanadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.
👉PQ-39-son, 23.01.2024-y.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.
👉Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom

⁉️Savollarga javob:
🔹Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?
🔹Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?
🔹Elektron platforma qanday ishlaydi?

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yig‘ilishda maktabdagi boʻsh joylar tadbirkorlarga oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish uchun tekin foydalanishga berilishi, ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar taqdim etilishi aytib o‘tildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashirin_iqtisodiyot
#Nazorat_tadbiri

Yashirin iqtisodiyot – taraqqiyot kushandasi

Bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga pul o‘tkazish (P2P) orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish soliq bazasini (kamaytirish) yashirish hisoblanadi va bu jarima solishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga QR-kodli chek taqdim etishi shart.

Bu bo‘yicha Soliq xizmati xodimlari xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib, aniqlangan qonunbuzarliklarni tegishli tartibda bartaraf etmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatchi soliqdan ortiqcha to‘langan 23 mln so‘m mablag‘ni Shahrixon tumani soliq inspeksiyasidan qaytarib ololmayotganini bildirgan.

O‘rganishlar davomida aniqlandiki, murojaatchi ma’lumotlarni taqdim etishda ayrim xatoga yo‘l qo‘ygani sababli, ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytarilishida kechikish yuzaga kelgan.

Mazkur kamchilik Shahrixon tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilib, ortiqcha to‘lovni qaytarib olishni tasdiqlovchi xulosa tuman g‘aznachilik bo‘limiga yuborildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirildi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan soha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirildi.

Har bir xodim o‘z yelkasida butun soliq organining sha’ni, obro‘sini ko‘tarib yurishi, ayni shuning uchun ham xizmat vazifasida ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishiga diqqat, e’tibor qaratildi. “Xizmatga halol munosabatda bo‘lish, zimmasidagi mas’uliyatini majburiyat emas, vijdon ishi deb bajarishgina insonga saodat keltiradi”- dedi tadbir tashkilotchilari.

Korrupsiyaga qo‘l urish xodimning nafaqat jamiyat oldida qadr-qimmatini tushurishi, balki o‘z oilasi, qarindosh-urug‘larining yuzini yerga qaratishi, inson taqdirini parokanda qilishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#barqarorlik_reytingi

Birozdan so’ng Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi seminar bo’lib o’tadi.

Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, Biznes-Ombudsman D.Qosimov, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o’rinbosari D.Adilov, “O'zsanoatqurilish materiallari” uyushmasi, Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha jamoatchilik kengashi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
————
#рейтинг_устойчивости

Скоро начнется очередной семинар для предприниматей, занятых в сфере строительства, с целью ознакомления их с сутью и значением Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства, а также с критериями определения рейтинга.

В мероприятии примут участие Председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев, Председатель ТПП Д.Вахабов, Бизнес-омбудсман Д.Косимов, заместитель министра строительства и жилищно-коммунального хозяйства Республики Узбекистан Д.Адилов, Ассоциация «Узпромстройматериалы», члены Общественного совета по поддержке предпринимательства при Президенте, а также представители других ответственных организаций.

🎬 JONLI EFIR/ ПРЯМОЙ ЭФИР

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM