Andijon viloyati soliq boshqarmasi
856 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning JShSHIR (PINFL)ini kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ayni mavzuda ko‘p uchrayotgan savollar yuzasidan Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmonov tushuntirish berdi


👉 YTT bo‘yicha foydali havolalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan.

Hurmatli fuqarolar, yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashni unutmang. O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar uchun penya hisoblanadi.

📩 Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqarolarga Soliq_uz (Soliq§uz) manzilidan yoki 6079 raqamidan SMSlar yuborilmoqda. SMSda "Batafsil" hamda "Toʻlash" havolalari bor.

👉"Batafsil"da toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

👉"Toʻlash"da esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: "Soliq" mobil ilovasi orqali soliq to‘langanda hech qanday kod so‘ralmaydi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling.

👉 Soliqlarni Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini my3.soliq.uz sayti orqali ham to‘lashi mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 23-noyabr kuni “Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится, 🗓 23 ноября на тему «Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/nVuqFl735zA?feature=share
______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

По причине перебоев в работе интернет-провайдеров онлайн-семинар на тему “Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль” начался позднее указанного ранее времени.

🌐Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/nVuqFl735zA?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

Markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi qonunga xilof

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi "Jahon bozori" savdo kompleksi tadbirkorlari ishtirokida jahon brendlari ostidagi soxta tovarlar, markirovka qilinmagan maishiy texnikalar sotilishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etdi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qiluvchilar ijtimoiy soliq soliq stavkasi pasaytiriladi


🗓 2024-yil 31-dekabrgacha
boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga:
▫️ ijtimoiy soliqni 1 % miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash;
▫️3 yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirib toʻlash huquqi beriladi.

👉 PF–198-son, 21.11.2023

📌 Izoh! Farmonda nazarda tutilgan qonunchilik meʼyorlari Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi to‘lagan kontraktining 12 %  daromad solig‘ini qaytarib ololmayotgan murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda keltirilishicha, Jalaquduq tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan fuqaroga farzandining o‘qishi uchun to‘lagan kontrakt pulining 12 % daromad solig‘ini qaytarib berilishi kechiktirilayotgan ekan.

Afsuski, murojaat yo‘llayotgan yurtdoshlarimizning aksariyati kimligi, yashash manzili haqida to‘liq ma’lumot qoldirishmayapti. Bunday vaziyatda mavxum yozilgan murojaatni qanoatlantirish deyarli imkonsiz. Axir murojaatchi arzi ijobiy hal etilishi uchun o‘zi haqida to‘liq ma’lumot qoldirishi xavotirli, qonunga zid harakat emas-ku.

Murojaatchi e’lon qilingan xabarda o‘z shaxsi haqida ma’lumot qoldirmagan. Uning kimligini qidirib topish ancha qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsada, fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritildi.

Ayrim texnik sabablarga ko‘ra, kechiktirilayotgan daromad solig‘ini qaytarib olishni tasdiqlovchi xulosa Jalaquduq tumani G‘aznachilik bo‘limiga, yangi hafta boshiga (elektron amaliyot dushanba ish kunidan boshlanishini hisobga olgan holda) yuboriladigan bo‘ldi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

✍️Soliq kodeksining 60-moddasiga asosan, jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari deyilganda - uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi tushuniladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (330 000 so‘m)* davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (297 000 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i toʻlashning oxirgi muddati 1-iyun.

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.
👉Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i stavkalari

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 330 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari165 000 so‘m;
▫️ faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 330 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega
👉Yollanma xodimlar soliq organlarida qanday hisobga qo‘yiladi?

*2023-yil 1-dekabrdan BHM - 340 ming so‘m.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda murojaatchi nomidan e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Murojaatda keltirilishicha, Saydullayev Xayotillo mol-mulk solig'idan qarzdorligini bartaraf qilishiga qaramay, 2 mln so'mdan ziyod qarzdorligi mavjudligi haqida Jalaquduq tumani Soliq inspeksiyasidan xabarnoma yuborilganligini aytgan.

Jalaquduq tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan o'rganishlar natijasida murojaat yo'llagan fuqaro - Saydullayev Xayotilloning nomida hech qanday mol-mulk yo'qligi va u bu turdagi soliq to'lovchisi emasligi aniqlandi.

Bordiyu, murojaatchi oila a'zolaridan birining nomida bo'lgan mol-mulk uchun soliq to'layotganini nazarda tutgan bo'lsa, haqiqiy mol-mulk egasining ismi, sharifini yozib qoldirmagani sababli uning arzini o'rganib chiqish va qanoatlantirishning imkoni bo'lmaganini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.
👉 PF-5813-son 06.09.2019

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti (Click, Payme va boshqalar) yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Ma'lumot uchun: 2023-yil 1-noyabr holatiga iste'molchilarga berilgan cheklar soni:
🧾 onlayn-NKT700,7 mln;
🤳elektron chek 1,1 mlrd.

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermaslik javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉 Soliq kodeksi 221-modda

👉 Oktabr oyida qaysi korxonalarning cheklari ko‘proq ro‘yxatdan o‘tkazilgan?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 30-noyabr

noyabr oyi uchun:


- soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan yer soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 4-qism);

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻining qolgan summasini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️30 ноября 2023 года последний день

за ноябрь:


- представления уточненной налоговой отчетности по земельному налогу юридическими лицами, у которых в течение налогового периода произошли изменения в общей площади и составе сельскохозяйственных угодий, по землям сельскохозяйственного назначения в налоговый орган
(ч.4 ст.431 Налогового кодекса);

- уплаты оставшейся суммы земельного налога за земли сельскохозяйственного назначения
(ч.3 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallabay

Mahallabay tajribasi soliq bazasini kengaytirmoqda


Batafsil:👆 "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi summalari Kadastr organlari maʼlumotlari asosida hisoblanadi

Agar korxonaga tegishli koʻchmas mulk va yer maydonlari hamda soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlsa, unga aniqlik kiritish yuzasidan kadastr organlariga murojaat qilish lozim.

Maʼlumot uchun:
Imtiyoz va alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalari hamda koʻchmas mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar my3.soliq.uz – elektron soliq xizmatlari portalining quyidagi boʻlimlaridan murojaat yuborish orqali shakllanadi.
▫️ “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat”;
▫️ “Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalari”.

Eslatma:
2024-yil 1-yanvardan soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.

👉 VMQ-548-son 18.10.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xatlov

Qarzdorliklarni undirish choralari ko'rilmoqda


Batafsil:👆 "Zamon" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Taksi xizmatlari Soliq qo‘mitasi talablarini bajarmoqda


Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti – “YandexGo UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.

Shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qoʻmitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Shu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal ma'lumotlar operatori bilan integratsiyalash bo'yicha ishlar yakunlandi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo'yicha Soliq qo'mitasi tomonidan qo'yilgan talablarni bajarmoqda.

Shuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalash ishlari ham yakunlanganini maʼlum qilamiz.
Yaqin kunlarda ular orqali ko‘rsatilgan tashish xizmatlari uchun to'lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda.
______________
#официальная_информация

Сервисы такси выполняют требования Налогового комитета

C 1 декабря этого года сервис Yandex Go будет предоставляться на территории Республики Узбекистан налоговым резидентом Узбекистанаюридическим лицом ООО «YandexGo UB».

Начиная с этой даты, сервис Yandex Go будет вести учет в соответствии с требованиями законодательства РУз, выставлять первичные документы, представлять налоговую отчетность и уплачивать установленные налоги.

Об этом компания Ridetech International B.V. уведомила Налоговый комитет официальным письмом.

Вместе с этим завершена работа по интеграции сервиса Yandex Go с оператором фискальных данных. Решается вопрос выдачи фискальных чеков самозанятых и юрлиц на каждую поездку c использованием данного сервиса.

Таким образом, Yandex Go выполняет выставленные Налоговым комитетом требования по приведению своей деятельности в соответствие с законодательством.

Также сообщаем, что работа по интеграции с оператором фискальных данных завершена у сервисов MyTaxi и Uklon. Фискализация платежей за поездки в данных сервисах ожидается в самое ближайшее время.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads