Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 3-oktabr

2023-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 7-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️3 октября 2023 года - последний день

за 2023 год:

- уплаты налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период в размере 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами
(ч.7 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq sohasidagi eng muhim, to‘g‘ri va tezkor ma'lumotlarni Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifasi – "Soliq xizmati xabarlari" telegram kanali orqali kuzatib boring!
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadar – soliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉
Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 446-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Fermer xoʻjaliklariga 1,9 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoni berildi

Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan.
👉 PQ-192 14.06.2023

Qarorga muvofiq, Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizalar elektron tarzda qabul qilinib, 5 kun muddatda koʻrib chiqilmoqda.

🗓2023-yil 1-oktabr
holatiga 209 ta korxonaga umumiy miqdori 1,9 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berildi.

❗️Soliq to‘lovchilar mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun my3.soliq.uz portalidagi xizmatlar menyusidan “Soliq qarzlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki kechiktirish” xizmati orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati soliq boshqarmasi joriy yilning 25 sentabr kuni you tube tarmog'i orqali fuqaro Sarimova Marg'ubaxon tomonidan yo'llangan murojaatda soliq inspektorlari ayolning tovarlarini musodara qilib yuborgani haqidagi xabar asossiz ekanligini ma'lum qiladi.

O'rganishlar davomida ma'lum bo'ldiki, murojaatchi 2020-yilda Shahrixon bozori atrofida kuzatilgan holat haqida gapirmoqda. Ayol tadbirkor sifatida davlat ro'yxatida turmasada, soliqchilar uning oilaviy ahvolidan kelib chiqib,  ma'muriy javobgarlikka ko'ra hech qanday dalolatnoma tuzishmagan. Ichki surishtiruvlar davomida ayolning tovarlari yo'qolishiga soliq xodimlarining hech qanday aloqasi yo'qligi ma'lum bo'ldi.

Murojaatchi M.Sarimovaning tovarlari yo'qolishida  soliq xodimlarining  ishtiroki borligi haqida hech qanday dalili yo'q.

Shu o'rinda noqonuniy faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizdan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishi uchun rasmiy ro'yxatdan o'tishlarini so'rab qolamiz!

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#mol_mulk_va_yer_soligi

JISMONIY SHAXSLAR MOL-MULK VA YER SOLIG'I TO'LASHI UCHUN OZ FURSAT QOLDI

To'lovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-oktabr

sentabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 5-oktabr kuni “Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash va to'lash tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 5 октября на тему «Порядок начисления и уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю».

Прямой эфир – на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash va to'lash tartibi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=vprGOH4LTlo
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок начисления и уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю».

🌐 Ссылка на семинар 👉https://www.youtube.com/watch?v=vprGOH4LTlo

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#yer_va_mol_mulk_soligi

Yer va mol-mulk soliqlarini to'lash muddatlari va ahamiyati haqida jamoatchilik fikri
_________

🗣Hurmatli fuqarolar!

Yer va mol-mulk soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang hamda "Soliq" mobil ilovasi orqali tez va oson to'lang❗️

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_imtiyozi

Ipoteka kreditlari uchun soliq imtiyozlari

🔹JSHODSdan imtiyozlar:

▫️Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

▫️Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

🔹Mol-mulk solig‘idan imtiyozlar:

▪️“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyulgacha “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilingan;
👉PQ-2660 17-band “a” kichik bandi 22.11.2016

▪️Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilingan.
👉PQ‑1902 4-band 3-xatboshi 04.01.2013

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 x 80 = 78,4 mln soʻm.
__________
#налоговые_льготы

Налоговые льготы для ипотечных кредитов

🔹От налога на доходы физических лиц освобождаются суммы заработной платы и другие доходы налогоплательщика, направляемые на погашение ипотечных кредитов и начисленных на них процентов, если:

▫️они получены с учетом выделенной субсидии из бюджета, при этом от налога освобождаются доходы в размере до 80 МРОТ* в год;

▫️они получены супругами, являющимися молодыми семьями, до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).

Если недвижимое имущество, приобретенное после 1 января 2023 года за счет ипотечного кредита, будет отчуждено в течение 36 месяцев, действие налоговой льготы аннулируется с восстановлением обязательств по уплате налога за весь период применения налоговой льготы.

👉п.16 ст.378 НК

*минимальный размер оплаты труда – 980 000 x 80 = 78,4 млн сумов.

🔹От уплаты налога на имущество освобождаются:

▪️сроком до 1 июля 2020 года физические лица (заемщики) по приобретенным квартирам до погашения ими ипотечного кредита, предоставленного в рамках реализации Программы по строительству и реконструкции энергоэффективных доступных многоквартирных домов в городах на 2017 — 2020 годы АКИБ «Ипотека банк», АКБ «Узпромстройбанк» и АКБ «Асака банк»;
👉подпункт а) п.17 № ПП-2660 от 22.11.2016 г.

▪️до 1 июля 2020 года физические лица по приобретенным жилым домам в рамках Программы по строительству индивидуального жилья по типовым проектам в сельской местности, до погашения ими ипотечного кредита.
👉п.4 № ПП-1902 от 04.01.2013 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #deklaratsiya

Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

🏘 Ipoteka kreditlari, "kontrakt" hamda nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️ipoteka kreditlari;
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari
.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM