Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#antikorrupsiya

Soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari

Soliq xizmatining barcha boʻgʻinlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimli va samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi rahbarlar va xodimlarning ustuvor vazifasi etib belgilangan.

Xususan, soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsdadida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish, halol va sadoqatli xodimlar safini kengaytirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Bunda hududiy soliq organlarida huquq tartibot organlari vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvlar ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Uchrashuvlarda
xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning muhim ahamiyati tushuntirilmoqda.

Hududiy soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirlar

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Toshkent shahri
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat qo'ynidagi uchrashuv xotin-qizlarning  ish samaradorligini oshirib, ish faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan norozi kayfiyatdagi xabar asosli emasligini ma’lum qiladi:

Andijon shahar soliq inspeksiyasi xodimi ekanligini aytib, ismini sir saqlagan murojaatchining bo‘lim boshlig‘i ustidan qilgan iddaosi faqat bir yoqlama e’tirozligini aqlli kuzatuvchi borki, yaxshi tushunadi. Shikoyat go‘yoki, hudud inspektorlari nomidan yozilgan. Arzgo‘ylarning ro‘yxati e’lon qilinmagan ekan, demak, chindan ham ko‘plashib yozilgan xabarligi mavhum. Murojaatchi soliq xodimi emas, balki jiddiy ayblov qo‘yilayotganlarga shaxsiy adovati bor kimsa bo‘lishi ham mumkin.

Bo‘lim boshlig‘i va sobiq xodim soliq to‘lovchisining 2 million so‘m pulini jig‘ildoniga yeb yuborgani haqidagi gaplar esa isbotsiz, qonuniy asossiz ekanligi o‘rganishlar davomida aniqlandi. Chunki, tekshiruvlarda soliq to‘lovchisidan olingan o‘sha 2 millon so‘m tadbirkorning o‘z xisobiga to‘lov qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Xabar yozuvchi, bo‘lim boshlig‘i va sobiq xodimning soliq tushumlarini o‘z cho‘ntagiga yig‘ib yurganligini iddao qilishi aybsizlik prezumpsiyasining buzilishi sanaladi. Negaki, aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, suddan boshqa xech kim har qanday holatda ham shaxsni aybdor deb topishga yoki aybdor deb atashga haqli emas.

Andijon shahar soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i sobiq xodimga soliq yig‘ish uchun biriktirilgan hududlarni endilikda boshqalarga bo‘lib bermayotgani haqidagi gaplar ham tekshiruvlarda tasdig‘ini topmadi. Chunki, hozirgi kunda ushbu hududga soliq inspeksiyasining katta inspektori N.Hakimov biriktirilgan. O'rganishlar davomida sobiq xodimning hozir ham soliq tushumlarini cho‘ntagiga yig‘ib yuribdi mazmunidagi gap esa haqiqatdan yiroqdaligi ma'lum bo'ldi.

Darvoqe, arzigo‘ylardan dardi-xoli chindanda haqiqat, asosli bo‘lsa, rahbariyat qabuliga kirmasidan avval xulosa chiqarmasliklarini va bu harakatiga ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarini ishontirishga urinmasliklarini so‘rab qolamiz.

To‘g‘ri, murojaat, ariza yo‘llash har kimning axborot tarqatish huquqi. Biroq, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun ham qonunchiligimizda javobgarlik bor. Asoslanmagan bunday xabarlar faqat bir yoki ikki xodimning sha’nini oyoqosti qilibgina qolmay, soliq organlarida mehnat qilayotgan, xizmatga halol munosabatda bo‘layotgan xodimlarning ham obro‘sini tushirishini unutmaslik kerak.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Qorgontepa_tumani

SAYYOR QABULLARDA AHOLI MUROJAATLARI HAL ETILMOQDA

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr
#Yer_va_mol_mulk_soligi

15 oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 aprel va 15 oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

Soliq mobil ilovasiorqali to‘lovni amalga oshirishda:
• ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
• ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi;
• jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
• "Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.
soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

• Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
• Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
• Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

🌐 Andijon viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#MXIK

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlari uchun MXIKlar ro‘yxati yangilandi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
👉VMQ 447-son 04.09.2023 yil

Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulotlar (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirildi. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

📞Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
__________
#ИКПУ

Обновлен перечень ИКПУ для услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий

Утвержден перечень видов услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий.
👉ПКМ №447 от 4.09.2023

Исходя из этого, в Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) проведена инвентаризация ИКПУ в этой сфере.

В результате инвентаризации изменены структура и состав кодов. Обновленный перечень ИКПУ в сфере информационно-коммуникационных технологий размещен в Каталоге. Его использование станет обязательным с 1 октября 2023 года.

В связи с этим рекомендуется перепроверить коды, используемые в настоящее время в онлайн контрольно-кассовой технике, и заменить их на утвержденные ИКПУ к указанной дате.

📞По вопросам и предложениям обращайтесь к оператору Каталога по телефону 71-202-32-32.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan QQS to’lovchilar deb e’tirof etilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
64%
Mumkin emas
8%
Bilmayman
20%
Mumkin
8%
To’g’ri javoblar yo’q
Paxta va g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklariga ishchilari uchun to’langan daromad solig’ini qaytarish qaysi portal orqali amalga oshiriladi?
Anonymous Quiz
46%
my.soliq.uz
2%
org.soliq.uz
48%
my3.soliq.uz
4%
tasnif.soliq.uz
Doimiy muassasalar orqali faoliyatni amalga oshiruvchi O’zbekiston norezidentlariga xizmatlar ko’rsatishdan olingan foyda bo’yicha nol darajali stavkani qo’llash qachon bekor qilingan.
Anonymous Quiz
16%
2023-yil I-chorakdan
42%
2023-yil 1-yanvardan
27%
2023-yil 1-martdan
16%
2023-yil 1-iyuldan
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori):

🏗 Qurilish
korxonalarida 599 mlrd so‘mni tashkil etdi;

🏭 Ishlab chiqarish korxonalarida 570 mlrd so‘mdan oshdi.

1-sentabr holatiga
__________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Налоговая задолженность (выше 100 млн сумов):

🏗 строительных
организаций составила 599 млрд сумов;

🏭 производственных
организаций превысила 570 млрд сумов.

По состоянию на 1 сентября

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#turizm

Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta
16 – 20-oktabr kunlari Samarqand shahrida BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi oʻtkaziladi.

2023-2027-yillar uchun UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar boʻyicha qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilingan Oʻzbekiston uchun
xalqaro miqyosda bildirilgan bunday ishonch yurtimizning nafaqat jahon turizm bozoridagi pozitsiyasi mustahkamligini, balki xalqaro munosabatlardagi faoliyatining ham nechogʻli samarali ekanini namoyon qiladi.

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads