Andijon viloyati soliq boshqarmasi
867 subscribers
4.26K photos
1.03K videos
73 files
3.65K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Savol_javob

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining 2-bandi a-kichik bandida, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda (Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlari) ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno):

🔘foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1%;

🔘yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1% miqdoridagi soliq stavkalari
bo‘yicha to‘laydi, deb ko‘rsatilgan.

Ya’ni, imtiyozlardan foydalanishning asosiy sharti “5-toifadagi tumanlarda (Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlari) ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari” hisoblanib, Sizning holatingizda tuman soliq idorasi tomonidan to‘g‘ri javob berilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqildi

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, bot test rejimida ishga tushdi, uni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat

Soliq xizmati xodimlari zakovati sinovdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan
Soliq qo‘mitasi xodimlari ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Soliq qo‘mitasi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida tashkil etilgan mazkur bilimlar bahsida qo‘mita markaziy apparatining 18 ta jamoasi ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan o‘yinda jamoalar bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Intellektual bellashuv natijalariga ko‘ra Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasining “Everest” jamoasi I o‘rinni egallab “Zakovat” kubogi sohibi bo‘ldi.

Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamentining “Yuksalish” jamoasiga II o‘rin, Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamentining “Barkamol” jamoasiga III o‘rin nasib etdi.

Shuningdek, “Zukko ayol”, “Faxriy ishtirokchi” hamda “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha munosib deb topilgan ishtirokchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQ TAQVIMI_SENTABR_2023.pdf
177.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil sentabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на сентябрь 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova
#soliqlarni_tolash

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlarini uydan chiqmagan holda Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to’lang. Bu bilan siz ham vaqtingizni ham naqdingizni tejagan bo'lasiz.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, hududiy soliq inspeksiyalarida aholidan soliqlarni naqd pul va bank plastik kartochkalar orqali undirib olish imkoniyati mavjud bo‘lgan bo'lib, “Soliqlarni aqlli yig‘ish tizimi” ya’ni “SAYT” dasturi o‘rnatilgan terminal qurilmasi amaliyotga joriy etilgan.

“SAYT” terminal qurilmasi orqali ma’lumotlar bazasidagi jismoniy shaxslarning barcha soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi axborotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati mavjud.

Aziz fuqarolar, soliqlarni o'z vaqtida to'lashni unutmang!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Bilimlar_kuni

Umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi

Jumladan, Andijon shahridagi 2-umumta’lim maktabida ham 2023-2024 o‘quv yili uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalindi. Tadbirni viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Jasurbek Mashrapov ochib berdi.

Notiq o‘z so‘zida, keyingi yillarda davlatimiz tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Bugun yoz bo‘yi miriqib dam olgan o‘g‘il-qizlarimiz yana maktab tomon yo‘l oldi. To'rtinchi sentabr – Bilimlar kuni o‘quvchilarni o‘z bag‘riga chorladi.

Ilm maskaniga ilk qadam qo‘yayotgan jajji o‘g‘il-qizlarga Prezidentimiz tomonidan o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari yuborilgan. Albatta, bu g‘amxo‘rlik va e’tibor ortida davlatimizning yuksak ishonchi mujassam.

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Talabalar uchun soliq imtiyozlari

❗️Quyidagilarga soliq solinmaydi:

🔹Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga;
📄Soliq kodeksi 378-modda 19.1-band
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

🔹Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari;
📄Soliq kodeksi 369-modda 9-band

🔹Talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekistoning professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘larga.
📄Soliq kodeksi 369-modda 12-band
👉Imtiyozdan qanday foydalaniladi?
__________
#льготы

Налоговые льготы для студентов

❗️Не облагаются налогом:

🔹доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду;
📄п.19-1 ст.378 НК
👉Как зарегистрировать договор аренды со студентом?

🔹доходы студентов, которые организовывают на территории вузов Узбекистана платные учебные курсы, спортивные кружки или оказывают другие образовательные услуги;
📄п.9 ст.369 НК

🔹оплата за обучение студентов на платно-контрактной основе в профессиональных и высших образовательных организациях Узбекистана.
📄п.12 ст.369 НК
👉Как воспользоваться льготой?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha videoqo‘llanma

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda oyiga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

👉“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

👉 Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi?

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_sud

Bugun chin ma'noda tadbirkorlar zamoni keldi deyish mumkin. Biroq yaratilayotgan shuncha imkoniyatni suiste'mol qilayotgan ishbilarmon bor. Buni kassa cheki bermayotgan savdogarlar ustidan soliq idoralariga kelib tushayotgan arizalardan ham bilish mumkin.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi transmilliy kompaniyalarni tekshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganmoqda

Soliq qoʻmitasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) qoʻshma tashabbusi doirasida yo‘lga qo‘yilgan birinchi texnik koʻmak dasturini amalga oshirishga kirishdi. "Chegarasiz soliq inspektorlari" (Tax Inspectors without borders - TIWB).

Dastur yirik soliq toʻlovchilar, jumladan, transmilliy kompaniyalar faoliyatini tekshirish boʻyicha tajribali xalqaro mutaxassislar rahbarligida qoʻshma amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish orqali auditorlarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Xorijiy ekspertlar rahbarligida o‘tgan texnik konsultatsiyalar davomida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari transfert narxlarini qo‘llashda soliq to‘lovlarining to‘liqligini tekshirish va nazorat qilish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tahlil qilmoqda.
__________
#сотрудничество

Налоговый комитет изучит международный опыт аудита транснациональных компаний

В Налоговом комитете дан старт реализации первой программы технической поддержки, осуществляемой в рамках совместной инициативы Организации экономического сотрудничества и развития (ОЭСР) и Программы развития ООН (UNDP) «Налоговые инспекторы без границ» (Tax Inspectors without borders - TIWB).

Программа нацелена на совершенствование профессиональных компетенций аудиторов посредством проведения совместных практических занятий под руководством опытных международных специалистов по проверке деятельности крупных налогоплательщиков, включая транснациональные компании.

В ходе проекта профильные специалисты Налогового комитета проанализируют передовой международный опыт в сфере аудита и контроля за полнотой уплаты налогов при применении трансфертного ценообразования.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

✍️Soliq kodeksining 408-moddasida mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari (xozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 330000 so‘m qilib belgilangan) miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lash tartibi nazarda tutilgan.

Ijtimoiy soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ijtimoiy soliqni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi.

To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart.

Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
▫️bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
▫️toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda
________
#знаете_ли_вы #НДС

Услуги в сфере образования освобождены от НДС

Оборот по реализации услуг в сфере обучения (образования), включая организацию проведения тестирования и экзаменов, освобождается от НДС. Сюда относятся:

🔹услуги в сфере начального, среднего, среднего специального, технического и профессионального, высшего и послевузовского образования;

🔹услуги по дополнительному образованию, оказываемые образовательными учреждениями (организациями), а также организациями, осуществляющими переподготовку и повышение квалификации кадров;

🔹услуги по присмотру и уходу за детьми в организациях, осуществляющих образовательную и воспитательную деятельность в рамках программ дошкольного образования и воспитания,

🔹услуги по проведению занятий с несовершеннолетними детьми в кружках, секциях (включая спортивные) и студиях.

👉ст.243 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads