Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
📙 FARG‘ONA SOLIQ TEXNIKUMI O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

🔉2023-2024 o‘quv yili doirasida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘qishga taklif etiladi.

O‘qish muddati - 2 yil.

📖 Ta'lim yo‘nalishlari:
- soliqlar va soliqqa tortish;
- buxgalteriya hisobi va audit.

✏️ O‘qish shakli:
- kunduzgi;
- sirtqi.

📍 Manzil: Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 122-uy.

🏢 Mo‘ljal: Farg‘ona politexnika instituti yonida.

☎️ Telefon raqamlari:
73 241-11-65, 73 241-11-49, 99 127-90-23, 93 645-04-84.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta yetishtiruvchilar uchun QQSni hisobga olishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil hosilidan
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) uchun QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🔹paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
🔹paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun EHFda koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

👉 VMQ-379-son, 14.08.2023-y.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#imtiyoz #issiqxona

Issiqxonalar uchun mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz berilgan

Aholi tomorqalari va xonadonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan
🔹issiqxonalar va uy issiqxona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari,
🔹uy issiqxona majmualari* tarkibidagi turar joylar uchun mol mulk soligʻi stavkalari
ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida 50 % miqdorda qoʻllaniladi.
Bunda:
🔸aholi tomorqalari va xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar maydoni kamida 10 sotix, uy issiqxona majmualarining maydoni kamida 20 sotix boʻlishi lozim;
🔸issiqxona va uy issiqxona egasi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boradi va ushbu faoliyat boʻyicha olingan daromadi soliqqa tortilmaydi;
🔸uy issiqxona tashkil etish uchun yer maydonlari investorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov yakunlari boʻyicha ijara huquqi asosida ajratadi. Ijara muddati yakunlangandan soʻng uy issiqxona majmuasi mulk huquqi asosida, joylashgan yeri ijara huquqi asosida (ijara shartnomasi amal qilish muddatiga) beriladi;
🔸issiqxonalar va uy issiqxona majmualari investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda tashkil etilishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan xonadonlarda tashkil etilgan issiqxona va yangi qurilgan uy issiqxona majmualari egalari imtiyozdan foydalanish uchun issiqxona joylashgan hududdagi soliq inspeksiyasi yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborishi lozim.

* Uy issiqxona majmualari qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan boʻsh yer maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix boʻlgan turar joy majmuasini ham qamrab olgan issiqxonalar.

👉PQ 5138 son 07.06.2023

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn-NKT va marketplyes cheklaridagi xatolarni tuzatish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, joriy yil 17-avgustdan 31-avgustgacha (31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketplyes cheklarini tahrirlash imkoniyati beriladi.

Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID) sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:
▫️chek summasi;
▫️ mahsulot miqdori;
▫️ QQS;
▫️ MXIK;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️ komitent STIR;
▫️ to‘lov turi
(naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy soliq boshqarmalarida tashkil etilgan ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Chek tahrirlash rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib (31-avgustgacha) qayta yuborilishi lozim.

📌Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % (keshbek) qaytarilgan cheklar tahrirlanmaydi.

👉Xato chop etilgan cheklarni tahrirlash bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar va yer maydoni haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) ham avtomatik shakllanadi. “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan fermerlar uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan JShODSni qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

👉 Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
👉 Ro‘yxatdan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
👉 Necha nafargacha xodimlarni ishga olishi mumkin
?

🎞 Youtubeda ko‘rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#JShShODS

Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Paxta va yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi. “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan fermerlar uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads