Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tayinlov

Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari viloyat soliq boshqarmasining yangi rahbarini tanishtirdi

Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mirziyod Mahkamov
Prezident farmoyishi bilan Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan Qurbonov Lochinbek Inomidinovichni jamoaga tanishtirdi.

M.Mahkamov keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan soliq tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

L.Qurbonovga boshqarmaning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS


AOSning pasaytirilgan stavkalari soliq hisobotlarida avtomatik shakllanadi

Aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturida avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “my3.soliq.uz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
▪️Xizmatlar;
▪️Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat;
▪️Murojaat yuborish
.

Ochilgan oynada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▫️
Hujjat turi;
▫️Soliq turi;
▫️Hujjat raqami
;
▫️Telefon raqami.

Imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Yuborilgan murojaatlar holatini "Murojaatlar ro‘yxati"dan bilib olish mumkin.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Quyidagi hujjatlarga asosan soliq to‘lovchilarga AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘lash huquqi berilgan:

👉Soliq kodeksi 467 (1-qism 5 va 6-bandlari), 480 hamda 483-moddasi;

👉08.06.2020-yildagi PQ-4742-son;

👉30.04.2022-yildagi PQ-232-son;

👉30.05.2022-yildagi PQ-264-son;

👉06.07.2022-yildagi PQ-307-son;

👉31.08.2022-yildagi PF-213-son;

👉30.12.2022-yildagi PF-287-son.

Eslatma❗️
AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari berilgan

🖊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra 2023-yil 1-apreldan:

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchilar uchun

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchilar AOS hisobotini taqdim etmaydi. Bunda soliq summasi soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvarag‘ining 100-kodida avtomatik hisoblanadi.

Bunda qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi.

AOSni qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi lozim.

👉Soliq kodeksi 470-1-modda

👉AOSni qat'iy belgilangan summada to‘lashga o‘tish ixtiyoriy

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#12_avgust
#Soliqchilar_kuni

KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ HAMKASBLAR!

Kasb mashaqqatlari irodasini toblayotgan, soha maktabida tajribasi yuksalayotgan, davlat byudjeti qozoni qo‘yilishi yo‘lida safarbar bo‘layotgan soliq xizmati xodimlarini 12 avgust - “Soliq xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kasbga sadoqat, burchga mas’uliyat kayfiyatingiz baland bo‘lsin, oilangizdan xotirjamlik arimasin, dard yo‘lamasin!

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#litsenziya #savol_javob

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?

Litsenziya
— jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

O‘zbekistonda amalga oshirilishi uchun 👉 litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun quyidagi javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

🔹Maʼmuriy javobgarlik:
▫️fuqarolarga – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha;
▫️mansabdor shaxslarga – 20 baravaridan 25 baravarigacha jarima.
MJtK 165-modda 4-qism

🔹Jinoiy javobgarlik:
▫️Jismoniy shaxslarga –
- BHMning 55 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida jarima;
- 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Jinoyat kodeksi 190-modda 5-6 qismlar

🔹Moliyaviy jarima:
▫️Yuridik shaxslarga – BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima.
O‘RQ-701-son 4-ilova 14.07.2021

Ma'lumot uchun❗️Yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jarimani qo'llanishi ushbu huquqbuzarlik fakti bo'yicha uning mansabdor shaxslarini ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq kodeksi 212-modda 4-band

📌 BHM 1 baravari - 330 000 so‘m

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Savol_javob

✍️Soliq kodeksining 428-moddasida suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi. Ya’ni, ushbu yer uchastkalariga soliq solinmaydi.

❗️Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.

🔘Shu bilan birga eslatib o‘tish kerakki, agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-avgust

iyul oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4 qismlar).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mobil_ilova

Soliq” mobil ilovasi yangilandi

📲 Mobil ilovaning yangi 1.3.11 versiyasida:

▪️"Quyoshli xonadon" subsidiyasi va Ijtimoiy keshbek summalarini TaxPay* to’lov tizimi orqali bank kartalariga o’tkazish imkoniyati yaratildi;

▪️"Quyoshli xonadon" bo‘limida quyosh paneli orqali yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi hajmini yangilangan diagramma orqali kuzatib borish mumkin;

▪️"O’zini-o’zi band qilish" bo‘limi takomillashtirildi.

🛒 Ilovani hoziroq yuklab oling Android / iOS

❗️"
Quyoshli xonadon" subsidiyasi hamda Ijtimoiy keshbek summalarini ilovaning "Keshbek" bo‘limidagi "Kartaga pul o‘tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

*Tax Pay –
"Soliq-servis" DUK tomonidan "Soliq" mobil ilovasi orqali naqdsiz pul o‘tkazmalarini hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan to‘lov tizimi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: fuqarolarga 348 mln soʻm subsidiya hisoblandi

🖊Prezident qaroriga asosan joriy yil 1-apreldan Quyoshli xonadon dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi.

☀️ Ayni kunga qadar 967 nafar jismoniy shaxslarga aprel-iyul oylari uchun quyosh panelida ishlab chiqarilib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan hamda tizimdan isteʼmol qilingan elektr energiyasi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (348 ming kVt/soat) dan kelib chiqib 348 mln soʻm subsidiya hisoblandi hamda toʻlov uchun tasdiqlandi.

📍 Subsidiyaning eng katta qismi qoraqalpog‘istonliklar uchun hisoblangan – 103,6 mln so‘m. Undan keying o‘rinlardan Xorazm viloyati (70,5 mln so‘m) Toshkent shahri (35,6 mln so‘m), Jizzax (30,9 mln so‘m) hamda Navoiy (27,8 mln so‘m) viloyatlari joy olgan.

📲 Subsidiyani "Soliq" mobil ilovasining "Keshbek" bo‘limidagi "Kartaga pul o‘tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal_institut

Soliq xizmati organlari va Fiskal institut xodimlari tajriba oshirmoqda

Soliq xizmati organlari va Fiskal institut pedagog xodimlari Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti
(FNS LAB - Neva)da tajriba oshirmoqda.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
📙 FARG‘ONA SOLIQ TEXNIKUMI O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

🔉2023-2024 o‘quv yili doirasida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘qishga taklif etiladi.

O‘qish muddati - 2 yil.

📖 Ta'lim yo‘nalishlari:
- soliqlar va soliqqa tortish;
- buxgalteriya hisobi va audit.

✏️ O‘qish shakli:
- kunduzgi;
- sirtqi.

📍 Manzil: Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 122-uy.

🏢 Mo‘ljal: Farg‘ona politexnika instituti yonida.

☎️ Telefon raqamlari:
73 241-11-65, 73 241-11-49, 99 127-90-23, 93 645-04-84.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta yetishtiruvchilar uchun QQSni hisobga olishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil hosilidan
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) uchun QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🔹paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
🔹paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun EHFda koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

👉 VMQ-379-son, 14.08.2023-y.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|