Andijon viloyati soliq boshqarmasi
862 subscribers
4.24K photos
1.03K videos
73 files
3.64K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#20_ming_tadbirkor_500_ming_malakali_mutaxassis

⚡️Davlatimiz rahbari tomonidan aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan Xo‘jaobod tumanda amaliy ishlar olib borilmoqda

🔹“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ijrosi bo‘yicha Xo‘jaobod tumaniga biriktirilgan Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich tumanda bo‘lib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔸Uchrashuvda tumandagi "Oliy Standart" korxonasida tadbirkorlar va ishga joylashish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar batafsil tushuntirib o‘tildi.

🔻Shuningdek, tadbikorlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, respublika darajasida hal etiladigan masalalar yechimiga amaliy yordam berilishi va nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-iyul

iyul oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va Soliq qo'mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbiri Xonobod shahrida davom ettirildi.

Andijon viloyati soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Xonobod shahar soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Shundan so’ng, joylarga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlari bilan suhbatlashib, soliq xodimlari tomonidan uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda soliq qo’mitasining telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot bo’yicha tushunchalar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Savol_javob

✍️Bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulkning bir qismiga mulk huquqi yangi mulkdorga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.

Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydilar. Yer solig‘ini to‘lash majburiyatlari ushbu huquqlar vujudga kelgan paytdan boshlab yuzaga keladi.

Ko‘p qavatli uylarga kelsak, noturar joy mulkdorining yer uchastkasi hajmi bino egallagan maydondan kelib chiqib, xona umumiy maydonining binodagi barcha xonalar (kvartiralar) umumiy maydoniga nisbatini inobatga olgan holda hisoblanadi. Bino joylashgan va tutash hududning (mavjud bo‘lgan holatda) yer uchastkasi maydoni huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Amaldagi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shartligi belgilab qo‘yilgan?
Anonymous Quiz
67%
51-moddasida
15%
53-moddasida
11%
61-moddasida
8%
63-moddasida
O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qoplab berish amaliyoti 2023-yil 1-maydan ..........................qadar uzaytirilgan?
Anonymous Quiz
44%
2024-yil 1-yanvarga
25%
2025-yil 1-yanvarga
11%
2024-yil 1-mayga
21%
2025-yil 1-mayga