Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#20_ming_tadbirkor_500_ming_malakali_mutaxassis

⚡️Davlatimiz rahbari tomonidan aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan Xo‘jaobod tumanda amaliy ishlar olib borilmoqda

🔹“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ijrosi bo‘yicha Xo‘jaobod tumaniga biriktirilgan Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich tumanda bo‘lib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔸Uchrashuvda tumandagi "Oliy Standart" korxonasida tadbirkorlar va ishga joylashish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar batafsil tushuntirib o‘tildi.

🔻Shuningdek, tadbikorlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, respublika darajasida hal etiladigan masalalar yechimiga amaliy yordam berilishi va nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-iyul

iyul oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va Soliq qo'mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbiri Xonobod shahrida davom ettirildi.

Andijon viloyati soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Xonobod shahar soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Shundan so’ng, joylarga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlari bilan suhbatlashib, soliq xodimlari tomonidan uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda soliq qo’mitasining telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot bo’yicha tushunchalar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|