Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.33K photos
1.07K videos
74 files
3.76K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo’mitasi raisi o’rinbosari Eshmatov Sirojiddin Tog’aymurodovich “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi bo’yicha Andijon viloyatining Xo’jaobod, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa hamda Jalaquduq tumanlaridagi ishsiz fuqarolar bilan bevosita tadbirkorlik subyektida ish beruvchilar bilan birga uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda ish beruvchi tomonidan xodimlarga yaratilgan sharoitlar tushuntirib, o'sha joyning o'zida ish joylarini ko'rsatib tanishtirdi hamda ishchi guruh tomonidan ushbu dastur doirasida kambag'al oila a’zosini ish bilan ta’minlashda tadbirkorlarga berilgan soliq qonunchiligidagi yengilliklar  bo'yicha tushuntirishlar berildi. Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari tinglanib, ishchi guruh rahbari tomonidan nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida ishchi guruh vakillari korxonalarda bo’lib, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi hamda dildan suhbatlashishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

✍️Foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlashda yaroqlilik muddati tugaganligi sababli tovarlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar chegirib tashlanmaydi. Bundan favqulodda holatlar oqibatida ko‘rilgan zararlar mustasno.

Yaroqlilik muddati tugagan tovarlarni hisobdan chiqarishda ularni olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan QQS summasiga tuzatish kiritilishi lozim.

Hisobga olingan QQS summasiga kiritilishi lozim bo‘lgan tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi 12 oy ichida olingan tovarlar bo‘yicha tuzatish kiritiladi.

Bundan ilgari olingan tovarlar bo‘yicha QQS ga tuzatish kiritilmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
#soliq_tekshiruvi

🔴 Soliq organi kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishdan oldin bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilishi kerakmi?

🔵 Nazorat qiluvchi organlar “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilishi lozim.
👉 PQ-374-son 13.09.2022-yil (3-bandning “a” kichik bandi)

Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvidan oldingi tahlilda aniqlangan tafovutlar va (yoki) xatolar boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish yuzasidan shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuboriladi.

Soliq toʻlovchi ushbu xabarnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

Bunday majburiyatning bajarilmasligi soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.

👉 Soliq kodeksi 138-modda
__________
#вопрос_ответ
#налоговая_проверка

🔴 Должен ли налоговый орган уведомлять субъекта предпринимательства перед проведением камеральной налоговой проверки?

🔵 Контролирующие органы уведомляют субъект предпринимательства о начале проверок, проводимых на основании результатов системы «Риск-анализ», не позднее чем за 10 рабочих дней.
👉пп.а) п.3 № ПП-374 от 13.09.2022 г.

Налоговым органом через персональный кабинет налогоплательщика направляется уведомление о внесении соответствующих исправлений в налоговую отчетность по расхождениям и (или) ошибкам, выявленным в ходе предпроверочного анализа до проведения камеральной налоговой проверки.

Налогоплательщик обязан в 10-дневный срок со дня получения такого уведомления представить уточненную налоговую отчетность либо обоснование выявленных расхождений.

Невыполнение
такой обязанности является основанием для назначения налоговым органом камеральной налоговой проверки у налогоплательщика.

👉ст.138 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-iyun
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 12-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 10 июня - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 12 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 12-iyun

may oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#EHF
#chek_tahrirlash

Eslatma❗️

Bugun – 12-iyun
may oyida

– amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni
👉 VMQ-489-son 2-ilova

▶️EHF rasmiylashtirishda yetkazib beruvchi toifasi va realizatsiya maqsadi aniq ko‘rsatilishi lozim

– taqdim etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni
👉 VMQ-255-son

▶️Onlayn-NKT chekini tahritrlash bo‘yicha videoqo‘llanma
___________
#ЭСФ
#корректировка_чека

Напоминаем❗️

Сегодня, 12 июня - последний день за май

оформления ЭСФ по осуществленным операциям
👉Прил.№2 ПКМ №489

▶️При оформлении ЭСФ необходимо указывать категорию поставщика и цель реализации

корректировки чеков онлайн-ККТ
👉ПКМ №255

▶️Видеоинструкция по корректировке чеков онлайн-ККТ

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday qulayliklarni o'z ichiga oladi?

👉Batafsil: "7 kunda 7 daqiqada" informatsion dasturi orqali

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

148 mingga yaqin taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qildi

🚕 Bugungi kunda oʻzini oʻzi band qilganlar 1,5 milliondan oshdi. Shundan 148 mingga yaqini taksi haydovchilari. Mehnat staji va kelgusida pensiya olish istagidagi 7594 nafar haydovchilar tomonidan 2 mlrd 127 mln soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

📍Ayni yoʻnalishda oʻzini oʻzi band qilganlar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchi. Keyingi oʻrinlardan Samarqand, Toshkent, Buxoro hamda Andijon viloyatlari joy olgan.

👉O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

👉
"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

Mol-mulk solig‘i, xususan, quyidagilarga solinadi:

🔹ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar. Ya’ni - kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan qurilishi tugallangan obyektlar;

🔹qurilishi tugallanmagan obyektlar - loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar. Agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa - qurilishga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar.

2022-yilda binolar va inshootlar bo‘yicha soliq stavkasi 1,5 %ni, qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha esa – 3 %ni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun yer solig‘i ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.

Yuqorida keltirilgan normalardan kelib chiqqan holda, agar obyektning qurilishi yuqorida keltirilgan muddatda tugallanmasa, bunday obyekt mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqish maqsadlarida qurilishi tugallanmagan obyekt deb e’tirof etiladi va korxona mol-mulk solig‘ini 3% stavka bo‘yicha (2022-yilda) to‘lashi zarur.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#EHF #QQS

Ulgurji va chakana savdo korxonalari qonunchilikka asosan kirim qilingan tovarlarni EHF asosida realizatsiya qilishi lozim

Elektron hujjat aylanishi operatorlari axborot tizimlarida QQS toʻlovchisi boʻlgan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faqat EHF asosida kirim qilingan tovarlarga elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi mumkin.

Maʼlumot uchun. Rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish soliq huquqbuzarligi hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 223-modda

Axborot tizimi avtomatik ravishda soliq toʻlovchining ulgurji yoki chakana savdo korxonasi va QQS toʻlovchisi ekanligi tekshiradi.

Bunda soliq toʻlovchilar tomonidan qonunchilikka asosan kirim qilinmagan mahsulotlar uchun EHF rasmiylashtirishda dastur tomonidan avtomatik ravishda xatolik qayd etiladi.

Ya’ni MXIK kodi boʻyicha 2022-yil 1-yanvardan boshlab mahsulot kirim qilinmaganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

Agar soliq toʻlovchida tovarlar kirim qilinganligini asoslovchi hujjatlar (maʼlumotlar) mavjud boʻlsa, hududiy soliq boshqarmalariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qisqa muddatlarda javob qaytariladi.
______________
#ЭСФ #НДС

Организации в сфере оптовой и розничной торговли должны реализовывать на основании ЭСФ оприходованные в соответствии с законодательством товары

В информационных системах операторов электронного документооборота субъекты предпринимательства, осуществляющие оптовую и розничную торговлю и являющиеся плательщиками НДС, могут оформлять электронный счет-фактуру только за товары, оприходованные на основании ЭСФ.

К сведению. Хранение, использование и реализация неоформленных (неоприходованных) товаров является налоговым правонарушением.
👉ст.223 НК

Информационная система автоматически проверяет, осуществляет ли налогоплательщик оптовую или розничную торговую деятельность и является ли плательщиком НДС.

В этом случае при оформлении налогоплательщиком ЭСФ за неоприходованные в соответствии с законодательством товары программа автоматически отобразит ошибку. То есть сообщит о том, что эти ИКПУ отсутствуют в приходных документах с 1 января 2022 года.

При наличии у налогоплательщиков подтверждающих документов (сведений) рекомендуется обратиться в региональные налоговые управления. Ответы будут предоставлены в кратчайшие сроки после рассмотрения обращения в установленном порядке.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-iyun

may oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5
qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni keskin ko‘paygan

2023-yil 14-iyun kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiev Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yildagi hamda 2023-yilning I-choragidagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.

"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Tadbirkorlar uchun qulay muhit va keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, ayrim turdagi soliq stavkalari pasaytirilganligi, samarasiz soliq imtiyozlari bekor qilinganligi, tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi, tekshiruvlar kamaytirilganligi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Hisobot yilining o‘zida 90,2 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, legal faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni keskin ko‘paydi. QQS to‘lovchilari 30 mingtaga, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 24 mingtaga oshdi. Shuningdek soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish hamda soliq to‘lash madaniyatini oshirish evaziga soliq solish bazasi kengaydi.

Dunyoda yuzaga kelgan murakkab vaziyat, tranzit va logistikadagi muammolar, asosiy iqtisodiy hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi kabi holatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga, shu jumladan budjet ijrosi jarayoniga, pul-kredit, moliya tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

O‘z vaqtida amalga oshirilgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Xususan, 2022-yil yakunlariga ko‘ra, YAIM hajmi 2021-yilga nisbatan 5,7 %ga, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari bo‘lgan xizmatlar va qurilish sohasi mos ravishda 8,5 va 6,6 %ga o‘sdi.

Davlat budjetining xarajatlari birinchi navbatda ijtimoiy sohani rivojlantirish, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Jumladan, 2022-yilda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 371,4 mlrd so‘m yoki 2021-yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p budjet subsidiyalari ajratilgan. Natijada o‘tgan yil yakunida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 22,8 mingtani tashkil etib, unda qamrab olingan bolalarning soni 746 ming nafarga yoki 2021-yilga nisbatan 22 %ga ortishiga erishilgan.

Shuningdek Davlat budjetidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga biriktirilgan aholi jon boshiga dori va tibbiy buyumlar uchun ajratilgan mablag‘ miqdori o‘rtacha 3 baravarga oshirilib, 2022-yilda 578,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 35,4 ming nafar fuqaroga zarur asbob-uskunalarni, texnologiyalarni xarid qilish uchun 2022-yilda 168 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan.

2022-yilda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun Davlat budjetidan jami 6,4 trln so‘m yo‘naltirilganligi deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter