Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#25_may
#Songgi_qongiroq

Andijon shahrida joylashgan 2- umumta'lim maktabida 3 980 nafar o'g'il-qizlar taxsil oladilar. Bu yil ta'lim dargohini 175 nafar o'g'il-qizlar tamomlamoqdalar.

Ushbu umumta'lim maktabida tashkil etilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, bitiruvchilarga mamlakatimiz rahbarining tabriknomasini o'qib eshittirdilar.

Katta hayot ostanasida turgan kelajagimiz egalariga ertangi faoliyatida ulkan zafarlar tiladilar.

O'quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar ishtirokchilarga bayramona ko'tarinki kayfiyat ulashdi. O'qish davrida yuqori natijalarni qo'lga kiritgan o'quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Bayram so‘ngida maktab uzra yangragan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” dillarga zavq-shavq ulashdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Savol_javob

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023-yil 1-apreldan boshlab:

🔸Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etiladi;

🔸Aholi xonadonlariga kichik umumiy quvvati 50 kVt gacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Uning doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi .

Subsidiya soliq organlari tomonidan har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasidan foydalanishda texnik masalalar bo‘yicha savollaringiz bormi

Murojaatingizni quyidagi telegram bot orqali yo‘llang❗️ @soliq_mobililova_murojaatlar_bot

🧑🏻‍💻Yaqin fursatlarda mutaxassislar siz bilan bog'lanadi.
__________
#мобильное_приложение

У вас есть технические вопросы по использованию мобильного приложения Soliq

Оставьте заявку через Telegram-бот❗️ @soliq_mobililova_murojaatlar_bot

🧑🏻‍💻Специалисты свяжутся с вами в ближайшее время.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#keshbek

Aprel oyi uchun hisoblangan 115,1 mlrd keshbek summasining 57,9 mlrd so‘mi 25-may kuni tasdiqlandi hamda iste'molchilar bank kartasiga o‘tkazib oldi.

🔄Kamchiligi bo‘lmagan cheklar bo‘yicha keshbek summasi tasdiqlanishi davom etmoqda. To‘liq tasdiqlangach, iste'molchilar bank kartasiga o'tkazib olishi mumkin.
——————-
#кешбэк

25 мая были подтверждены и переведены на банковские карты потребителей 57,9 млрд сумов из 115,1 млрд сумов начисленного за апрель кешбэка.

🔄Продолжается процесс подтверждения сумм кешбэка по чекам, не имеющим недостатков. После полного подтверждения потребители смогут перевести их на банковскую карту.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyosh_panellari

Quyosh panellari ham energiya iqtisodi, ham daromad manbai

Batafsil: 👆"Fakt 24" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#deklaratsiya

1-iyun – jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:

▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yil 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

👉Batafsil: Renesans telekanalining "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

✍️Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:

Xususiy maktab boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlari qismida QQS bo‘yicha imtiyozni qo‘llashga haqli.

Bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko‘rsatiladigan, yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari QQSdan ozod qilinadi.

Lekin maktab - asosiy faoliyati doirasida sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatadigan dam olish tashkiloti emasligi bois, u yozgi bolalar oromgohi xizmatlarini ko‘rsatishdan olgan daromadlariga QQS bo‘yicha imtiyozni qo‘llay olmaydi.

✍️Foyda solig‘i bo‘yicha:

Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llaydi. Ta’lim xizmatlari sohasi tashkilotlari ham bunday soliq to‘lovchilar jumlasiga kiradi. Ta’lim tashkiloti uning ta’lim faoliyatidan olingan daromadlari (tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda) jami yillik daromadining kamida 90%ini tashkil etgan taqdirda, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi deb e’tirof etiladi. Agar ushbu shartga rioya qilinsa, maktab yozgi bolalar oromgohi faoliyati bo‘yicha ham foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llashi mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Quyosh_paneli

"Soliq" mobil ilovasiga "Quyoshli xonadon" xizmati qo‘shildi

👉Batafsil: Renesans telekanalining "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

Elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishda yetkazib beruvchi toifasi va realizatsiya maqsadi aniq ko‘rsatilishi lozim

Ushbu tartib o‘tgan davrlar uchun rasmiylashritiladigan tuzatuvchi yoki qo‘shimcha EHFlarga ham tatbiq etiladi.

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (VMQ-489-son) 22.08.2022-yildagi VMQ- 471-son qarorga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Endilikda Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin

2023-yil 1-iyundan qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish,
ruxsati boʻlmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish, sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish kabi qonun buzilishi holatlari haqida Soliq organiga murojaat yo‘llash tizimi ishga tushdi.

PQ‑110-son 04.04.2023

👉Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi

👉Murojaatlar 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi

👉Tasdigʻini topgan murojaatlar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.

📲 Shuningdek, Soliq hamkor orqali chek bermaslik, plastik kartaga savdo qilmaslik, mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin.

🎞 Batafsil videolavhada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_markirovka

Raqamli markirovkani tatbiq etish bo'yicha seminarlar

2023-yil 1-iyuldan
suvlar va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalashning I bosqichiga start beriladi

O‘tgan yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash joriy etilgan

👉 Hammasi raqamli markirovka haqida

Soliq qo'mitasi mutaxassislari muhokamalarda faol ishtirok etmoqda:

👉 “O‘zbekiston Respublikasida suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash: agregatsiya jarayoni” mavzusida seminar

👉Metall idishlardagi suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalashni joriy etishning texnik masalalari

👉“Raqamli markirovka: erishilgan yutuqlar va ochiq savollar” mavzusida davra suhbati
___________
#цифровая_маркировка

Семинары по вопросам внедрения цифровой маркировки

С 1 июля 2023 года
стартует I этап обязательной цифровой маркировки воды и прохладительных напитков.

С 1 сентября прошлого года внедрена цифровая маркировка лекарственных средств и медицинских изделий.

👉Все о цифровой маркировке

Специалисты Налогового комитета принимают активное участие в обсуждениях:

👉Семинар «Цифровая маркировка воды и прохладительных напитков в Республике Узбекистан: процесс агрегации»

👉Технические вопросы внедрения цифровой маркировки воды и прохладительных напитков в металлической таре

👉Круглый стол «Цифровая маркировка: достигнутые успехи и открытые вопросы»

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 9-iyun

iyun oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|