Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
64 files
3.57K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2023-yil 1-maydan 2024-yil 1-iyulgacha tajriba tariqasida turoperator xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar boʻyicha chet ellik hamkorlariga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQSning 20 % miqdoridagi mablagʻlar respublika budjetidan subsidiya sifatida qaytariladi.
Turpaketlar joylashtirish, avtomobil yoki temir yoʻl transporti, ekskursiya va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarni qamrab oladi.
_________
#новое_в_законодательстве
#НДС

Принято Постановление Президента "О дополнительных мерах по ускоренному развитию туристского потенциала Республики, а также дальнейшему увеличению количества местных и иностранных туристов".

В соответствии с документом с 1 мая 2023 года до 1 июля 2024 года в порядке эксперимента субъектам предпринимательства, предоставляющим услуги туроператора, возвращаются из республиканского бюджета в форме субсидии средства в размере 20% НДС, указанного в счетах-фактурах, представленных иностранным партнерам, по турпакетам, предусматривающим оказание услуг 5 и более нерезидентам.
Турпакеты охватывают услуги по размещению, автомобильному или железнодорожному транспортному, экскурсионному обслуживанию и питанию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9may

Siz doim yodimizda va yonimizdasiz, faxriy hamkasblar!

Soliq qo‘mitasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Siz doim yodimizda va yonimizdasiz, faxriy hamkasblar!” shiori ostidagi bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga uzoq yillar soliq tizimida mehnat qilib hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriy mehmonlar taklif etildi. Shuningdek, Soliq qo‘mitasi rahbariyati va markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Soliq xizmati organlari faxriylariga qoʻmita rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Shuningdek, mehmonlar uchun Mudofaa vazirligining orkestri ijrosida bayramona kuy-qo‘shiqlar yangradi. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Sevimli brendingizga ovoz berishga ulgurdingizmi?

2022-yilning eng yaxshi brendi uchun ovoz berish jarayonlari tugashiga oz qoldi.

🏆 Soliq qo‘mitasi "Yil brendi – 2022" tanlovida Soliq mobil ilovasi bilan ishtirok etmoqda.

🤝 20 dan ortiq xizmatlardan masofadan, qulay, tez va oson foydalanish imkoniyatini taqdim etayotgan oʻz ilovangizni qoʻllab-quvvatlang!

📱Sizning ovozingiz biz uchun muhim. Soliq mobil ilovasiga ovoz bering!

👉Ovoz berish bo‘yicha qo‘llanma
______________
#мобильное_приложение

А вы уже успели проголосовать за любимый бренд?

До окончания голосования за лучший бренд 2022 года осталось совсем немного.

🏆 Налоговый комитет представляет в номинации "Бренд года – 2022" мобильное приложение Soliq.

🤝 Поддержите наше приложение, обеспечивающее удобный, быстрый и простой удаленный доступ к более 20 услугам!

📱Ваш голос важен для нас. Голосуйте за мобильное приложение Soliq!

👉Инструкция для голосования

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-may

aprel oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- hisobot davri yakunlari bo‘yicha AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

✍️O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasi 2-qismiga asosan soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Chekni skaner qilmasdan ham keshbek olish mumkin

♻️ Xarid kontaktsiz to‘lov usulidan foydalangan holda amalga oshirilganda xaridorlarga avtomatik ravishda elektron chek va keshbek beriladi.

📱Keshbek hisoblanishi uchun Soliq mobil ilovasi hamda to‘lov amalga oshirilayotgan platforma (ilova, intenet do‘kon)da ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami bir xil bo‘lishi lozim.

🌐 Marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

🎞 Batafsil videolavhada

👉 Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Chek bo’yicha tekshirish qilib, meni bankrot qilishdi” mavzusidagi xabar yuzasidan Andijon viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Xabaringiz bor, xarid uchun chek bermaslik, xaridor plastik kartasidan shaxsiy plastik kartaga pul o‘tkazishni so‘rash(P2P), plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlar bo‘yicha fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun “Soliq hamkor” tizimi amaliyotga kiritilgan.

Onlayn NKT orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida avtomatik aks etadi.

Murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganiladi.

Ya'ni, xabarning asosliligi masofadan turgan holda shoxobchadagi onlayn NKT ko‘rsatkichlari va boshqa maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Xabar o‘z tasdig‘ini topganda biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda tekshiruv o‘tkaziladi. Aksincha bo‘lsa murojaat rad etiladi.

Murojaatdagi holat o’rganilganda tadbirkor O.Mamatoxunov 2019-yil 7-iyun kuni chakana savdo faoliyati sifatida davlat ro’yhatidan o’tganligi, achinarlisi shundaki bir necha bor soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar o'tkazilishiga qaramasdan tadbirkor savdo do’konida Onlayn NKM mavjud emasligi aniqlandi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda tadbirkorlar uchun bir xil sharoit yaratish, “yashirin iqtisodiyot”ga barham berishga eʼtibor qaratadi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlardan maqsad soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashdir.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport
#Futbol_taym

Andijon viloyati soliq boshqarmasi xodimlari o‘rtasida "Sport - sog'lik garovi" shiori ostida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

Go‘llar toshi futbolni odatiy turmush tarziga aylantirganlarga yon bosdi. Chunki yashil maydonda oyoq-qo‘li toblangan, to‘pni boshqara bilishga usta jamoalar ustunlikni qo‘lga olishdi. O‘yin keskin va murosasiz baxslarga boy bo'ldi.

Bunday bellashuvlar nafaqat tan va ruhni tetiklashtiradi balki, mehnat jamoasida hamjihatlikni ham mustahkamlaydi. Biri birini qo‘llab turgan jamoalar orasidan eng kuchlilari g‘oliblik soxsupasiga ko‘tarildi.

Jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi hamda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa vakillariga velosipedlar sovg'a qilindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi

✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

♻️ Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘lovi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirgan mablag‘laridan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

Yil boshidan ayni kunga qadar 188,1 ming nafar fuqaroga jami 262,9 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Jumladan:
🔸"Kontrakt" to‘lovidan – 156,8 ming nafar fuqaroga 196,2 mlrd so‘m;
🔸Ipoteka kreditiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan – 20,9 ming nafar fuqaroga 49,9 mlrd so‘m;
🔸Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qilingan to‘lovlardan – 10,3 ming nafar fuqaroga 16,7 mlrd so‘m.

👉"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi.
👉"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi

2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar
eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib beriladi:

🔸har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;

🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining
57-moddasi talablariga javob berganda.

🏗2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani:
- 3 qavatli binoga – 0,9;
- 4 qavatli binoga – 0,8;
- 5 qavatli binoga – 0,7;
- 6 qavatli binoga – 0,6,
- 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5
pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:

🔸mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;

🔸ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

✍️ Bolalikdan nogironligi bo'lgan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3 barobari miqdoridagi daromadlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod etiladi.(Soliq kodeksi 380-modda)

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
🗣 Diqqat, ovozli chat!

📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.

👉 Savollaringizni qoldiring

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 20-may
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-mayga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 20 мая - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 22 мая.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ularning ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan summadan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

🎞 Batafsil videolavhada

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Sport
#Stol_tennis

Andijon viloyatida stol tennis bo’yicha xalqaro turnirga start berildi.

Bugun Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Shiriyev Rafiq xotirasiga bag’ishlangan stol tennis bo’yicha xotira turniri tashkil etildi.

Tadbirni O’zbekiston stol tenisi federatsiyasi Andijon viloyati bo’limi raisi, viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i ochib berdi.

Turnirda Qozog’iston, Qirg’ziston, Tojikiston, Turkmaniston ham O’zbekistonning barcha viloyatidan kelgan 450 nafardan ortiq 🏓stol tennischilari erkaklar va ayollar yo'nalishida o'z omadini sinovdan o'tkazishga kirishishdi.

Bu kabi turnirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda xalqaro musobaqalardagi ishtirokini ta’minlashdan iborat.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|