Andijon viloyati soliq boshqarmasi
858 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.82K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 февраля 2023 года последний день

за январь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по начисленным суммам налога с дивидендов и процентов
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами юридическими лицами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS #soliq_hisobotlari

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 1 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2023-yilning
yanvar oyida jami 1 043 ta ariza bo‘yicha 975 ta tashkilotga 1 161,9 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS hududlar kesimida:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha DSI - 571,4 mlrd so‘m (24 ta korxona);
📍Toshkent sh. - 222,5 mlrd so‘m (222 ta korxona);
📍Toshkent v. - 84,1 mlrd so‘m (82 ta korxona);
📍Andijon - 65,3 mlrd so‘m (108 ta korxona);
📍Namangan - 40,4 mlrd so‘m (95 ta korxona).

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:

🔸Ishlab chiqarish - 667,7 mlrd so‘m (292 ta korxona);
🔸Savdo – 160,2 mlrd so‘m (235 ta korxona);
🔸Qishloq xo‘jaligi - 141,5 mlrd so‘m (183 ta korxona);
🔸Qurilish - 76 mlrd so‘m (61 ta korxona);
🔸Xizmat ko‘rsatish - 68,2 mlrd so‘m (70 ta korxona).

📈Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,3 mlrd so‘mga ko‘p.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq_hisoboti_qo‘llanmasi.pdf
662.1 KB
#soliq_taqvimi

Yuridik shaxslar diqqatiga!

Yuridik shaxslar tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti suvdan foydalanish joyi bo‘yicha soliq organlariga hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi va shu muddatdan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi.

👉Soliq kodeksi 447-modda

🔸2022-yil suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.

👉Hisobot paket kodi 10601_10.

♻️Imtiyozlar mavjud bo‘lsa, ularni soliq hisobotida qo‘llash uchun avvaldan shaxsiy kabinetdagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” bo‘limi orqali soliq organlariga elektron ariza taqdim etish lozim.

👆Hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_sharhi #deklarasiya

O‘zbekiston telekanalining “Munozara maydoni” ko‘rsatuvida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Jismoniy shaxslarning kontrakt, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda
ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish bo‘yicha tushuntirishlar bermoqda.

Jonli efirda tomosha qilish
https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil_video
#Sektor_faoliyati
#Shahrixon_tumani

Shahrixon tuman 4-sektor rahbari tashabbusi bilan homiylar asosida sektor hududidagi kam ta’minlangan xonadonlarning 1 nafar fuqaroga motokultivator,1 nafar fuqaroga televizor, 10 nafar fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda 80 dan ortiq xonadonlarga bahorgi ayollar va erkaklar oyoq kiyimlari tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini qaytarish

♻️Xaridor tomonidan mahsulot qaytarilganda soliq to‘lovchi (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va virtual kassa qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini qaytarish uchun:

🔹my.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” bo‘limidagi “Chekni qaytarish” menyusida chek chop etilgan sana va savdo shoxobchasi tanlanib “Qidirish” tugmasi bosiladi.

🔹Keyingi bosqichda “qaytarilgan chek” shakllanadi. Ushbu bo‘limda xarid cheki raqami kiritilib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #mysoliquz

Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – my.soliq.uz da jami 65 ta xizmat turi mavjud

Joriy yilning yanvar oyi davomida elektron xizmatlardan 25,3 mln marta foydalinilgan.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 % ga oshgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 23-fevral

fevral oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil_video
#Sektor_faoliyati
#Qorgontepa_tumani

Qo’rg’ontepa tumani 4-sektor rahbari boshchiligida qizil toifada turuvchi hududlardagi fuqarolar murojaatini o’rganish va ularga belgilangan tartibda yordamlar ko‘rsatish ishlari bo‘yicha bir guruh xonadonlar holidan xabar olindi.

Xususan, sektor rahbari tomonidan nogironligi bor oilalarga nogironlik aravachasi hamda kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bu kabi ishlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda...

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

✍️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-son qaroriga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha besh nafargacha xodimlarni yollash huquqi berilgan.

Shuningdek, mazkur qaror talablariga ko‘ra, xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyat faqat bitta manzil bo‘yicha shahobchada amalga oshiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

🔔 Bugun – 23-fevral kuni Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida "Qo‘shilgan qiymat solig‘i: o‘zgarishlar, hisobotlarning EHF va onlayn-NKM ma'lumotlari asosida shakllanishi" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tadi.

🟥Seminarni Youtube orqali jonli efirda tomosha qilish hamda mavzu bo‘yicha savollarni yo‘llash mumkin.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Qo‘shilgan qiymat solig‘i: o‘zgarishlar, hisobotlarning EHF va onlayn-NKM ma'lumotlari asosida shakllanishi"
mavzusidagi onlayn seminar boshlandi.

🟥Seminarga havola https://youtube.com/live/dYIhQ3Uc73U?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi

🗓 Joriy yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

🔸
har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;

🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining
57-moddasi talablariga javob berganda.

🏗2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisoblangan summani:
- 3 qavatli binoga – 0,9;
- 4 qavatli binoga – 0,8;
- 5 qavatli binoga – 0,7;
- 6 qavatli binoga – 0,6,
- 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5
pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:

🔸mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa;

🔸ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

♻️Farzandim uchun kontrakt to‘laganman. Lekin hech qayerda ishlamayman. Men ham to‘langan kontraktdan 12% daromad solig‘ini qaytarib olsam bo‘ladimi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter