Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#elon

📢 Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yеrlar uchun yеr solig‘i stavkalari hamda mol-mulkning minimal qiymatlari xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlanmaganligi, soliq hisobotlarini soliq to‘lovchilarga avtomat shakllantirib berishda texnik muammolar va kadastr ma'lumotlari noto'g'ri shakllangan ayrim holatlar aniqlandi.

Shu sababli, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda yuridik shaxslarning yеr solig‘i bo‘yicha hisoboti va joriy yil uchun mol-mulk solig‘i ma'lumotnomasini 2023-yilning 25-yanvariga qadar (25-yanvar kuni ham) taqdim qilgan soliq to'lovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi hamda QQS toʻlovchilarini maxsus hisobga qoʻyish bo'yicha mezonga olinmasligini ma’lum qilamiz.
👉Soliq kodeksi 213-modda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

Qaysi sohalarda QQS to‘lovchilar ko‘paydi?

2022-yilda QQS toʻlovchilar soni 174 mingdan oshdi. Bu o‘tgan yil boshiga nisbatan 15,8%ga koʻp.

📈Oʻsish koʻrsatkichlari eng yuqori sohalar – TOP-3:
🔹 transport46,3 % (1,7 mingta📈);
🔹 axborot va aloqa xizmatlari 36,2 % (0,7 mingta📈);
🔹 xizmat koʻrsatish32,9 % (4,1 mingta📈).

📉Oʻsish koʻrsatkichlari eng past sohalar – TOP-3:
🔸qishloq xoʻjaligi – 5,4 % (2,3 mingta📈);
🔸qurilish 14,9 % (2,7 mingta📈);
🔸sanoat16,6 % (3,4 mingta📈).

Hozirda QQS toʻlovchilarning yarmidan ortig‘i quyidagi sohalarda faoliyat yuritmoqda:
savdo – 55 mingta;
qishloq xoʻjaligi 45,8 mingta.

👉2022-yil dekabr oyida QQS toʻlovchilar soni 2 mingtaga oshdi
________
#цифровизация
#НДС

В каких отраслях плательщиков НДС стало больше?

В 2022 году число плательщиков НДС превысило 174 тысячи. Это на 15,8% больше, чем в начале прошлого года.

📈ТОП-3 отрасли с самыми высокими показателями роста:
🔹транспорт 46,3 % (на 1,7 тыс.📈);
🔹информатизация и услуги связи 36,2 % (на 0,7 тыс. 📈);
🔹оказание услуг - 32,9 % (4,1 тыс.).

📉ТОП-3 отрасли с самыми низкими показателями роста:
🔸сельское хозяйство5,4 % (на 2,3 тыс. 📈);
🔸строительство 14,9 % (на 2,7 тыс. 📈);
🔸промышленность16,6 % (на 3,4 тыс. 📈).

В настоящее время больше половины плательщиков НДС ведут деятельность:
в сфере торговли - 55 тыс.;
в сфере сельского хозяйства - 45,8 тыс.

👉За декабрь 2022 года прибавилось более 2 тыс. плательщиков НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
#Sektor_faoliyati
#Andijon_shahar

4-sektor rahbari xalq xizmatida...

Andijon shahar DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan hududdagi Shodlik, Ozodlik, Cho‘lpon 100 yilligi mahallalariga elektr ta’minotini yetkazib beruvchi yer osti kabelidagi aniqlangan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Ulugnor_tumani

Ulug’nor tumani 4-sektor rahbari tomonidan hududdagi mahallalarda uyma-uy yurish orqali aholi xonadonlaridagi muammolar o’rganildi va aholini qishning sovuq kunlarida qiynab kelayotgan masalalar joyida bartaraf etildi.

Shuningdek, Avulmat MFYda yashovchi 2 nafar fuqaro farzandlari uchun qishki kiyim kerakligi va sotib olishga imkoniyati yo’qligini ma’lum qilib, murojaat qildi. Mazkur masala joyida bartaraf etildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2023-yil 23 yanvar

yanvar oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 января 2023 года последний день

за январь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 2023-yil 23-yanvar kuni 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminar o‘tkaziladi.

Seminar Andijon viloyati DSB rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

Boshlanish vaqti - 15:00

🔹Qishloq xo'jaligi va avtomobillarga yoqilg'i quyish shahobchalari va boshqa sohalar bo'yicha

🌐 Onlayn seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Login: 3454966185
Parol: 123456

Marhamat, ishtirok eting, yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishing, savollaringizga batafsil javob oling!

❗️Eslatib o'tamiz, Youtube orqali jonli tarzda uzatiladi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Dekabr oyida yig‘ilgan keshbek qachon beriladi

Iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab berilishi belgilangan.

Mazkur tartibdaga ko‘ra, dekabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek summalari 25-yanvardan keyin tasdiqlanadi.

Shundan
so‘ng foydalanuvchilar jamg‘arilgan summani bank kartasiga o'tkazib olishi mumkin.
____________
#кешбэк

Когда будет выплачен кешбэк, накопленный за декабрь

Выплата
потребителям кешбэка в размере 1% от суммы покупок осуществляется после 25-го числа месяца, следующего за месяцем регистрации чеков онлайт-ККТ в мобильном приложении Soliq.

Согласно этому порядку, суммы кэшбэка, начисленные за чеки, зарегистрированные в декабре, будут подтверждены после 25 января. После этого пользователи могут перевести подтвержденную сумму на свою банковскую карту.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Andijon shahar DSI tomonidan chorakli mukofot puli hamon berilmagan” mavzusidagi murojaatda keltirilgan holat yuzasidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Andijon shahar DSIga 2022-yil IV-chorak uchun belgilangan mukofot puli joriy yilning 23-yanvar kuni to’lab berilganligini ma’lum qiladi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibiga o‘tish uchun xabarnoma taqdim etish muddati 31-yanvargacha uzaytirildi

Avvalroq, 2023-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliqni (AOS) qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etilganligi haqida maʼlumot berilgan edi.

Mazkur tartib soliq qonunchiligiga yangi kiritilganligi hamda soliq to‘lovchilarning murojaatlarini inobatga olgan holda, 2023-yil yanvar hamda fevral oyidan AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibiga o‘tish uchun xabarnoma taqdim etish muddati 2023-yil 31-yanvargacha (31-yanvar ham) uzaytirildi.

📌Ma'lumot uchun, quyidagilar AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibiga o‘ta olmaydi:
▫️QQS to‘lovchi yuridik shaxslar va YATTlar;
▫️Qatʼiy belgilangan summada JSHODS to‘lovchi YATTlar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari❗️

Ijtimoiy tarmoqlarda g‘araz niyatli shaxslar @DSQ_Pressa nomi ostida soxta akkauntlar ochmoqda.

Sizlardan shaxsiy xabarlarda hech kimga javob yozmasligingizni va tasdiqlash kodlarini bermasligingizni so‘raymiz!

Ogoh bo'ling!

Roʻyxatdan oʻtgan cheklar boʻyicha barcha kerakli maʼlumotlarni Soliq ilovasining oʻzidan olish mumkin. Qo'shimcha savollar tug‘ilganda, 1198 qisqa raqami orqali uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan call-markazga murojaat qiling!
________________
#кешбэк

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq❗️

В социальных сетях злоумышленники открывают ложные аккаунты под именем @DSQ_Pressa.

Просим вас никому не отвечать в личных сообщениях и не передавать коды подтверждения!

Будьте бдительны!

Всю необходимую информацию по зарегистрированным чекам можно получить в самом приложении Soliq. Если у Вас возникают дополнительные вопросы, обращайтесь в круглосуточный call-центр по номеру 1198!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq sohasining mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar 🗓 24-yanvar kuni "Qat’iy belgilangan summada AOS to‘lashga o‘tish" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 10:30
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов налоговой сферы состоится 🗓 24 января на тему «Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 10:30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

❗️Talabalarga uy-joy ijaraga bergan jismoniy shaxslar ushbu daromadlaridan soliq to'lamaydi.

2022-yilda talabalar bilan 47 730 ta uy-joy ijara shartnomasi tuzilgan, ularda 80 mingga yaqin talaba istiqomat qiladi. Ijaraga beruvchilar tomonidan foydalanilgan imtiyoz miqdori 12,7 mlrd so‘mdan ortiq.

👉Batafsil
__________
#e_ijara

❗️Физические лица, которые сдают жилье в аренду студентам, не уплачивают налог на эти доходы.

В 2022 году со студентами заключено 47 730 договоров аренды жилья, в котором проживают около 80 тыс. студентов. Сумма вышеуказанной льготы, которой воспользовались арендодатели, превысила 12,7 млрд сумов.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Qat’iy belgilangan summada AOS to‘lashga o‘tish"
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtu.be/vkvWke_lFlM
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался
онлайн семинар-тренинг на тему «Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtu.be/vkvWke_lFlM

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

✍️O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga 2023-yil 1-yanvardan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi belgilandi.

Ya’ni, aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun - bir yillik soliq stavkasi 20 mln so‘m;

🔹 jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun - bir yillik soliq stavkasi 30 mln so‘m.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisida dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi va ular aylanmadan olinadigan soliq hamda dividendlardan olinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lmaydilar. Ya’ni, ushbu soliqlar bo‘yicha soliq hisobotlari taqdim etilmaydi.

Bunda, qat’iy belgilangan summadagi soliqning to‘lovchisida:

👉 ishlovchilardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolish, byudjetga o‘tkazib berish va soliq hisobotini taqdim etish;

👉 shuningdek, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish, to‘lash va soliq hisobotini taqdim etish majburiyati saqlanib qoladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan bank hisobvaraqlariga asossiz ravishda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash maqsadida joriy yilning 20-yanvar (juma) kuni bank ish kuni tugagandan (17:00dan) soʻng tijorat banklariga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgan (elektron yoki qogʻoz koʻrinishida).

Bank ish kuni tugaganligi sababli mijoz (soliq toʻlovchi)larning toʻlov hujjatlari banklar tomonidan ushbu sana bilan qabul qilinmagan.

Toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgandan keyingi kunlar dam olish kuni (shanba, yakshanba) boʻlganligi uchun Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga tijorat banklarining toʻlov topshiriqnomalarni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron axboroti kelib tushmagan.

Natijada, joriy yil 23-yanvar (dushanba) kuni avtomatlashgan tizim orqali shakllangan inkasso topshiriqnomalari inson omili ishtirokisiz ushbu soliq toʻlovchilarning bank hisobvaragʻiga joʻnatilgan. Oʻz navbatida, tijorat banklari ish kuni boshlangan soʻng toʻlov topshiriqnomalarini ijroga qabul qilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar tezkorlik bilan oʻrganilib, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda qaytarilmoqda.

👉To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Quyidagilar uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:

▫️
kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videqo‘llanmada tanishing

🏫Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ta'lim olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad solig‘ini qaytarib olish uchun "Soliq imtiyozlari" bo‘limidan 16.1-band,
🏘Ipoteka kreditlari uchun esa 16.3-band tanlanadi
.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter