Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
65 files
3.57K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha maʼlumotnoma shakllari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha
boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan 2023-yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

2023-yil uchun Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bunda, soliq davrida soliq summasi:
▫️ BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_9;
▫️ BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_10.

2023-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar havolada 👉https://soliq.uz/storage/files/January2023/00000000858c3fb50185a4f4aaff000c.pdf

❗️Eslatma, 2022-yil uchun soliq hisobotini (10601_10) taqdim etish muddatlari:
🔹Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek YaTT tomonidan — joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay;
🔹Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno — joriy yilning 1-martidan kechiktirmay.

👉2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel name was changed to «Andijon viloyati soliq boshqarmasi»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda 1 kv metr maydon uchun bino-inshootning qaysi o‘lchamidan foydalaniladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

2023-yil 1-yanvardan:
❇️QQS
stavkasi 12 %ga tushirildi. Shu sanadan onlayn nazorat-kassa texnikasi (Onlayn-NKT) cheklarida QQS stavkasi 15%dan 12 %ga oʻzgartirilishi lozim.
👉OʻRQ-812-son 30.12.2022

❇️Onlayn-NKT va virtual kassalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
▫️real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan boʻlishi;
▫️chek maʼlumotlari bilan joylashgan joyi boʻyicha geolokatsiya maʼlumotlarni operatorga yuborish;
▫️elektron toʻlov tizimlaridan foydalanilganda majburiy ulanishi;
▫️shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqish va aniqlash maxsus qurilmalariga ega boʻlishi;
▫️MXIK toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida xotirasiga yuklash;
▫️bank kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish.

👉VMQ-943 23.11.2019

📤Yuqoridagilarni inobatga olib, tadbirkorlik subyektlariga foydalanayotgan onlayn-NKT xotirasidagi maʼlumotlarni meyoʼriy hujjatlarda belgilangan talablarga moslashtirish lozimligi yuzasidan xabarnomalar yuborildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #foyda_soligi

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi – logistika korxonalari foyda solig‘i bo‘yicha "0 % stavka" qo‘llashi mumkinmi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #AOS

Qatʼiy belgilangan summada daromad solig‘i to‘lovchi YATTlar AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tishlari mumkinmi

👉Onlayn seminarning to‘liq videosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #QQS #AOS

QQS to‘lovchilari AOS to‘lash rejimiga qaytib o‘tishlari mumkinmi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik
#14_yanvar

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 16-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Andijon_tumani

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Bu galgi manzilimiz Andijon tumani Kuyganyor dehqon bozori bo'ldi. Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

🖊 Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#yer_soligi

2023-yilda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha hisob-kitob shakllari joylashtirildi

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning
20-yanvaridan kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21;
▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20.

🔹S
oliq toʻlash muddati:
▪️
AOS toʻlovchilar uchun – har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchunhar oyning 10-kuniga qadar
📌2023-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.

Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.

Izoh: Hozirda faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlar uchun ushbu soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.
👉Soliq kodeksi 429-modda

📖Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #foyda_soligi

Foyda solig‘i bo'yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

🔸Quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga pasaytirish huquqi beriladi:

а) 2022-yil 1-sentabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.
Bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 %i miqdorida belgilashga haqli;

b) 2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1- marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida.

Pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) dalillari aniqlangan taqdirda qo‘llanilmaydi.

🔸Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq 1 yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan.

🔸2022-yildan faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.

🔸2023-yil 1-yanvardan norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatidan 20%).

🔸Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-yanvardan nimalar o'zgaradi?

Qanday tartiblar saqlab qolinadi?

👉Batafsil: "Bugun" axborot dasturida.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Ehtiyojmand oilalar e’tibordan chetda qolmaydi

Andijon tumani 4-sektor rahbari tomonidan tumanning eng chekka hududi Otchopar mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat va ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi.

Shuningdek, Zavroq mahallasida ham aholining suyultirilgan gaz balonlariga bo’lgan ehtiyoji bartaraf etildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|