Andijon viloyati soliq boshqarmasi
843 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz aksiz solig‘idan ozod qilinadi

Bu “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi (PQ-5267-son, 25.10.2021).

Shuningdek mazkur qarorga muvofiq:

▫️2021-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi;

▫️2022-yil 1-yanvardan tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha bo‘lgan muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini taʼminlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi

"O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ–725-son, 25.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

❗️Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#yutuqli_oyinlar
#10tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari Navoiyda aniqlanadi!

Yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi 10-tiraji 28-oktabr kuni Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinni soat 18:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda tomosha qiling.

Diqqat ❗️10-tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 27-oktabr kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

28-oktabr 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar 11-tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark avtomobili yutib olish imkoniyatiga ega boling.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Andijon_tumani

#Sayyor_qabul

Yangi O’zbekistonda har bir fuqaro davlat e’tiborida.

Islohotlar quruq raqamlarda emas balki, eng avvalo aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro'zg'orida o'z aksini topishi zarur.

Viloyat 4-sektor rahbari hamda Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbar xodimlari mazkur tumandagi aholi bilan uchrashuv o’tkazib ularni qiynab kelayotgan fundamental savollariga asosli javoblar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#EHF

Elektron hisobvaraq-faktura: yangi tizim – yangi imkoniyatlar

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) tizimi yashirin iqtisodiyotning oldini olishda eng faol tizimlardan biriga aylanib ulgurdi. Mazkur tizim realizatsiya qilinayotgan tovarlar real hajmini to‘laqonli nazorat qilish, iqtisodiy jarayonlarni onlayn kuzatish, tahlil qilishga zamin yaratmoqda.

Tizim, o‘z navbatida, buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlari va soliq hisobotlarini tayyorlash jarayonini ham soddalashtirib tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar taqdim etmoqda.

🖥Davlat soliq xizmati organlari yaqinda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larning yangilangan tizimini test rejimida ishga tushirdi.

✔️Barcha tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy ravishda “facturatest2.yt.uz/faktura/uz/tools” elektron manzilida ushbu yangi tizim sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Elektron hisobvaraq-fakturalarning yangi tizimiga 4 ta asosiy o‘zgarish kiritildi.

🔵 Asosiy oynada korxona holati – aylanmadan olinadigan soliq (AOS) yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi ekanligi aks ettiriladi.
Bunda QQS guvohnomasi faol yoki nofaolligi, shuningdek bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. Kontragentlar holati haqidagi xuddi shu kabi maʼlumotlar ham ko‘rinib turadi.

🔵 Bosh sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar;
2) “0 stavka”da realizatsiya qilinadigan tovar va xizmatlar;
3) imtiyoz bilan sotish huquqiga ega korxonalar;
4) “0 stavka”da xarid qilish huquqiga ega korxonalar.

🔵 Tovar uchun identifikatsiya kod (MXIK) tanlanganda bozorning barcha ishtirokchilari uchun mahsulot nomi bir xil bo‘lishi taʼminlanadi. Yaʼni tovar nomi o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, MXIKka mos o‘lchov birligini massiv sifatida tanlash imkoni ham yaratildi. Yaʼni tovar hajmini, masalan, og‘irligini gramm, kilogramm yoki tonnada aniq ko‘rsatish mumkin.

🔵 EHF rasmiylashtirishda soliq stavkasi va imtiyozlari tegishli ustunlarda (satr) avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

🌐Yangi tizim sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi subyektlar taklif va mulohozalarini Factura test telegram guruhiga yuborishi mumkin.

❗️Bildirilgan takliflar asosida tizim qo‘shimcha funksiyalar bilan boyitiladi. Bu esa tizimni yanada mukammaltirishga va tadbirkorlik subyektlari duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-725-son Qonuni rasman eʼlon qilingan kundan, yaʼni 2021-yil 26-oktabrdan eʼtiboran kuchga kirgan.

Qonunning o‘zida mazkur Qonun me'yorlari xususan, go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol mol va parranda) va ularni sotishdan olingan mahsulotlarni, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qoida 10.10 2021-yildan kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab qo‘yilgan.

Shunday qilib, 10.10.2021-yildan 26.10.2021-yilgacha, yaʼni O‘RQ-725-son Qonun eʼlon qilungunga qadar bo‘lgan davrda mazkur tovarlarni yetkazib beruvchilar QQS bilan rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarni o‘z mijozlari bilan kelishgan holda Soliq kodeksining 257-moddasi 4-qismi asosida kontragentlariga ilgari berilgan hisobvaraq-fakturalar o‘rniga tuzatilgan QQSsiz hisobvaraq-fakturalarni taqdim qilishga haqli.

Bunday holda, xaridorlarning soliq hisobotida avval hisobga olingan QQS summalariga avtomatik ravishda tuzatish kiritiladi. Agar ular o‘rtasida yetkazib berish operatsiyasi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar yakunlangan bo‘lsa, u holda yetkazib beruvchilarning xaridorlari oldida qarzdorligi hosil bo‘ladi.

26.10.2021-yildan boshlab imtiyozli tovarlarni yetkazib beruvchilar QQS imtiyozini qo‘llashlari va hisobvaraq-fakturalarni QQSsiz rasmiylashtirishlari shart (Soliq kodeksi, 75-modda 6-qismi). Ushbu talabni buzish yetkazib beruvchiga nisbatan jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin (Soliq kodeksi, 225-modda).

Hozirgi vaqtda bunday imtiyozli tovarlarni sotishda elektron hisobvaraq fakturalarda yuqoridagi QQS imtiyozi (ID-8220) va ushbu tovarlar MXIKni aks ettirish sharoiti yaratilgan, masalan:

- mol go‘shti (MXIK - 00201001001000000);
- qo‘y go‘shti (MXIK - 00204001001000000);
- tovuq go‘shti (MXIK - 00207001001000000);
- kartoshka (MXIK - 00701001001000000);
- muzlatilgan baliq (MXIK - 00303001999000000).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yutuqli_oyinlar
#10tiraj

Navbatdagi Spark yakkabog‘lik isteʼmolchiga nasib etdi

🧾Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi 10-tiraji 28-oktabr kuni sahro bag‘ridagi javohir – Navoiy shahrida o‘tkazildi.

💥🚘 Spark avtomashinasini 10 ming so‘mlik xarid cheki evaziga Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi qo‘lga kiritdi.

📌
Hurmatli isteʼmolchilar, siz ham yutuqli o‘yinda ishtirok eting – Spark avtomobili va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
__________
#призовые_игры

Суперприз Spark – выиграл потребитель из Яккабага

Очередной 10-й тираж призовых чековых игр состоялся 28 октября в Навои.

💥🚘Автомобиль Spark выиграл житель Яккабагского района Кашкадарьинской области, совершив покупку стоимостью всего 10 тысяч сумов.

📌Уважаемые потребители! Участвуйте в чековых играх – ценные призы и автомобиль Spark ждут Вас!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram