Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#MXIK

Qurilish va maishiy xizmatlar sohasi uchun yangilangan MXIKdan foydalaning

2022-yil 20-dekabrdan qurilish va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari uchun MXIKlarning yangi takomillashtirilgan roʻyxati amal qilmoqda:

🔹 qurilish xizmatlari;
🔹 maishiy xizmatlar.

Eslatib o'tamiz: 2022-yil 20-dekabr (20-dekab kuni ham)gacha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKT xotirasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, EHF shakllantirishda yangilangan MXIKlardan foydalanishlari lozim.

❗️
Shu bilan birga, avval chop etilgan cheklarda bugungi kunda nofaol bo‘lgan MXIKdan foydalanilgan bo‘lsa, bunday cheklar uchun isteʼmolchilar xarid summasining 1 foizini qaytarib olishlari mumkin.

👉 MXIKni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi❗️
______________
#ИКПУ

Используйте обновленные ИКПУ для сферы строительства и бытовых услуг

Для сферы строительства и бытовых услуг с 20 декабря 2022 года актуален новый усовершенствованный перечень кодов ИКПУ:

🔹 строительных услуг;
🔹 бытовых услуг.

Напоминаем: субъектам предпринимательства необходимо до 20 декабря 2022 года (включительно) внести соответствующие изменения в память онлайн-ККТ, а также использовать обновленные ИКПУ при оформлении ЭСФ.

❗️По ранее пробитым чекам, в которых использованы неактуальные на сегодняшний день ИКПУ, покупатели смогут получить причитающийся им возврат 1% от суммы покупки (кешбэк).

👉 За неправильное отражение ИКПУ финансовые санкции не применяются❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

- Men Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman. Amalga oshirgan chakana savdo faoliyatimiz bo‘yicha aylanma summasi 100 million so‘mdan ortdi. Shu sababli keyingi faoliyatimda aylanmadan olinadigan soliq to‘lovini necha foiz stavkada to‘layman?

- Soliq kodeksining 461-moddasi 2-bandiga ko'ra, soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari hisoblanishi belgilangan.

Soliq kodeksining 467-moddasida esa aylanmadan olinadigan soliq stavkalari keltirilib o‘tilgan. Bunga muvofiq chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar joylashgan joyiga qarab soliq stavkalari belgilangan.

Jumladan,

🔹aholi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda joylashgan chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar uchun - 4%,

🔹boshqa aholi punktlarida joylashgan chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilari uchun 2% va borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda joylashgan chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar uchun 1% qilib belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, chakana savdo faoliyatingizni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida amalga oshirib kelayotganligingiz sababli soliq kodeksining 467-moddasiga muvofiq 2% soliq stavkasida aylanmadan olinadigan soliq to‘laysiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xojaobod_tumani

Yangi hayotliklarga obi-hayot keldi

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Xo‘jaobod tumani DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari xaftalik ish rejasiga asosan, sektor hududidagi Yangi hayot MFY aholisi murojaatiga asosan ichimlik suv tarmog‘i tortilgan bo‘lib, hozirda aholiga 1 ta tik quduq o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilingan edi.

Aholi murojaatiga asosan joyiga borib tegishli tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda joyida bartaraf etilmoqda.

Natijada, xalq noroziligiga sabab bo’ladigan holatlarning oldi olinishi ta’minlanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-dekabr

noyabr oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-moddasi 1 va 2-qismlar);

🔹agar noyabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

🔹norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

🔹 yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar);

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YaTTlar tomonidan bo‘nak to‘lovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

dekabr oyi uchun:

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) bo‘nak to‘lovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси МТРК телерадиоканаллари, шунингдек, нодавлат телеканаллар ҳамда Президентнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари орқали тўғридан-тўғри жонли эфирда намойиш этилади.

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси бошланиш арафасида.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qildi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Президентимиз иқтисодий ислоҳотлар қатъий давом эттирилиб, ички имкониятлар тўлиқ сафарбар қилиниб, хусусий сектор янада қўллаб-қувватланишини таъкидлади.

Биринчи навбатда, ҳудудлар ўртасидаги иқтисодий тенгсизликни қисқартириш, барча туман ва шаҳарларни бир маромда ривожлантириш бўйича янгича ёндашувлар жорий этилади.

Келгуси йилдан туман ва шаҳарлар мавжуд шароити, салоҳияти ва имкониятларидан келиб чиқиб 5 та тоифага ажратилади.

Тадбиркорлар учун субсидия, кредитлар ва компенсациялар тоифалардан келиб чиқиб ажратилади. Улар учун солиқ ставкалари ҳар хил бўлади.

Бизнесга солиқ юкини камайтириш
бўйича ишлар давом эттирилади. Жумладан, 1 январдан қўшилган қиймат солиғи ставкасини 15 фоиздан 12 фоизга пасайтириш ҳисобига тадбиркорлар ихтиёрида йилига камида 14 триллион сўм маблағ қолади.

Илғор тажрибалар асосида солиқ ва божхона маъмурчилиги жиддий ислоҳ қилинади.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Joriy yilning oʻtgan davrida 8 973 ta korxonaga 804,3 mlrd soʻmlik, shundan 8 795 ta qishloq xoʻjaligi korxonasiga 290,6 mlrd soʻmlik soliq qarzini toʻlash muddatini oʻzgartirish imkoniyati berildi.

👉Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo'yicha videoqo‘llanma
__________
#солиқчи_кўмакчи

За прошедший период этого года 8 973 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 804,3 млрд сумов, из них 290,6 млрд сумов приходится на 8 795 сельскохозяйственных предприятий.

👉Видеоинструкция по отсрочке или рассрочке уплаты налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Sektor_faoliyati
#Buloqboshi_tumani

4-sektor aholisining elektr energiyasi bo’yicha murojaati hal etildi

Buloqboshi tuman 4-sektor hududidagi Balandchek MFYda joylashgan transformator kuchlanishini yengillashtirish maqsadida qo’shimcha transformator o’rnatildi.

Natijada, Balandchek, Sanoat, Neftchi, Istiqlol MFY hududida yashovchi fuqarolarning elektr energiyasidan bo’lgan muammosi hal etildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

“E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉 "E-imtiyoz AAT" my.soliq.uz soliq to'lovchi shaxsiy kabinetining «Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat» bo'limida joylashgan.
_________________
#e_imtiyoz

Для правильного и автоматического формирования в отчетности налоговых льгот подается заявление в “E-imtiyoz”.

Автоматизированная информационная система “E-imtiyoz” доступна для:
✔️ юридических лиц,
✔️ индивидуальных предприниматели, являющихся плательщиками налога с оборота и НДС.

👉 "АИС E-imtiyoz" расположена в разделе "Обращение по использованию налоговой льготы" в персональном кабинете налогоплательщика my.soliq.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining/xotinining ta’lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
👉Soliq kodeksining 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM