Andijon viloyati soliq boshqarmasi
843 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_NKM

Elektron tizimlar integratsiya jarayoni har bir ishtirokchidan uyg‘unlashgan ish va mas'uliyatli munosabat talab etadi

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida yetakchi to‘lov tizimlari operatorlari va onlayn-NKT ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar vakillari bilan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvning navbatdagi bosqichi natijalarini muhokama qildilar. Xususan, onlayn-NKT va elektron to‘lov tizimlariga qo‘yiladigan texnik talablar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, onlayn-NKTlardan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi va to‘lovni joyida amalga oshirish imkoniyatini joriy etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, yagona maqsad sari intilish, ya’ni elektron to‘lov tashkilotlari orqali aholi bilan hisob-kitoblarni naqd pul orqali amalga oshirishda elektron fiskal chek taqdim etish har bir integratsiya ishtirokchisidan uyg‘unlashgan ish va mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladigan jarayondir.

Ma’lumot uchun: ayni paytda 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 31 tasi fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyani to‘liq yakunlagan, qolgan 17 tasida jarayon davom etmoqda.
___________
#онлайн_ККМ

Интеграция электронных систем требует скоординированной работы и ответственного отношения каждого участника процесса

В Государственном налоговом комитете при участии руководства ГНК состоялась очередная встреча с представителями ведущих операторов платежных систем и крупных производителей онлайн контрольно-кассовой техники.

Сторонами обсуждены итоги продолжающегося этапа интеграции с информационными системами налоговых органов в рамках продолжающейся системной работы. В частности, озвучены предложения и замечания к техническим требованиям, установленным к ОНККТ и электронным платежным системам, рассмотрены сопутствующие вопросы, связанные с ответственностью субъектов предпринимателей, применяющих ОНККТ и внедряющих возможность оплаты на местах.

Отмечено, что стремление к общей цели, а именно – предоставление электронного фискального чека при осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации, это процесс, требующий скоординированной работы и ответственного отношения к поставленным задачам каждого участника интеграции.

Для справки: в настоящее время полностью завершена интеграция с оператором фискальных данных у 31 из 48 электронных платежных организаций, остальные 17 в процессе.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Sektor_faoliyati
#Obod_qishloq_obod_mahalla

MARHAMAT TUMANI «TURON» MAHALLASIDA HAM ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi «2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 408-sonli Qaroriga asosan Marhamat tumani 4-sektor hududidagi «Turon» mahalla fuqarolar yig‘ini Nurli Makon ko‘chasining 2 km qismida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining e'tibori bilan Respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi tumandagi mazkur mahallada ham amalga oshirilayotgan ishlaridan mahalla ahlining quvonchlari cheksiz!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Muzeyga_sayohat

Tarixsiz kelajak yo'q

Andijon viloyatining boy va tabiiy, madaniy hamda tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlarini har tomonlama o‘rganish, xodimlarni tarix haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi birlashgan kasaba uyushmasi tashabbusi bilan boshqarma xodimlari uchun Andijon shahrida joylashgan viloyat tarixi va madaniyati muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtrokchilar o‘lkamiz boy tarixi, turli davrlar silsilasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ijodiy asarlar, viloyatimizda yashab ijod qilgan taniqli rassomlar va adiblarning noyob san'at durdonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Viloyatimizning boy madaniy, tarixiy merosi haqida umumiy tasavvurlarga ega bo‘ldilar. Albatta bu xodimlarning tarixiy duyoqarashini yanada shakllanishiga, jamoa orasida tariximizga hurmat va faxr tuyg‘ularini paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanmoqda;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

2022-yil 1-noyabrdan:
- maishiy texnikalarni majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichiga start berildi –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar.

- dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashning II bosqichiga start berildi – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlar.

2023-yil 1-iyuldan suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etiladi.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar

2022-yil 13-iyundan alkogol, tamaki mahsulotlari va pivo uchun raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchga kirdi.
2022-yil 12-sentabrdan boshlab boshqa mahsulotlar uchun ham javobgarlik choralarini ko‘rish normalari kuchga kirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram