Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#onlayn_seminar #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 10-noyabr kuni “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiruvdan oldingi tahlil olib borish tartibi” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
__________________
#онлайн_семинар #предпроверочный_анализ

❗️Уважаемые налогоплательщики

Онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 10 ноября 2022 года на тему «Порядок предпроверочного анализа посредством автоматизированной информационной системы «Автокамерал».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 17:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi
#QQS

Tadbirkorlik subyektlarining soliq yukini kamaytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan?

2022-yil 1-iyuldan:

🔹 Quyidagilarga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi:
▫️bo‘sh turgan binolar;
▫️foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari;
▫️yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar;
▫️tugallanmagan qurilish obyektlari;
▫️hamda ushbu obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari
.

🔹majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda beriladi;

🔹
soliq organlari monitoringi davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq xavfi holatlarining aniqlanishi QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi;

🔹
yuqori xavf darajasi aniqlangan tadbirkorlarning QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan 5 kun oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi. Ushbu muddatda kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, QQS guvohnomasi to‘xtatib turiladi.
Amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lishi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganlik holatlari bundan mustasno.

2023-yil 1-martga qadar:

🔸EHFda yoki onlayn-NKT cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;

🔸xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#11_Noyabr_kasaba_uyushmalari_kuni

11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Birlashgan kasaba uyushmasi hamkorligida “Kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” shiori ostida viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-noyabr

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-va 5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Jalaquduq_tumani

Sayyor qabullar har bir tumanda tashkil etilmoqda

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida viloyat 4-sektor tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan bilan yuzma-yuz suhbatlar olib borildi.

Fuqarolar tomonidan qabul davomida ko‘tarilgan masalalar yechimini kutayotgan muammolarga sohalar bo‘yicha viloyat va tuman tashkilotlari mutasaddi rahbarlari ishtirokida ijobiy yechim izlandi.

Moddiy yordamga muxtoj aholi vakillariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Qish qirovli kunlar boshlanayotgani bois, asosan yo‘llarning ta’mir talabligi, elektr transformatorlarining nosozligi bo‘yicha qilingan murojaatlar viloyat avtoyo‘l hamda elektr tarmoqlari korxonalari mutasaddilari tomonidan bartaraf etilish qat’iy nazoratga olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 250,2 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xususan, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi 137 ta tadbirkorlik subyektida hamda noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan 350 nafar fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida jami 752,6 mln soʻmlik 31 582 dona alkogol mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
🔹74 ta holatda 14 075 dona 302,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali;
🔹14 ta holatda 853 dona 25,1 mln soʻmlik aksiz markasiz;
🔹17 ta holatda 999 dona 138,2 mln soʻmlik eski namunadagi aksiz markali;
🔹12 ta holatda 900 dona 21,2 mln soʻmlik raqamli markirovkalanmagan;
🔹14 ta holatda 355 dona 8,8 mln soʻmlik tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;
🔹350 nafar fuqaro tomonidan 14 400 dona 257,2 mln soʻmlik tegishli hujjatlarsiz
alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 497,6 mln soʻmlik 40 267 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
🔸15 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 13 934 quti 101,6 mln soʻmlik;
🔸302 nafar fuqaro tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan 26 333 quti 396 mln soʻmlik
tamaki mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

✔️Mazkur holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar, belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Maʼlumot uchun
▫️Raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
👉VMQ-737 5-band 4-qism 20.11.2020
▫️2022-yil 1-yanvardan — tamaki va alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi oʻrnatilgan.
👉VMQ-737 1-ilova 20.11.2020

❗️Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarda aniqlangan qonun buzilish holatlari

Noqonuniy tamaki mahsulotlari sotganlarga qanday chora ko‘riladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#fiskal_institut

Rahbar xodimlar uchun o‘quv kursi

📚Joriy yilning 7–11-noyabr kunlari Fiskal institutda hududiy DSB boshliqlari birinchi oʼrinbosarlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi. 5 kunlik kurs davomida tinglovchilar ish faoliyatida samaradorlikka erishish va dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

📝Oʼquv kursida hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining 14 nafar birinchi oʼrinbosarlari ishtirok etdi. Oʼquv mashgʼulotlari Davlat soliq qoʼmitasi mutaxassislari hamda Fiskal institut professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter