Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
🔴#Live
#Xalq_bilan_muloqot

Taraqqiyot telekanalida tashkil etilgan "Xalq bilan muloqot" jonli dasturida Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasining rahbar xodimlari va mas'ulllari ishtirok etdilar.

Dastlab oynaijaxon kuzatuvchilariga "Soliqchi - ko‘makchi" tamoyili asosida joriy yil boshidan viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, oxirgi yillarda soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, soha faoliyati va qonunchiligidagi yangiliklar bo‘yicha mutaxassisning fikri tinglandi.

Teletomoshabinlar tomonidan jonli dastur davomida telefon orqali hamda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘llangan savollarga mas'ul mutaxassislar atroflicha javob berdilar.

Albatta, ommaviy axborot vositalarida tashkil etilayotgan bunday ochiq muloqotlar davlat xizmatchilari va fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishib muammolarini hal bo‘lishida ko‘prik vazifasini o‘tayapti desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat
#QQS

Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotlarning sotib olingan va keyinchalik sotilgan yengil avtomobil uchun takroran QQS to‘lashi haqidagi murojaatlari e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston bo‘lgan tovar(xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS soliq solish obyekti hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 238-modda 1-qism 1-band

Tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda o‘tkazish ushbu aylanmaga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 239-modda 1-qism 1-band

Agar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tashkilot avtosalondan 300 mln so‘mga yengil avtomobil sotib olsa (egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazsa), avtosalonga ushbu summadan 15% QQS – 45 mln so‘m (jami 345 mln so‘m) to‘laydi. Avtosalon ham o‘z navbatida QQS to‘lovchisi bo‘lgani uchun bu 45 mln so‘mni budjetga o‘tkazishi shart.

Yengil avtomobil sotib olgan tashkilot QQSni (45 mln so‘m) hisobga olish huquqiga ega, agar:
🔸 soliq to‘lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu avtomobildan foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasiga soliq solinishi lozim bo‘lganda;

🔸 Ushbu avtomobil uchun avtosalondan QQS summasi alohida ajratilgan hisobvaraq-faktura olingan bo‘lsa.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar bo‘lishi kerak.
Agar ushbu yengil avtomobil soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, avtomobilni sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
👉Batafsil tushuntirish bu yerda

Agar tashkilot kelgusida yengil avtomobilni 200 mln so‘mga sotishga qaror qilsa, u holda avtomobilni sotib oluvchi ham unga ushbu summadan 15 % QQS – 30 mln so‘m (jami 230 mln so‘m) to‘laydi.

Agar tashkilot avval avtosalonga o‘tkazib bergan 45 mln so‘mni hisobga olgan bo‘lsa, ushbu summadan 30 mln so‘m QQS chegirib tashlanadi va natijada 15 mln so‘m hisobda qoladi.

Agar tashkilot avval QQSni hisobga olmagan bo'lsa yoki hisobga olish rad etilgan bo'lsa, u holda avtomobilni sotishda soliq to'lovchi sifatida yangi egasi tomonidan unga o'tkazilgan 30 mln so'm QQS summasi budjetga to'lanishi shart.

Demak, soliq to'lovchi tomonidan avtomobil sotib olingan va sotilganda, ushbu operatsiya bo'yicha bir marta QQS to'lanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Xonobod_shahar

Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Xonobod shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari, shahar hokimi, shuningdek, viloyat gaz hamda elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti boshqarmalari mutassaddilari, markaziy bank va tijorat banklari, shuningdek, avtoyo‘l hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 19-oktabr kuni “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘p uchraydigan savollarga javoblar” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
______________________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 19 октября 2022 года на тему "Отчетность по налогу на добавленную стоимость: рекомендации и ответы на частые вопросы".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

“Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘p uchraydigan savollarga javoblar”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=pYJF-UW5Zvk
______
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Начался
онлайн семинар-тренинг на тему "Отчетность по налогу на добавленную стоимость: рекомендации и ответы на частые вопросы".

🌐
Ссылка на семинар 👉https://www.youtube.com/watch?v=pYJF-UW5Zvk

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi
#Izboskan_tumani

Faoliyatini yangi boshlagan tadbirkorlar qo‘llab - quvvatlanmoqda

Joriy yil boshidan sentabr oyiga qadar Izboskan tumanida 393 ta tadbirkorlik subyektlari ochilgan bo’lib, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan ularni tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi va zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-oktabr

sentabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi 1- va 2- qismlari);

- agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);

oktabr oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);

- jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi);

- maxsus renta solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454(7)-moddasi 2-va 3-qismi).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliqlarni “Soliq” mobil ilovasida qulay va oson toʻlang

Soliq (
Android/iOS) ilovasida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi soliq turlari boʻyicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig'i 423-modda

jismoniy shaxslar uchun yer solig'i 440-modda

Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 393-modda

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etish asosida JShShODS 397-modda

YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq 408-modda

YATT qat’iy belgilangan daromad solig‘i 383-modda

penya 110-modda

Toʻlovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasining JShShIRi koʻrsatish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun esa FACE ID orqali avtorizatsiyadan oʻtish kifoya. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo'qligini aks ettiradi.

❗️Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng barcha tushumlar “Toʻlangan soliqlar tarixi” boʻlimida saqlanadi.
___________
#мобильное_приложение

Оплачивайте налоги легко и просто в мобильном приложении "Soliq"

В приложении Soliq
(Android/iOS) для удобства налогоплательщиков – можно узнать о задолженности и произвести оплату по следующим видам налогов:

налог на имущество физических лиц ст.423 НК

земельный налог физических лиц ст.440 НК

налог на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду ст.393 НК

НДФЛ на основании декларации о совокупном годовом доходе
ст.397 НК

соцналог для ИП и самозанятых лиц 408 НК

фиксированный налог на доходы ИП ст.383

пеня ст.110 НК

Перед платежом достаточно указать ПИНФЛ владельца имущества (земельного участка), а самозанятому лицу – пройти авторизацию с помощью FACE ID. Система автоматически отразит задолженность либо ее отсутствие.

❗️После оплаты в разделе "История оплаченных налогов" сохраняются все квитанции.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmanning Andijon viloyati sho‘basi rahbariyati hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularda o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tartibi va bu borada qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Xalq_bilan_muloqot

🔹Soliq sohasidagi so'nggi yangiliklar

🔹Fuqarolar muammolariga ijobiy yechim

Batafsil:👉
YouTube kanalimiz orqali tomosha qiling

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#tabrik
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Hurmatli vatandoshlar, Sizlarni, bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida keng nishonlanayotgan ushbu bayram allaqachon milliy anʼanaga aylanib, xalqimiz maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin egalladi.

Necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu oʻzlikni anglash, millat maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir.

Zero, davlat tilining obroʻ-eʼtibori – xalqimiz va jamiyatimizning obroʻ-eʼtiboridir.

Prezidentimiz boshchiligida yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda ham, albatta, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. Oʻzbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Sayyor_qabul
#Xojaobod_tumani

Sayyor qabulda hech bir murojaat e'tiborsiz qolmadi

Xo‘jaobod tumanida viloyat 4-sektor rahbari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan yuzma-yuz suxbatlashdi.

Yurtdoshlarimiz tomonidan bank kreditlari, sog‘lig‘ini tiklash, moddiy yordam ko‘rsatish va shu kabi masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga joyning o‘zida viloyat va tuman tashkilotlari mutassaddi rahbarlari ishtirokida ijobiy yechim topildi.

Moddiy yordamga muxtoj aholi vakillariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, sektor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan xatlovlarda tikuvchilik faolyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Abatta, sektorlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etish kabi ishlarining mana shunday tizimli va uzluksiz tashkil etilishi, fuqarolarimizning bugungi islohotlardan rozi bo‘lishiga asos bo‘ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|