Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq
hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xatlov

Soliq qarzdorligini undirish maqsadida hududlarda olib borilayotgan xatlov tadbirlari

Batafsil: "Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#turizm
#keshbek

Turizm uchun keshbeklarga start berildi

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ish boshladi. Endilikda mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

Platforma foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida keshbek qaytarish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan “Soliq” mobil ilovasi (Android/iOS) qo‘llanildi.

Sarflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchi:
🔹transport xizmatlaridan foydalanganlik;
🔹joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik;
🔹madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan
cheklarni (QR-kodini) skanerlashi kerak.

Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS
#savol_javob

- Korxona 2022-yil iyun oyida ixtiyoriy ravishda umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan. Aylanma hajmi yo'qligi sababli endi AOS to'lashga o'tish uchun ariza berish mumkinmi

- Umumbelgilangan soliqlarni (QQS va foyda solig‘i) to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromadlari 1 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida 12 oydan keyin qayta o‘tishga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda 8-qism

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS
#imtiyoz

📉Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) – 1 % etib belgilangan:

🔸01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha
PQ-104-son qarorning 1-ilovasida keltirilgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) quyidagi xizmatlarni ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun
▫️umumiy ovqatlanish,
▫️mehmonxona,
▫️savdo,
▫️ko‘ngilochar,
▫️turoperator va turagent.

🔸01.06.2022-yildan 01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida quyidagilarni tashkil etgan tadbirkorlar uchun
▫️mehmon uylari,
▫️ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar
.

🔸01.01.2022 yildan 01.01.2031 yilga qadar Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun.

🔸01.08.2022-yildan 01.08.2025-yilgacha “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari uchun.

🙅🏻Quyidagilar aylanmadan olinadigan soliq (AOS)dan vaqtincha ozod qilingan:

🔸01.01.2024-yilgacha Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (klasterlar bundan mustasno);

🔸01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha
▫️charm, mo‘yna xomashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash,
▫️qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish,
▫️jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar;

🔸01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari;

🔸01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari;

🔸01.08.2022-yildan 01.01.2028-yilgacha “Inno texnopark” MChJ va uning rezidentlari.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#15_oktabr
#mol_mulk
#yer_soligi

🗓15 oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.

Hurmatli fuqarolar❗️

👉 Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi imkoniyatlari kengaydi

Soliq mobil ilovasining yangilangan versiyasi (Android/iOS) ishga tushirildi.

📱 Endi Soliq mobil ilovasida:
🧳mamlakat ichidagi sayohat uchun keshbek olish;
💰soliq qarzlarini to'lash;
📦shtrix-kodni skanerlash orqali
Milliy katalogdagi mahsulotlar yoki xizmatlar MXIK kodini bilib olish mumkin.

Soliq mobil ilovasida yangi imkoniyatlar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Bizda_tugilgan_kun

Hurmatli Shuhratbek Xatamovich!

Bugun huddi sizning xonadoningizda bo'lgani kabi biz soliq idoralari xodimlari uchun ham katta bayram!

Sababi yana bir soliq xodimi uzoq yillardan beri tizimda halolu pok ishlab, o'zidan ulkan tajriba maktabini yaratib, xalqqa vijdonan xizmat qilib, el-yurt oldida hurmat va izzat topib muborak 60 yoshni qarshilamoqda!

Sizning nafaqat soliq organlarida ishlagan davringiz, balki butun 60 yillik umringiz bugungi kun soliq idoralarining yosh xodimlari uchun namuna vazifasini o'taydi.

Zero mashaqqatli va ayni damda sharafli kasbni egallab, shuncha yil samarali mehnat qilib, odamlar orasida ham yaxshi xodim, ham mustahkam oila boshi sifatida jamiyatda mavqega ega bo'lishning o'zi bo'lmaydi.

Sizning ushbu muborak yoshingiz bilan Andijon viloyat davlat soliq xizmati organlari tizimida xizmat qiluvchi barcha xodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Sizning bu ulkan hayotiy tajribangiz hali uzoq yillar sohaning yosh kadrlari uchun dasturi Amal bo'lib xizmat qiladi!

Baxtli, farovon hayot, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik hamda fayzu-baraka tilaymiz.

Sizning fidokorona xizmatlaringizni qadrlagan holda O'zbekiston Respublikasi davlat soliq qo'mitasi raisining shaxsan o'zi sizga tabrik yo'llaganini mamnuniyat bilan e'tirof etamiz.

Hurmatli Shuhratbek Xatamovich, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#savol_javob
#sayyor

🔴“Soliq hamkor” orqali soliq huquqbuzarligi haqida yuborgan murojaatim rad etildi. Tizimda “Mazkur tadbirkorlik subyektida sayyor soliq tekshiruvi tayinlangan” yozuvi chiqdi. Bu nimani anglatadi?

🔵Tadbirkorlik subyekti faoliyatida ilgari tan olingan va aniqlashtirilgan jismoniy shaxsning "Soliq hamkor" tizimi orqali yuborilgan muroaajati asosida soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish va aybdor shaxsni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilish jarayonida kelib tushgan xabarlar ko‘rib chiqilmaydi.

📮Bunda
"Mazkur tadbirkorlik subyektida sayyor soliq tekshiruvi tayinlangan"ligi to‘g‘risida ma'lum qilinadi.
👉VMQ-255 1-ilova 2-bob 14-qism

📲Soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berganlik uchun pul mukofotlari berish tartibi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

🔸Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) nima

🔸Kimlar QQS to‘lovchilari deb e’tirof etiladi

🔸O‘zbekistonda QQS ilk bor qachon joriy etilgan

🔸QQS stavkasi 2023-yildan necha foiz bo‘ladi

🔸QQS qanday hisoblab chiqariladi

👨‍💼Qo'shilgan qiymat solig'i haqidagi shu va boshqa savollar javobi Mutaxassis sharhida

▶️YouTube orqali ko‘rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|