Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#MXIK

Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi ishga tushirildi

Mahsulot va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining yangilangan talqinida quyidagi yangi funksiyalar mavjud:

▫️MXIKlarining har bir bo‘limi uchun qulay qidiruv tizimi;

▫️tovarlar va xizmatlarga biriktirilgan qatʼiy va tavsiya etilgan o‘lchov birliklarini ko‘rish;

▫️tovar va xizmatlarga biriktirilgan imtiyozlar ID raqami;

▫️mahsulot (xizmat)lar kodining butun zanjirini ko‘rish imkoniyati;

▫️katalog tuzilmasi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar.

Yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun tasnif.soliq.uz sayti bosh sahifasining “Elektron katalog” oynasidagi “Jadvalda ko‘rish” tugmasini bosing.

MXIK asosida mahsulotlarga shtrix-kod va QR-kodni generatsiya qilish uchun yaratilgan texnik imkoniyat muhim yangilik hisoblanadi. Bu xususiyat kelgusida MXIKga bog‘langan mahsulotlarning shtrix-kodini (QR-kod) skanerlash orqali aylanmadan olib chiqishni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Shuningdek "Mahsulot haqida batafsil ma'lumot" yangi bo‘limi qo‘shildi. Unda mahsulot (xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi va h.k.) haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Mahsulot kartochkalari bosqichma-bosqich to‘ldirib boriladi.

‼️Eslatib o‘tamiz, “Soliq” mobil ilovasida (“Tasnif” bo‘limi) shtrix-kodni skanerlash orqali mahsulotning amalda bo‘lgan MXIK kodini bilib olishingiz mumkin. Hozirda milliy katalogga 180 mingdan ortiq turdagi mahsulot kiritilgan va ro‘yxat kengayib bormoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "Qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" oynasida saqlanadi.

👉 MXIK uchun elektron onlayn-ariza qoldirish
👉 MXIKdan foydalanadigan soliq to'lovchilarga eslatma

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

QQS: Murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilinadi

DSQ Raisi Sherzod Kudbiyev tomonidan markaziy apparat tuzilma rahbarlari va hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda QQS qoplanadigan salbiy farq summasini qaytarib berish bilan bog‘liq bo‘lgan muaommolar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaslik, sansolarlikka yo‘l qo‘yish va boshqa holatlar masʼul xodimlarga alohida ko‘rsatib o‘tilib, qatʼiy ogohlantirish berildi.

Xususan, QQS qoplanadigan salbiy farq summasini qaytarish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etish topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq,

🔹01.11.2022 yildan
nazorat qiluvchi organlar tomonidan:
▫️tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi;
▫️tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida maʼlumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

🔹Nazorat qiluvchi organlar:
▪️“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi;
▪️tadbirkorlik subyektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik subyekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas;
▪️tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlarini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, tarqatma material va qo‘llanmalar bilan taʼminlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida amalga oshiradi;

🔹Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslikka haqli, agar:
🔸tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
🔸tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmagan yoki u xabardor etilmagan bo‘lsa;
🔸tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmasa;
🔸nazorat qiluvchi organlar Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortsa.

🔹01.01.2023 yildan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

📃Shuningdek, mazkur qaror bilan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida yangi imkoniyatlar

Soliq mobil ilovasining yangilangan versiyasi zamonaviy dizaynda qayta ishlangan (Android/iOS). Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun asosiy sahifada ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining telefon raqami ko'rsatilmaydi (faqat ID-raqami ko'rsatiladi).

Barcha mavjud xizmatlar 3 toifaga bo'lingan:
▫️Umumiy;
▫️Shaxsiy;
▫️To'lov.

Ushbu toifalarning har birida:
✔️to'liq ishga tushirilgan
🔄 ishlab chiqish jarayonidagi
yaqin vaqtlarda rejalashtirilgan xizmatlar aks ettirilgan.

Endi Soliq mobil ilovasida:
🔸mamlakat ichidagi sayohat uchun keshbek olish;
🔸soliq qarzlarini to'lash;
🔸Shtrix-kodni skanerlash orqali Milliy katalogdagi mahsulotlar yoki xizmatlar MXIK kodini bilib olish mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq
hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xatlov

Soliq qarzdorligini undirish maqsadida hududlarda olib borilayotgan xatlov tadbirlari

Batafsil: "Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#turizm
#keshbek

Turizm uchun keshbeklarga start berildi

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ish boshladi. Endilikda mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

Platforma foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida keshbek qaytarish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan “Soliq” mobil ilovasi (Android/iOS) qo‘llanildi.

Sarflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchi:
🔹transport xizmatlaridan foydalanganlik;
🔹joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik;
🔹madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan
cheklarni (QR-kodini) skanerlashi kerak.

Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS
#savol_javob

- Korxona 2022-yil iyun oyida ixtiyoriy ravishda umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan. Aylanma hajmi yo'qligi sababli endi AOS to'lashga o'tish uchun ariza berish mumkinmi

- Umumbelgilangan soliqlarni (QQS va foyda solig‘i) to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromadlari 1 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida 12 oydan keyin qayta o‘tishga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda 8-qism

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#AOS
#imtiyoz

📉Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) – 1 % etib belgilangan:

🔸01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha
PQ-104-son qarorning 1-ilovasida keltirilgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) quyidagi xizmatlarni ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun
▫️umumiy ovqatlanish,
▫️mehmonxona,
▫️savdo,
▫️ko‘ngilochar,
▫️turoperator va turagent.

🔸01.06.2022-yildan 01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida quyidagilarni tashkil etgan tadbirkorlar uchun
▫️mehmon uylari,
▫️ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar
.

🔸01.01.2022 yildan 01.01.2031 yilga qadar Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun.

🔸01.08.2022-yildan 01.08.2025-yilgacha “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari uchun.

🙅🏻Quyidagilar aylanmadan olinadigan soliq (AOS)dan vaqtincha ozod qilingan:

🔸01.01.2024-yilgacha Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (klasterlar bundan mustasno);

🔸01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha
▫️charm, mo‘yna xomashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash,
▫️qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish,
▫️jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar;

🔸01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari;

🔸01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari;

🔸01.08.2022-yildan 01.01.2028-yilgacha “Inno texnopark” MChJ va uning rezidentlari.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#15_oktabr
#mol_mulk
#yer_soligi

🗓15 oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.

Hurmatli fuqarolar❗️

👉 Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi imkoniyatlari kengaydi

Soliq mobil ilovasining yangilangan versiyasi (Android/iOS) ishga tushirildi.

📱 Endi Soliq mobil ilovasida:
🧳mamlakat ichidagi sayohat uchun keshbek olish;
💰soliq qarzlarini to'lash;
📦shtrix-kodni skanerlash orqali
Milliy katalogdagi mahsulotlar yoki xizmatlar MXIK kodini bilib olish mumkin.

Soliq mobil ilovasida yangi imkoniyatlar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram