Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#chempion_bilan_uchrashuv

Hamkasbimiz xursandchiligi – jamoamiz xursandchiligi!

Xabaringiz bor, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, olimpiada chempioni degan sharafli nomga erishdi.

Chempionlardan biri
Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murodbek Iskandarovning o‘g‘li – xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham o‘zining mag‘lubiyatsiz yurishlari bilan mazkur tarixiy g‘alabaga hissa qo‘shdi. Shuningdek, uning yana bir farzandi Nilufar Yoqubboyeva ham mazkur olimpiadada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev bugun hamkasbimiz oila a'zolari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi olamshumul g‘alaba bilan Nodirbek hamda uning ota-onasini tabriklab, barcha soliqchilar Murodbek Iskandarovdan o‘rnak olishi lozimligini, farzandlar iste’dodini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirish mana shunday natija berishini ta’kidladi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan Murodbek Iskandarovning unvoni bir pog‘ona ko‘tarildi.

Uchrashuvda xodimlar chempion bilan aql mashqida bahslashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Yakunda Sherzod Kudbiyev yurtimiz faxru iftixoriga aylangan Nodirbek Yoqubboyev va uning ota-onasiga, xususan, Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarovga samimiy minnatdorlik bildirib, “Xumson” sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika #aylanma

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 127,8 %ga o‘sdi

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

💹187,4 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 subyekt;
👉 1 mlrdgacha 20 688 subyekt;
👉 10 mlrdgacha26 878 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 5 253 subyekt;
👉 1 trlngacha667 subyekt;
👉 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 subyekt.

👩🏻‍💼 4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.
🏢 26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stol_tennisi

Andijon viloyatida "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o'rtasida "Stol tennisi" musobaqasi bo'lib o'tdi

Batafsil:
👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#aylanma

Andijon viloyatida tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 151,8 %ga o‘sdi.

Mamlakatimiz prezidenti tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning, tadbirkor va ishbilarmonlarga yaratib berayotgan qulay sharoit va imkoniyatlarining natijasini birgina tadbirkorlik subyektlari umumiy tovar aylanmasining yildan yilga tez sur’atlarda o’sib borayotganida ham ko’rishimiz mumkin.

💹14,6 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 151,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 22 650 subyekt;
👉 1 mlrdgacha — 1 223 subyekt;
👉 10 mlrdgacha — 1 372 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 238 subyekt;
👉 100 mlrddan ko‘p aylanmaga ega 23 subyekt.

👩🏻💼 2 213 ta yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.

🏢 2 600 ta korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#seminar

Davlat soliq organlari xodimlariga fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuni davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat bo‘ldi.

Mazkur Qonun davlat xizmatchilarining jamiyatdagi mavqeyini oshirishga qaratilgan davlat xizmati institutining huquqiy asosini yaratadi.

Qonun ilg‘or jahon tajribasi asosida, davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslangan keng ko‘lamli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi.

Joriy yilning 16-avgust kuni davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda mazkur Qonunni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Abbos Akramov va department mudiri o‘rinbosari Shuxrat Mamajonovlar Qonunda nazarda turilgan normalar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan seminarda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Qonunga yangi normalar kiritish bo‘yicha takliflar ham berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

QQS qoplash nima?

Soliq to‘lovchi QQSni qaytarishga haqli agar, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasida salbiy farq bo‘lsa.
👉Soliq kodeksi 272-modda

Qoplash summasi boshqa turdagi soliqlar bo'yicha qarzlar so'ndirilgandan keyin kelgusidagi soliq to'lovlari uchun hisobga olinishi yoki soliq to‘vchining hisob raqamiga qaytarilishi mumkin.

QQSni qaytarish uchun qanday murojaat qilinadi?

Soliq to'lovchi qoplanadigan soliq summasini qaytarish uchun taqdim etiladigan soliq hisoboti orqali soliq organini xabardor qiladi.

Soliq organi soliq summasini to'liq yoki qisman qaytarish to'g'risida qarorni qanday qabul qiladi?

O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra.

QQS qancha muddatda qaytariladi?

Ko‘rsatilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga QQS bo‘yicha hisobot taqdim etish davomida soliq summasini qaytarish to‘g‘risida soliq organi xabardor qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kechiktirmay qaytariladi.

QQS tezlashtirilgan tartibda qanday qaytariladi?

Tezlashtirilgan tartibda soliq summasi 7 kun ichida to'liq qaytariladi. Bunda, qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi ellik kungacha bo‘lgan muddatda o'tkazilishi mumkin.
Agar soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra arizada ko‘rsatilgan soliq summasi asossiz deb topilsa, soliq to‘lovchi asossiz ravishda qoplangan soliq summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblagan holda Davlat budjetiga to‘lashi shart.
👉VMQ 489-son 14.08.2020-yil

Kimlar soliq summasini tezlashtirilgan tartibda qaytarishga haqli?

▫️O‘zbekiston Respublikasining yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslari;
▫️soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini tuzgan soliq to‘lovchilar;
▫️eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;
▫️ chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;
▫️ mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
▫️soliq monitoringi obyekti bo'lgan yuridik shaxslar;
▫️soliq monitoringi ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar.
👉Soliq kodeksi 274-modda

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Marifat_soati

Haftaning har juma kuni Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasida siyosiy-ma'rifat soati tashkil etilib, davlat soliq xizmati xodimlarining bilimlari boyitib borilmoqda.

Navbatdagi ma'rifat soatida davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyati filiali mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.

Bugun siyosiy voqeliklar albatta davlat xizmatchisidan hech bir isloxotlardan bexabar qolmaslikni talab etadi.

Bundan tashqari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘plab yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bundan esa davlat soliq xizmatchilarini xabardor qilib borish eng ustuvor vazifa xisoblanadi.

Uchrashuv muloqot davomida mutaxasislar yig‘ilganlarga qabul qilingan "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunning mazmun- mohiyati hamda undan kutilayotgan ijobiy natijalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|