Andijon viloyati soliq boshqarmasi
843 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Oltinkul_tumani

AHOLI MUROJAATLARI HAL ETILMOQDA

Eng ulug', eng aziz ayyom, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanalari arafasida aholini muammolarini tinglab ularni ijobiy hal etish orqali fuqarolarga bayramona ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida Oltinko'l tumanida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, viloyat 4-sektor rahbarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Unda aholi vakillari, mutasaddi tashkilot va idoralarning rahbarlari ishtirok etdilar.

"Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" degan ezgu g'oya asosida tashkil etilgan qabul davomida aholi vakillari turli sohalar bo'yicha o'zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan mutassaddilarga murojaat qildilar. Masalalar vakolat doirasida shu yerning o'zida hal etildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar yechimi bo'yicha muddati bilan aniq yo'l haritalari belgilandi.

Qabul davomida turmush sharoitidan kelib chiqib, o'nlab aholi vakillariga oziq- ovqat mahsulotlari bir martalik yordam sifatida taqdim etildi.

Albatta, tashkil etilayotgan bunday sayyor qabullar aholining bayram arafasida o'z hayotidan rozi boʻlishlariga asos bo'ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa...

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YATTlarga – BHMning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 175-modda 2-qismi

Ilgari bunday huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan ma’muriy javobgarlik bilan bir qatorda moliyaviy sanksiyalar ham nazarda tutilgan edi. Prezident Farmoniga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan ushbu moliyaviy sanksiyalar bekor qilindi. (PF-6307 07.09.2021-yil)

Qanday hollarda soliq hisobotlarini taqdim etmaganligi uchun soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatiladi?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddat tugaganidan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.
👉Soliq kodeksi 111-modda uchinchi qismi 1-bandi

Qanday hollarda soliq to'lovchilar soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi?

Mazkur huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilganda huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi.
👉 Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasi 11-bandi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Seminar
#Asaka_tumani

Tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazildi

📃Soliq qonunchiligida joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida bartaraf etish maqsadida Asaka tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joriy yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berildi.

🔹Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash kabi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilanganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javob oldilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#tabrik #12avgust

Sharafli faoliyatingiz doimo qadrlidir, aziz hamkasblar!

12-avgust sanasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun muhim kun hisoblanadi. Bu kunni barcha xodimlar va soha faxriylari o‘zgacha kayfiyatda kutib olishini bilaman.

Har bir davlatda soliq tizimi alohida o‘ringa ega, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham.

12 902 nafar davlat soliq xizmati organlari xodimlari bir oila va katta kuch bo‘lib davlat va jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy soha rivoji hamda aholi turmush darajasini oshirishga, har bir oilani rozi qilishga xizmat qilmoqda.

Hurmatli hamkasblar, mening oilam, erishayotgan yutuqlarimizda har biringizning hissangiz alohida. Mashaqqatli va sharafli mehnatlaringiz biz uchun doimo qadrlidir.

Barchangizning mehnat faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman!

Birgalikdagi mehnatimiz, davlatimiz, jamiyatimiz va Vatanimiz rivojiga doimo xizmat qilsin.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
———————————————
#поздравление #12августа

Ваш почетный труд неоценим, уважаемые коллеги!

Для сотрудников органов государственной налоговой службы 12 августа – значимая дата. Знаю, что все, кто сейчас трудится в системе, и ветераны отрасли встречают этот день с особенным настроением.

В каждом государстве налоговая система занимает особое место, в том числе и в Республике Узбекистан.

12 902 сотрудника органов государственной налоговой службы – это одна сплоченная семья и крепкая сила, призванная служить обеспечению развития государства и общества, укреплению социальной сферы и улучшению благосостояния населения.

Уважаемые коллеги, моя дружная профессиональная семья, каждый из вас вносит особый вклад в наши достижения. Ваш непростой и почетный труд очень ценен для нас.

Желаю всем Вам удачи и успехов в работе и в личной жизни, счастья и благополучия в семьях!

Пусть наш совместный труд всегда служит развитию нашего общества и Родины.

Шерзод Кудбиев,
Председатель Государственного налогового комитета