Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
65 files
3.57K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Agar siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topmagan bo'lsangiz, elektron onlayn-ariza qoldiring.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Sektor_faoliyati
#Boston_tumani

Har bir inson uchun munosib mehnat sharoiti yaratamiz...

Bo‘ston tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan sektor hududidagi Do‘stlik mahallasi Hamid Olimjon ko‘chasi 148-uy 8-xonadonda yashovchi Teshaboyeva Gavxaroyning uyida o‘zini o‘zi band qilish maqsadida subsidiya so‘rab qilgan murojatiga asosan 1 ta chok hamda 1 ta averlo tikuv mashinalari ishlash uchun tayyor holatda yetkazib berildi.

Bundan tashqari 4-sektor hududidagi Yakka tol MFY Yaxshi niyat ko‘chasida shag‘allash ishlari davom ettirilmoqda.

Qayd etish joizki, amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlar zamirida aholini turmush darajasini oshirish bilan bir qatorda xalqimizning bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashlariga qaratilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Mahallalarimiz kundan kun chiroy ochmoqda…

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “2022 – 2026-yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan Andijon tuman 4-sektorida Do‘ngqishloq va Sadda tagi mahallalari Obod mahalla dasturiga kiritilgan.

🏗 Bugungi kunda ushbu mahallalarni me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Andijon tumani Sadda tagi mahallasi "Obod qishloq davlat dasturi"ga kiritilgan bo‘lib, mazkur mahalla o‘zgacha chiroy ochmoqda. Mahalla ahli chin ma’noda shukronalik keltirmoqda.

🏡 Bundan tashqari mahallada turkiya texnologiyasi asosida yig‘ma uylar ham qurib bitkazilmoqda.

Rasmlarda mahallaning oldingi va hozirgi holatini ko‘rishingiz mumkin...

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#keshbek
#savol_javob

- “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yuborgandan so‘ng olingan mukofot yoki keshbek uchun daromad solig‘i to‘lanadimi

– Soliq to‘lovchining Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan iborat daromadlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.
👉 Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 16-bandi

Eslatib o'tamiz ❗️ Iste’molchilarga xarid summasidan 1 % qaytarish (keshbek) va soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar berganlik uchun (“Soliq hamkor”) undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot to‘lash Prezident Farmonida nazarda tutilgan.
👉 PQ-5252-son 04.10.2021-yil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|