Andijon viloyati soliq boshqarmasi
890 subscribers
5.03K photos
1.2K videos
84 files
4.2K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Toshkent_soliq_texnikumi

Toshkent soliq texnikumining ilk qaldirg‘ochlariga diplom topshirildi

Davlat soliq qoʻmitasi Fiskal institut huzuridagi Toshkent soliq texnikumining ilk qaldirgʻochlari katta hayot tomon qanot qoqmoqda.

Joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent soliq texnikumi ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2021/2022-o‘quv yilida Toshkent soliq texnikumining “Soliq va soliqqa tortish” yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan 180 nafar o‘quvchi Davlat soliq qo‘mitasi va Fiskal institut rahbariyatidan diplomlarini qabul qilib oldi.

Shuningdek tadbirda, Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi vakillari, Toshkent soliq texnikumi jamoasi hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Fiskal institut rahbariyati hamda texnikum oʻqituvchilari yoshlarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shu bilan birga, tadbirda texnikumni aʼlo baholarga tamomlab, doimiy ravishda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan zukko oʻquvchilar Fiskal institut rahbariyati tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4879-sonli qaroriga asosan Toshkent soliq kolleji Fiskal institut huzuridagi Toshkent soliq texnikumi etib qayta tashkil etilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent soliq texnikumining ilk qaldirgʻochlari
#QQS

Joriy yilning I yarim yilligida 6 028 ta korxonaga 8,3 trln so‘m miqdorida QQS salbiy farq summasi budjetdan qoplab berildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 764,4 mlrd so‘mga oshgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

🎥 Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashuvidan:
Xatolarni tuzatishga imkoniyat berildi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 25-iyul

iyul oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 июля 2022 года крайний срок

за июль:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#imtiyoz

Individual soliq imtiyozlari teng raqobatga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi

Keyingi yillarda individual xususiyatga ega bo‘lgan soliq imtiyozlarini cheklashga qaratilgan bir qator normalar belgilandi.

Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
👉Soliq kodeksi, 75-modda

Maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasida xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish ko‘rsatilgan.
👉PF-5185 8.09.2017-yil

Biroq, bugungi kunda ham ayrim individual hususiyatga ega bo‘lgan soliq imtiyozlari amalda qolmoqda. Bu esa raqobat muhitini yanada yaxshilash hamda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga salbiy taʼsir qilmoqda.

Xususan, 2021-yilda individual hususiyatga ega bo‘lgan 15 ta hujjat bo‘yicha jami 316,2 mlrd so‘mlik, 2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida esa 10 ta hujjat bo‘yicha jami 144,8 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi qo‘llanilgan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni doimiy tahlil qilib borish ustida izchil ishlar olib borilmoqda.

Har bir soliq imtiyozi hisobini yuritish va muddatlarini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi E-imtiyoz AAT ishga tushirilgan. Korxona (STIR)ga, QQS bo‘yicha EHFda hamda onlayn-NKM cheklarini shakllantirishda aks etuvchi MXIKlar (50 mingdan ziyod) orqali avtomatik ravishda foydalanilgan imtiyozlar tahlil qilinadi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, yuridik shaxslar tomonidan:
🔸2021-yilda 43,4 trln so‘mdan;
🔸2022-yil I yarim yilligida 24,6 trln so‘mdan ziyod soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

To‘langan keshbeklar 248 milliard soʻmdan oshdi

Iyun oyi
uchun 637 115 nafar isteʼmolchiga 61,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-may oylari uchun yana 732,2 mln so'm keshbek tasdiqlandi.

💰Yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga 248,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.
____________
#кешбэк

Выплаченные суммы кешбэка превысили 248 миллиардов сумов

За июнь месяц 637 115 потребителям выплачено 61,9 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-май – выплачено ещё 732,2 млн сумов кешбэка.

💰Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 885 829 потребителям, достигла 248,6 млрд сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, zamonaviy axborot vositalarini joriy etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:

1. Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarini taqdim etish;
Mazkur talablarni buzayotgan onlayn-NKM va virtual kassalarni tegishli reestrdan chiqarish choralari ko‘rib boriladi.

2. Bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish, onlayn-NKMning joylashgan joyi to‘g‘risidagi maʼlumotni soliq organlariga taqdim etish, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniyatlarga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlarni davlat reestriga kiritish hamda soliq organlarida ro‘yxatga olish taqiqlangan.

Foydalanishda bo‘lgan onlayn-NKM va virtual kassalarni 2023-yil
1-yanvarga qadar qaror talablariga moslashtirish lozim.

3. Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanish talabi o‘rnatilgan.
Har bir onlayn-NKM yoki qurilmalar uchun alohida BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki AOS yoxud YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi berilgan.

👉 PQ-5252-son 4.10.2021-yil

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida Davlat reestriga kiritilgan 36 turdagi onlayn-NKM sotib olishda va unga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari har bir tuman(shahar)larda filiallari tashkil qilinmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq to‘lovchilar xarid chekida MXIK kodlari to‘liq aks ettirilishini doimiy nazorat qilib borish va qaror bilan 2023-yil 1-yanvarga qadar berilgan imtiyozdan foydalanish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

❗️Bu haqda shaxsiy kabinetlar orqali xabarnomalar yuborilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Agar siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topmagan bo'lsangiz, elektron onlayn-ariza qoldiring.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Sektor_faoliyati
#Boston_tumani

Har bir inson uchun munosib mehnat sharoiti yaratamiz...

Bo‘ston tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan sektor hududidagi Do‘stlik mahallasi Hamid Olimjon ko‘chasi 148-uy 8-xonadonda yashovchi Teshaboyeva Gavxaroyning uyida o‘zini o‘zi band qilish maqsadida subsidiya so‘rab qilgan murojatiga asosan 1 ta chok hamda 1 ta averlo tikuv mashinalari ishlash uchun tayyor holatda yetkazib berildi.

Bundan tashqari 4-sektor hududidagi Yakka tol MFY Yaxshi niyat ko‘chasida shag‘allash ishlari davom ettirilmoqda.

Qayd etish joizki, amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlar zamirida aholini turmush darajasini oshirish bilan bir qatorda xalqimizning bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashlariga qaratilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|