Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#bilasizmi
#onlayn_NKM

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

To‘lov
terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'iy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim.

👉PF-5813-son 06.09.2019-yil

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda
__________
#знаете_ли_вы
#онлайн_ККМ

❗️Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

Фискальный чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

Если контрольно-кассовая техника и расчетные терминалы не применяются и покупателям не выдаются чеки, то за эти нарушения предусмотрен штраф в размере 5 млн сумов.
👉ст.221 НК РУз

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Murojaatnoma

ANDIJON VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING 2022-YIL 6 OY YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI

Bugun “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatish davlar soliq organi xodimlarining asosiy vazifasiga aylandi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Chek talab qiling va 1% keshbekka ega bo‘ling

2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi.

💳Keshbek summasi chek ro’yhatga olingan oydan keyingi oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.

🧾Avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#deklaratsiya

Deklaratsiya taqdim etganlarga "kontrakt" to‘lovi uchun 175,2 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi

Joriy yil 1-yarmida:
🔹491 938 nafar
fuqaro deklaratsiya taqdim etdi;
🔹deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 150,8 mlrd so‘mni tashkil etdi;
🔹79 685 nafar fuqaro deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirdi.

O‘tgan yilning 1-yarmiga nisbatan:
🔸deklaratsiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
🔸deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd so‘m);
🔸deklaratsiyalarni elektron shaklda tapshirish 23 barobar (3 469 nafar) o‘sdi.

2022-yil dastlabki 6 oyida:
🔸JShODS imtiyozlari
dan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.
🔸Shundan, "kontrakt" to‘lagan 135 325 nafar fuqaroga 175,2 mlrd so‘m (84%) qaytarildi.

👉Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqdan ozod etilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 5-iyul

iyun oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- iyun oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005 yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 июля 2022 года крайний срок

за июнь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по
платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (сельскохозяйственной продукцией собственного производства и продуктов ее переработки по договорным ценам, выдаваемых сельскохозяйственными товаропроизводителями по письменному заявлению работников) в июне
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. №1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer munosabatlarini tartibga solish tizimiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan
yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi.

Shunga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lovchilar uchun, jismoniy shaxslarga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan:
▫️soliq stavkalari;
▫️soliq imtiyozlari;
▫️soliqni hisoblab chiqarish;
▫️soliq hisobotini taqdim etish;
▫️soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan (eski tahrir - meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan) yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Milliy geografik axborot tizimini va davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimida yuritiladi.

👉O‘RQ-775-son 06.06.2022-yil
__________
#новое_в_законодательстве

Изменения и дополнения в системе регулирования земельных отношений

К земельному налогу приравнивается арендная плата, уплачиваемая за земельные участки, предоставленные на основании договора аренды земельного участка, заключенного с хокимом района (города).

В соответствии с этим:

на юридических лиц, получивших земельные участки в аренду, распространяются
▫️налоговые ставки,
▫️налоговые льготы,
▫️порядок исчисления налога,
▫️представления налоговой отчетности,
▫️уплаты налога,
установленные для налогоплательщиков земельного налога с юрлиц;

на физических лиц, арендующих земельные участки, - установленные для налогоплательщиков земельного налога с физлиц.

Объектом налогообложения земельным налогом с физлиц являются земельные участки, предоставленные в установленном порядке (ранее - в пожизненное наследуемое владение) для ведения дехканского хозяйства и индивидуального жилищного строительства.

Специально уполномоченным органом в области ведения Национальной геоинформационной системы и государственных кадастров является Агентство по кадастру при ГНК РУз.

Единая система государственных кадастров ведется в Национальной геоинформационной системе.

👉№ ЗРУ-775 от 06.06.2022 г.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#marketpleys

Marketpleys bu nima?

Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс

Что такое маркетплейс?

Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.

👉Прил.№1а к ПКМ №943

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#deklaratsiya

2022-yil 1-yarmida 491 938 nafar fuqaro 2 343 mlrd so‘mlik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etdi

Fuqarolarning:
📈 eng ko‘p daromadi muklni ijaraga berishdan olingan – 1,1 trln so‘m

📉eng kam daromadi tekinga olingan ulushlar va aksiyalar – 17,9 mlrd so‘m

👉Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#2D_skaner #onlayn_NKM
#imtiyoz

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2D-skaner
– mahsulotlardagi QR, DataMatrix, PDF 417 va boshqa kodlarni tezkorlik va aniqlik bilan o‘qish imkoniga ega qurilmadir.

2D-skaner quyidagi qulayliklarni yaratadi:
– 2D-shtrix-kodlarini o‘qish va hisobini yuritish;
– mahsulotlarning markirovka kodlarini o‘qish;
– shikastlangan va aniqlash qiyin bo‘lgan DataMatrix kodlarini o‘qish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).

2023-yil 1-yanvardan, chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252, 4.10.2021-yil

Davlat soliq xizmati organlari barcha tadbirkorlik sub’ektlariga savdo jarayonlarida onlayn-NKM yoki virtual kassa hamda 2D-skaner qurilmalaridan foydalanib, sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq imtiyozidan foydalanishni tavsiya etadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Bo’ston tumanida joylashgan “Bo’ston agro tamorqa xizmati 1997” MCHJ ning bankdagi xisob raqami davlat soliq qo'mitasi tomonidan to'xtatib qo'yilganligi to’g’risida e’lon qilingan material yuzasidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasidan olingan “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yirik pul aylanmalari to’g’risida”gi ma’lumotlari asosida Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral soliq tekshiruvi bo’limi tomonidan Bo’ston tumanida joylashgan “Bo’ston agro tamorqa xizmati 1997” MCHJ ning 2022-yil yanvar-aprel oylaridagi faoliyati taxlil qilinib, jamiyatning faoliyati shubhali deb topilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasiga muvofiq, 2022-yil 28-aprel kuni jamiyatning Xalq banki Bo’ston tuman filialidagi asosiy hisob raqami davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yopilgan.

Kameral soliq tekshiruvi davomida aniqlangan holatlar bo’yicha Bo’ston tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2022-yilning 7-may kuni jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli moddalari tartibida chora ko’rilgan.

Mavjud aniqlangan kamchiliklar xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan bartaraf etilib, xisoblangan mablag'lar qayta xisob-kitob qilingandan so'ng, davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur subyekt xisob raqami aktiv holatga o’tkazildi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mobil_ilova #keshbek

🔴 “Soliq” mobil ilovasida (Android/iOS/Harmony OS) ayrim cheklarni skanerlashda qurilma ekranida “Ushbu QR-koddagi ma'lumotlar soliq ma’murchiligiga oid emas” yozuvi chiqadi. Bu nimani anglatadi? Bunday chek uchun keshbek beriladimi?

🔵 Bu holatda ushbu chek fiskal belgili chek emasligini anglatadi. Bunday cheklar uchun keshbek hisoblanmaydi.

Ma'lumot uchun: ushbu QR-kodlar tadbirkorlik subyektiga tegishli reklama xususiyatiga ega ma'lumotlarni o'z ichiga olishi mumkin va qonunchilikda belgilangan fiskal chek talablariga javob bermaydi.

VM-943-son 23.11.2019-y.

Agar sizga fiskal chek berilmagan bo‘lsa, “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat qiling.

❗️Eslatib o‘tamiz, fiskal belgili xarid cheki skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab beriladi" xabar paydo bo'ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида архитектура, қурилиш ва шаҳарсозлик соҳасидаги устувор вазифаларга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.

Йиғилиш аввалида давлатимиз раҳбари Қорақалпоғистондаги вазият ҳақида тўхталиб ўтди.

"Бу ерда содир бўлган нохуш воқеалар барчамизда ташвиш ва изтироб уйғотиши табиийдир.

Нукус шаҳрида юз берган воқеалар натижасида, афсуски, бир қанча фуқаролар ҳалок бўлди ва жабр кўрди.

Шу муносабат билан ўз яқинларини йўқотган оилаларга чин юракдан ҳамдардлик билдираман. Шифохоналарда даволанаётган беморларга эса тезроқ соғайиб кетишларини тилайман.

Мана шундай дақиқаларда тинчлик ва инсон ҳаёти нақадар бебаҳолигини, уни асраб-авайлаш нақадар муҳим эканини, бунга барчамиз масъул эканимизни янада чуқур ҳис этамиз".

Facebook|Instagram|Twitter
"Албатта, бу воқеалар бир кунда ёки ўн кунда ташкил қилинган эмас.

Бу ҳаракатларга четдаги ғаразли кучлар томонидан йиллаб тайёргарлик кўрилган.

Уларнинг асл мақсади Ўзбекистоннинг ҳудудий яхлитлигига тажовуз қилиш ва миллатлараро низо келтириб чиқаришга қаратилган.

Бўлиб ўтган воқеаларни ҳар томонлама чуқур ва холисона тергов қилиш учун Бош прокурорнинг биринчи ўринбосари бошчилигида тергов ва суриштирув гуруҳи иш олиб бормоқда.

Бу жараёнга холис томонларни, яъни, жамоатчилик вакиллари, депутатлар ва фаолларни ҳам жалб қилиш зарур.

Шунинг учун, Бош прокурор Н.Йўлдошевга топшириқ ҳар бир ҳолат чуқур ва холисона ўрганилсин ва воқеа иштирокчиларининг хатти-ҳаракатларига адолатли ҳуқуқий баҳо берилсин.

Шу ўринда, куч тузилмаларининг ҳаракатлари ҳам чуқур таҳлил қилинсин. Агар улар томонидан нотўғри куч ишлатилган бўлса, амалдаги қонунчиликка асосан уларнинг ҳам жиноий жавобгарлиги таъминлансин".

Facebook|Instagram|Twitter
“Ҳозирги вақтда Қорақалпоғистондаги вазият изга тушмоқда. Энг асосийси, аҳолининг тинчлиги ва ҳаётига ҳеч нарса хавф солаётгани йўқ.

Иқтисодиёт тармоқлари ишламоқда. Одамлар кундалик ишлари ва юмушлари билан банд. Деҳқонлар ўз даласида ишламоқда, пешона тери билан яратган ҳосилларини йиғиштирмоқда.

Бозорлар, дўконлар ва бошқа хизмат кўрсатиш объектлари фаолият юритмоқда. Мамлакатимизнинг барча ҳудудларидан бу ерга озиқ-овқат ва бошқа зарур маҳсулотлар етказиб берилмоқда.

Давлат ҳокимияти органлари, жамоатчилик вакиллари ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш тузилмалари томонидан ҳудудда барқарор вазиятни таъминлаш бўйича уюшган ва мувофиқлашган ҳолда иш олиб борилмоқда".

Facebook|Instagram|Twitter
"Юз берган воқеаларни таҳлил қилар эканмиз, биз бир нарсани ҳеч қачон унутмаслигимиз керак: агар ўз вақтида қатъий чора кўрилмаса, меҳнаткаш ва бунёдкор халқимиз ўн йиллар давомида машаққат билан эришган ютуқ ва марралар ғаразли ташқи кучларнинг таъсири билан жиддий хавф остида қолиши мумкин экан.

Агар доимо ҳушёр ва огоҳ, қатъиятли бўлиб иш кўрмасак, юртимиз, хонадонларимиз тинчлиги ва осойишталиги, фарзандларимиз келажаги осонгина хавф остида қолиши ҳеч гап эмас экан.

Мана шу ҳақиқатни, бугунги кунда қандай нотинч ва мураккаб замонда яшаётганимизни жойлардаги барча раҳбарлар яна бир бор ҳар томонлама чуқур тушуниб олишлари лозим".

Facebook|Instagram|Twitter