Andijon viloyati soliq boshqarmasi
847 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan xatoliklar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan holatlardan biriAOS hisobotining jami daromadlar tarkibidagi summalarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 040-satrida aks ettirilgan daromadlar summasi ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: ushbu holat bo‘yicha 2021-yilda 194 ta tashkilot soliq hisobotida jami 665,5 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉AOS hisobotida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy va salbiy kurs farqi qanday aks ettiriladi?

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉aksiz solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini hisobotlarda noto‘g‘ri aks ettirish

👉QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik

👉QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida to‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar

👉moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va QQS hisobotida aks ettirilgan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan sof tushum ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida Soliq kodeksining 314-moddasi bo‘yicha QQSga doir xarajatlar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Soliqchi_komakchi

Tadbirkorlik subyektlari uchun seminar tashkil etildi.

Navbatdagi ana shunday seminar viloyat davlat soliq boshqarmasida tashkil etilib, unda viloyatda faoliyat olib borayotgan eng yirik tadbirkorlik subyektlarining vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda, Tovar transport yuk xatlarini IT orqali elektron ko’rinishda rasmiylashtirish tartibi bo’yicha yig’ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi.

O’z o’rnida seminar ishtirokchilari ham tashkil etilayotgan bunday uchrashuv muloqotlar ularning faoliyatida dasturi amal bo’ladigan ma’lumotlarni olishi uchun xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularni tizimdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish hamda savollariga atroflicha javob berish maqsadida tashkil etilayotgan bunday ochiq muloqotlar joylarda davom etmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Izboskan_tumani

Izboskan tumani 4-sektor hududida "Yoshlar oyligi" doirasida "Andijon viloyati hokimi kubogi" uchun "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladi va estalik sovg‘alari bidan taqdirlandi.

Sektor hududida joylashgan Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlariga asosan sektor rahbari tashabbusi bilan xomiylik asosida Marjon ko‘chasining ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

4-sektor hududida joylashgan Obod qishloq dasturiga kiritilgan Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘inida ichki yo‘llarini beton qoplama bilan qoplash, yog‘och tayanch ustunlarini beton stolbalarga almashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, MFY binosini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-iyun

may oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200-baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200-baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan AOSni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 июня 2022 года крайний срок

за май:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в мае были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющихся плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Yoshlar_forumi_2022
#Shahrixon_tumani

"SOLIQ BILIMDONLARI-2022" KO'RIK TANLOVI

❇️“Andijon yoshlar forumi - 2022”
doirasida Shahrixon tumanidagi 16-umumta’lim maktabida “Soliq bilimdonlari” tanlovi bo’lib o’tdi. Viloyatimizning tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan yoshlar tanlov nizomida belgilangan shartlar bo’yicha o’z iqtidorlarini namoyish etdilar.

Tadbir yakuniga ko’ra:

1-o’rinni Shahrixon tumani;

2-o’rinni Marhamat tumani;

3-o’rinni Baliqchi tumani

jamoalari egalladilar.

🎁G’oliblarga tuman hokimligi va 4-sektor rahbari tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|