Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#sektor_faoliyati
#Xujaobod_tumani

MUROJAAT VA YECHIM

Xo'jaobod tumani 4-sektor tomonidan Qurama MFY da yashovchi temir daftarga kiritilgan kam ta’minlangan, sharoiti og‘ir xonadonlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Elamon ko'chasi 25-uyda yashovchi fuqaro Egamberdiyeva Xilolaxon xonadoni o‘rganilganda, oilada boquvchisi yo’qligi, 4 nafar farzandi borligi, yashash sharoti og‘ir axvolda ekanligi o‘rganilgan edi. Shundan so‘ng sektor rahbari tomonidan ushbu xonadonda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi, xozirda ushbu xonadonga eshik, deraza olib kelib o‘rnatildi, uyini ichki tomonini remont qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qurama mahallasi G‘alaba ko‘chasi 10-uyda yashovchi Shomirsaliyeva Zulxumorxon 4-sektor rahbari sayyor qabulida uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Sektor rahbari Shomirsaliyeva Zulxumorxon xonadonida bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlari va uyini remont qilish uchun 500 ta shlakablok maxsulotlari olib berildi.

Sektor rahbari shaxsan o‘zi har kuni qurilish ishlarini nazoratga olib bormoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#keshbek

Keshbek: chekni ro'yxatdan o‘tkazishda qaysi hududlar yetakchi

Yetakchi hududlar:

📍Toshkent shahri – 8,5 mln ta;
📍Toshkent viloyati – 1,4 mln ta;
📍Qashqadaryo viloyati – 867 972 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 824 910;
📍Xorazm viloyati – 770 906.

Past ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar:

📍Buxoro viloyati – 414 775 ta;
📍Navoiy viloyati – 360 660 ta;
📍Surxondaryo viloyati – 287 310 ta;
📍Jizzax viloyati – 282 581 ta;
📍Sirdaryo viloyati – 210 618 ta.

10.06.2022-yil holatiga

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biriAOS hisobotini taqdim etish jarayonida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshgan summalari noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilayotgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotining jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 0410-satrida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshgan summalari to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 463 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 338,5 mln.so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori ijrosi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Andijon tumani 4-sektor rahbari o’ziga biriktirilgan 18 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o’tkazilib, yetakchilar faoliyati yaqindan o’rganildi.

Yoshlar yetakchilariga mahalllarda yoshlarning muammolarini yechishda Vazirlar Mahkamasining 250-son qarori talablarida asosida “Yoshlar daftari”ga kiritish orqali muammolariga yechim topish va ularni doimiy banligini ta’minlash topshirig’i berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Ulugnor_tumani

MUROJAAT VA YECHIM

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini ijobiy hal etish orqali ularning turmush sharoitini yaxshilash bo'yicha joylarda 4-sektor mas’ullari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholini ish bilan ta'minlash, moddiy yordam ko'rsatish, ko’chalarni asfaltlash, ichimlik suvi bilan ta’minlash, eski simyog’ochlarni yangilariga almashtirish shu kabi harakatlar bunga misol bo’la oladi.

Jumladan, Ulug’nor tumani 4-sektor hududidagi "Fazogir" MFYdagi aholi murojaatiga asosan, Kanal bo’yi qishlog’idan o'tgan yo'llarni shag’allash, ta'mirlash, shuningdek ma’nan eskirgan simyog'ochlarni yangi beton simyog’ochlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Izboskan_tumani

Izboskan tumani 4-Sektor hududidagi 18 ta MFYlarda “Temir daftar”da bo‘lgan hamda bir martalik moddiy yordam olmagan 63 ta ehtiyojmand oilalarning 231 ta oila a’zolarining har birlariga 20 kilogrammdan jami 4620 kg bepul un mahsulotlari berildi.

Shuningdek, sektor hududidagi Z.M.Bobur MFYda yashovchi fuqaro M.Usmonovaga sektor rahbari tashabbusi bilan quyonchilik yo‘nalishida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish uchun Xalq bankidan 12 million so‘m kredit ajratilib bandligi ta’minlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|