Andijon viloyati soliq boshqarmasi
845 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Marhamat tumanida viloyat 4-sektor rahbari sayyor qabuli o'tkazildi

Batafsil
: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

☝️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga terminal cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.

Shuningdek onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ushbu qurilmalar orqali chek taqdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan cheklarni taqdim qilish soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#Murojaatnoma

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i R.Nasimovning joriy yilning may oyida viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisoboti

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-iyun

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

may oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 июня 2022 года крайний срок

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

за май:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292 Налогового кодекса, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM

Soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetida tushumlarning oylik hajmini vositachilar va komitentlar kesimida kuzatishi mumkin

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” bo‘limiga “Vositachi va komitentlar monitoringi” axborot menyusi qo‘shildi. Bu:
🔹komitentlarga - har bir oy uchun o‘zining har bir vositachisidan aniq tushum miqdorini;
🔸vositachilarga - har bir oy uchun tovarlarini realizatsiya qilgan (xizmat ko'rsatgan) har bir komitentga yuborilgan aniq summalarni kuzatib borish imkonini beradi.

Muayyan komitent / vositachi haqida ma’lumot qidirish uchun filtrdan foydalanish mumkin. Buning uchun:
1️⃣Vositachilik shartnomasining qaysi ishtirokchisi - komitent yoki vositachi haqida ma’lumot olish kerakligi ko‘rsatiladi;
2️⃣Davr yil va oy ko‘rsatiladi;
3️⃣komitent yoki vositachi STIR/JShShIR kiritiladi;
4️⃣“Qidirish” tugmasi bosiladi.

Pastdagi jadvalda qidiruv so‘rovi natijalariga ko‘ra, ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda, savdo shoxobchasi nomi va kerakli oy uchun tushumlarning umumiy miqdori paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz❗️Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovarlarni onlayn-NKM va virtual kassa chekida aks ettirish funksiyasi yaratilgan.

👉Onlayn-NKT cheklari bo‘yicha daromadlar summasi soliq hisobotida avtomat shakllanadi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF #yashirin_iqtisodiyot

📘Yuridik shaxslar va YATTlar tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat taqdim etilganda, ushbu tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilganlik uchun hisobvaraq-faktura taqdim etilmaydi.

Bugungi kunda onlayn-NKTlardan foydalanuvchilar uchun soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirish tizimi joriy etilgan bo‘lsada, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi baʼzi tadbirkorlar jismoniy shaxslarga realizatsiyalarini bir tomonlama EHF orqali rasmiylashtirgan.

Xususan, joriy yilning I choragida 27 188 ta korxona tomonidan jami QQS summasi 3,6 trln so‘mga bir tomonlama EHF, shundan 1,6 trln so‘mlik EHFlar ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarga realizatsiya uchun rasmiylashtirilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tovarlar (xizmatlar) harakati ketma-ketligini nazorat qilish maqsadida quyidagilar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati cheklanishini maʼlum qiladi:

🔸2022-yil 11-iyuldan onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish, neft-gazni qayta ishlash, ularni saqlash va tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar;

🔸2022-yil 11-sentabrdan norezidentdan import qilingan ishlar (xizmatlar) hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar.

👉Noruda foydali qazilmalarni tashishda EHF tovar-transport yukxati asosida shakllanadi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#sektor_faoliyati
#Jalaquduq_tumani

Mahallalarda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi va ularga ko'maklashildi.

Jalaquduq tumani 4-sektor hududidagi Tuyalas MFYda yashovchi 2-guruh nogironi D.Toshatovaga xassa va Do‘stlik MFYda yashovchi Sh.Shamshatov, Ko‘tarma MFYda yashovchi 2-guruh nogironi A.Xolmatov hamda Tuyalas MFYda yashovchi 2017-yilda tug‘ilgan I.Muxtorjonovga sektor rahbari tashabbusi va homiyligi bilan hamda tuman ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan nogironlik aravasi berilib, holidan xabar olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#sektor_faoliyati
#Xujaobod_tumani

MUROJAAT VA YECHIM

Xo'jaobod tumani 4-sektor tomonidan Qurama MFY da yashovchi temir daftarga kiritilgan kam ta’minlangan, sharoiti og‘ir xonadonlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Elamon ko'chasi 25-uyda yashovchi fuqaro Egamberdiyeva Xilolaxon xonadoni o‘rganilganda, oilada boquvchisi yo’qligi, 4 nafar farzandi borligi, yashash sharoti og‘ir axvolda ekanligi o‘rganilgan edi. Shundan so‘ng sektor rahbari tomonidan ushbu xonadonda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi, xozirda ushbu xonadonga eshik, deraza olib kelib o‘rnatildi, uyini ichki tomonini remont qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qurama mahallasi G‘alaba ko‘chasi 10-uyda yashovchi Shomirsaliyeva Zulxumorxon 4-sektor rahbari sayyor qabulida uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Sektor rahbari Shomirsaliyeva Zulxumorxon xonadonida bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlari va uyini remont qilish uchun 500 ta shlakablok maxsulotlari olib berildi.

Sektor rahbari shaxsan o‘zi har kuni qurilish ishlarini nazoratga olib bormoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#keshbek

Keshbek: chekni ro'yxatdan o‘tkazishda qaysi hududlar yetakchi

Yetakchi hududlar:

📍Toshkent shahri – 8,5 mln ta;
📍Toshkent viloyati – 1,4 mln ta;
📍Qashqadaryo viloyati – 867 972 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 824 910;
📍Xorazm viloyati – 770 906.

Past ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar:

📍Buxoro viloyati – 414 775 ta;
📍Navoiy viloyati – 360 660 ta;
📍Surxondaryo viloyati – 287 310 ta;
📍Jizzax viloyati – 282 581 ta;
📍Sirdaryo viloyati – 210 618 ta.

10.06.2022-yil holatiga

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram