Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#savol_javob

- Biz ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi tashkilotmiz – (komissioner emas). Import qilingan tovarlarni sotib olamiz - bu import qiluvchi bilan alohida shartnoma. Tovarlarni O‘zbekistonga IM-40 rejimida olib kelib, ushbu tovarlarga alohida eksport shartnomasini tuzamiz va sotamiz. Tovarlar bojxonadan o‘tadi. Bu vaziyatda eksportchi sifatida foyda solig'i bo‘yicha 0% stavka qo‘llashimiz mumkinmi

– Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun quyidagi shartlar bajarilganda 0% stavkali foyda solig‘I qo‘llaniladi:
▪️tovar (xizmat)larni eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15 foizini tashkil etsa;
▪️Soliq kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tovarlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
▪️сhet el valyutasida eksport qilingan tovar (xizmat)lar uchun tovar (xizmat)lar eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida daromadlar kelib tushganda.

Bunda tovarlar eksport qilinganda, 0% miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovar (xizmat)lar eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, qo‘llanilmaydi.

Bundan tashqari foyda solig‘i bo‘yicha 0 darajali stavka quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
🔸ro‘yxati Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan xom ashyo tovarlar eksportiga;
🔸xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno;
🔸tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarga.

O‘zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuning 11-moddasida tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksporti ekanligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish bilan bir qatorda (ro‘yxati Prezident qarori bilan tasdiqlangan xomashyo eksporti bundan mustasno) quyidagi shartlar bajarilganda foyda solig‘i stavkasi 0%ni tashkil etadi:

✔️tovar (xizmat)larni eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15%ini tashkil etsa;
✔️сhet el valyutasida eksport qilingan tovar (xizmat)lar uchun tovar (xizmat)lar eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida daromadlar kelib tushganda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 9-iyun

iyun oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 июня 2022 года крайний срок

за июнь:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита;
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliqchi_komakchi

Marhamat tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹Andijon viloyati davlat soliq idoralari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazish, ularni qiynayotgan masalalarga oydinlik kiritish, ijobiy yechimlar berish maqsadida joylarda turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

📍Navbatdagi manzilimiz Marhamat tumani bo’ldi. Uchrashuvda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq qonunchiligidagi yangiliklar xususan, “E-imtiyoz” dasturi orqali soliq imtiyozlaridan foydalanish tartiblari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

♻️Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#sektor_faoliyati

Xo’jaobod tumani 4-sektor rahbari A.Musayev tomonidan Mustahkam MFYda yashovchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning ishga joylashishi, yoshlar daftari orqali kontrakt to’lab berishda imtiyozli kredit olish kabi murojaatlar tinglandi. Sektor rahbari tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyida hal qilinib, muddat talab etiladigan hamda vakolatli organlar bilan hal bo'ladigan masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Shundan so’ng sektor rahbari MFYdagi yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida har kuni mahalla yoshlari o’rtasida sport tadbiri o’tkazib borilishini ta’kidladi.

Shu kunning o’zida Mustahkam hamda Sarqamish MFY yoshlari o’rtasida futbol musobaqasi tashkil etilib, sektor rahbari tomonidan g’olib bo’lgan jamoa esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat
#marketpleys

Chek berishni talab qilish -tadbirkorlikka qarshilik emas

Mamlakatimizda
tadbirkorlarga bir xil sharoit yaratish, jumladan, barcha savdo operatsiyalari shaffofligini taʼminlab kelayotgan intizomli soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xufiyona iqtisodiyotning oldini olish maqsadida Davlat soliq organlari tomonidan izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ammo shu sohaning ayrim vakillari ijtimoiy tarmoqlarda chek berishning joriy etilishini IT sohasiga bosim deb hisoblamoqda.

Davlat soliq xizmati organlari bunga javoban, hurmatli tadbirkorlardan isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik talablarini bajargan holda, o‘z faoliyatlarini shaffof amalga oshirishlarini so‘raydi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil va tizimli ravishda davom ettiriladi va bu borada turli xil salbiy fikrlar tarqatilishini asossiz deb hisoblaydi.

❗️Eslatib o‘tamiz, elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qilingan tovar uchun fiskal belgili chek taqdim etmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rishga sabab bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Marhamat tumanida viloyat 4-sektor rahbari sayyor qabuli o'tkazildi

Batafsil
: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

☝️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga terminal cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.

Shuningdek onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ushbu qurilmalar orqali chek taqdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan cheklarni taqdim qilish soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#Murojaatnoma

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i R.Nasimovning joriy yilning may oyida viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisoboti

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-iyun

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

may oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 июня 2022 года крайний срок

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

за май:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292 Налогового кодекса, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram