#Sayyor_qabul
#Marhamat_tumani
Sayyor qabulda aholi murojaatlariga yechim topildi
Andijon viloyati Marhamat tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i, viloyat 4-sektor rahbari hamda korxona va tashkilotlarning mutassaddilari ishtirok etdilar.
Aholini qiynayotgan turli muammolariga ijobiy yechim topish, xalqning dardu tashvishlarini tinglash, ularning turmush darajasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha mutassaddilarga murojaat qildilar.
Maishiy masalalardan tortib, bank krediti, tadbirkorlik faoliyatini rivojlatirishdan tortib, sog‘ligi borasidagi muammolar yuzasidan yuzlab fuqarolarning murojaatlari shu joyning o‘zida o‘rganilib chiqildi. Yashash sharoitidan kelib chiqib moddiy yordam so‘rab kelgan aholi vakillari shu joyning o‘zida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan bir martalik moddiy yordam ko‘rinishida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandilar.
Qabul davomida aholi vakillari tomonidan qilingan sog‘ligini tiklash, bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik faolyatini boshlashi yoki mavjud faoliyatini rivojlantirishi uchun qulay sharoitlar yaratish va yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, kommunal xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar va shunga o‘xshash yuzlab murojaatlarning aksariyatiga shu joyning o‘zida yechim topildi.
Muddat talab etiladigan hamda markaziy vakolatli organlar bilan hal bo'ladigan masalalarning yechimi bo‘yicha aniq yo‘l xaritasi tuzilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#e_ijara
Lizingga olingan mol-mulk uchun ijara shartnomasi “E-ijara” xizmatida qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
Lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
👉Soliq kodeksi 54-modda
Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyo lizing obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan:
▫️korxonalar;
▫️mulkiy komplekslar;
▫️binolar;
▫️inshootlar;
▫️uskunalar;
▫️transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk.
👉O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni
Lizing oluvchi lizing shartnomasi bo'yicha olingan mol-mulkdan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishi shart.
Agar lizing oluvchi (yuridik shaxs) lizing asosida olingan ko‘chmas mulkni ijaraga bersa, u ijara shartnomasini “E-ijara” xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarur.
Buning uchun lizing beruvchi:
1. ERI kaliti yordamida Ijara.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi
2. Yuqori menyudan "Lizing" bo‘limi tanlaydi.
3. "Lizingga berilayotgan ko'chmas mulk to'g'risida ma'lumot" bo'limida:
▫️ochilgan ro'yxatdan kerakli ko'chmas mulkni tanlaydi;
▫️lizingning boshlanish va tugash sanasini ko'rsatadi.
4. "Lizingga oluvchi to'g'risida ma'lumot" bo‘limida mulkni ijaraga olgan yuridik shaxs STIRni kiritadi. Tizimda yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi va manzili avtomatik ravishda aks etadi.
5. "Yuborish" tugmasini bosadi.
Yuqoridagi amallar bajarilgach, lizing oluvchi ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Ko‘chmas mulk obyekti” qatorida ochiladigan ro‘yxatda o‘zi ijaraga berayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami aks etadi.
👉Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
👉Ikkilamchi ijara shartnomasi qanday hisobga qo‘yiladi?
👉Mobil ilovada ERIsiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
👉E-ijara tizimida kommunal xizmatlar
👉Ijara shartnomasining haqiqiyligi qanday tekshiriladi?
👉 Ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#savol_javob
- Biz ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi tashkilotmiz – (komissioner emas). Import qilingan tovarlarni sotib olamiz - bu import qiluvchi bilan alohida shartnoma. Tovarlarni O‘zbekistonga IM-40 rejimida olib kelib, ushbu tovarlarga alohida eksport shartnomasini tuzamiz va sotamiz. Tovarlar bojxonadan o‘tadi. Bu vaziyatda eksportchi sifatida foyda solig'i bo‘yicha 0% stavka qo‘llashimiz mumkinmi❓
– Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun quyidagi shartlar bajarilganda 0% stavkali foyda solig‘I qo‘llaniladi:
▪️tovar (xizmat)larni eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15 foizini tashkil etsa;
▪️Soliq kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tovarlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
▪️сhet el valyutasida eksport qilingan tovar (xizmat)lar uchun tovar (xizmat)lar eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida daromadlar kelib tushganda.
Bunda tovarlar eksport qilinganda, 0% miqdoridagi soliq stavkasi soliq to‘lovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovar (xizmat)lar eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari foyda solig‘i bo‘yicha 0 darajali stavka quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
🔸ro‘yxati Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan xom ashyo tovarlar eksportiga;
🔸xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno;
🔸tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarga.
O‘zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuning 11-moddasida tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksporti ekanligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish bilan bir qatorda (ro‘yxati Prezident qarori bilan tasdiqlangan xomashyo eksporti bundan mustasno) quyidagi shartlar bajarilganda foyda solig‘i stavkasi 0%ni tashkil etadi:
✔️tovar (xizmat)larni eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15%ini tashkil etsa;
✔️сhet el valyutasida eksport qilingan tovar (xizmat)lar uchun tovar (xizmat)lar eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida daromadlar kelib tushganda.

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 9-iyun
iyun oyi uchun:
- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем❗️9 июня 2022 года крайний срок
за июнь:
- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);
- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита;
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

#soliqchi_komakchi
Marhamat tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
🔹Andijon viloyati davlat soliq idoralari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazish, ularni qiynayotgan masalalarga oydinlik kiritish, ijobiy yechimlar berish maqsadida joylarda turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
📍Navbatdagi manzilimiz Marhamat tumani bo’ldi. Uchrashuvda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq qonunchiligidagi yangiliklar xususan, “E-imtiyoz” dasturi orqali soliq imtiyozlaridan foydalanish tartiblari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
♻️Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

#sektor_faoliyati
Xo’jaobod tumani 4-sektor rahbari A.Musayev tomonidan Mustahkam MFYda yashovchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarning ishga joylashishi, yoshlar daftari orqali kontrakt to’lab berishda imtiyozli kredit olish kabi murojaatlar tinglandi. Sektor rahbari tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyida hal qilinib, muddat talab etiladigan hamda vakolatli organlar bilan hal bo'ladigan masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Shundan so’ng sektor rahbari MFYdagi yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida har kuni mahalla yoshlari o’rtasida sport tadbiri o’tkazib borilishini ta’kidladi.
Shu kunning o’zida Mustahkam hamda Sarqamish MFY yoshlari o’rtasida futbol musobaqasi tashkil etilib, sektor rahbari tomonidan g’olib bo’lgan jamoa esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

#rasmiy_munosabat
#marketpleys
Chek berishni talab qilish -tadbirkorlikka qarshilik emas
Mamlakatimizda tadbirkorlarga bir xil sharoit yaratish, jumladan, barcha savdo operatsiyalari shaffofligini taʼminlab kelayotgan intizomli soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xufiyona iqtisodiyotning oldini olish maqsadida Davlat soliq organlari tomonidan izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ammo shu sohaning ayrim vakillari ijtimoiy tarmoqlarda chek berishning joriy etilishini IT sohasiga bosim deb hisoblamoqda.
Davlat soliq xizmati organlari bunga javoban, hurmatli tadbirkorlardan isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik talablarini bajargan holda, o‘z faoliyatlarini shaffof amalga oshirishlarini so‘raydi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil va tizimli ravishda davom ettiriladi va bu borada turli xil salbiy fikrlar tarqatilishini asossiz deb hisoblaydi.
❗️Eslatib o‘tamiz, elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qilingan tovar uchun fiskal belgili chek taqdim etmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rishga sabab bo‘ladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
Marhamat tumanida viloyat 4-sektor rahbari sayyor qabuli o'tkazildi
Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Marhamat tumanida viloyat 4-sektor rahbari sayyor qabuli o'tkazildi
Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM
☝️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga terminal cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Shuningdek onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ushbu qurilmalar orqali chek taqdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan cheklarni taqdim qilish soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram