Andijon viloyati soliq boshqarmasi
868 subscribers
4.3K photos
1.05K videos
74 files
3.71K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#keshbek

Aprel oyi uchun iste‘molchilarga 40 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab berildi

🧾
Aprel oyida 427 ming nafar iste'molchi tomonidan 8 mlntaga yaqin chek "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7,5 mlntaga yaqin cheklarga 61,4 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

💰27-may holatiga 340 mingdan ortiq iste'molchilarga 38,6 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

soliq hisobotlari topshirilishi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

👉K
eshbek bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi

👉Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

👉Keshbek chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi
______________________
#кешбэк

Потребителям за апрель уже выплатили почти 40 млрд сумов кешбэка

🧾
В апреле 427 тысяч потребителей зарегистрировали около 8 млн чеков в мобильном приложении "Soliq", почти за 7,5 млн из них начислен кешбэк в размере 61,4 млрд сумов.

💰По состоянию на 27 мая более 340 тысячам человек уже выплачено 38,6 млрд сумов кешбэка.

Когда будут выплачены оставшиеся суммы кешбэка?

Суммы кешбэка выплачиваются автоматически, по мере того как субъекты предпринимательства:
представляют налоговую отчетность;
исправляют недостатки в отчетности;
погашают
налоговую задолженность.

👉Как зарегистрировать чек, чтобы получить кешбэк?

👉
Как перевести кешбэк на банковскую карту?

👉Кешбэк за дистанционные электронные платежи

👉За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

👉Кешбэк подтверждается после 25-го числа следующего месяца

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#aksiz_soligi

2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari:

- O'rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:
🔸neft mahsulotlari
(yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan);
🔸ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.

- Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:
▫️filtrli;
▫️filtrsiz sigaretalar;
▫️papiroslar;
▫️sigarillalar (sigaritlar);
▫️bidi;
▫️kretek
.

👉O‘RQ-741 29.12.2021-y.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliqchi_komakchi

Davlat soliq qo‘mitasi ko‘kdalalik bolalar uchun yangi maktab qurmoqda

Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish davri – Uchinchi Renessans poydevorining mustahkam bo‘lishida yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish ularni fidoiylik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda maktablarning o‘rini beqiyos.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati buni chuqur anglagan holda yana bir xayrli tashabbusga qo‘l urdi.

Davlat soliq qo‘mitasi homiyligida Qashqadaryo viloyatining yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanidagi 219-maktabda 240 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha maktab binosini qurilish ishlari boshlab yuborildi.

“Qumdaryo” mahallasidagi mazkur maktabda 176 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv bloki mavjud bo‘lib, o‘quvchilar soni ko‘pligi, sinfxonalar yetishmasligi qator noqulaylilk tug‘dirib kelgan.

Ushbu ezgu tashabbus tufayli bu muammolar qisqa vaqt ichida hal etilib, o‘quvchilar yangi o‘quv yilidan yangi maktab binosida o‘qishini davom ettiradi.

👉Davlat soliq qo‘mitasi Asajam qishlog‘ida zamonaviy maktab bunyod etdi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

– YaTT reklama faoliyati bilan shug‘ullanadi, bankhisob raqamiga shartnomalar asosida pul kirim qilinadi, ushbu pul mablag‘lari YaTTning hisobraqamidan korporativ kartasiga chiqarilgan bo‘lsa soliqqa tortiladimi, agar soliqqa tortilsa, qaysi hujjat asosida?

– Tadbirkorlik faoliyati subyektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga haqli.
👉O‘RQ-328 02.05.2012-y

Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‘lash uchun sarf qilinayotgan pul mablag‘lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qatʼiy tarzda belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
👉O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi Nizom (MB boshqaruvining 28/21-son qarori 10.03.2021-yil)

Yakka tartibdagi tadbirkor milliy valyutadagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa har qanday xarajatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Korporativ bank kartasi va yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvarag‘ini ochgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor zimmasida bo‘ladi.
_____________
#вопрос_ответ

- Индивидуальный предприниматель занимается рекламной деятельностью. Денежные средства, поступающие на основе договоров, зачисляются на банковский расчетный счет. Облагаются ли они налогом при переводе с расчетного счета индивидуального предпринимателя на корпоративную карту и на основании каких нормативно-правовых документов?

- Субъекты предпринимательской деятельности вправе свободно распоряжаться доходом (прибылью), остающимся после покрытия всех производственных издержек, уплаты налогов и других обязательных платежей.
👉ст.8 №ЗРУ-328 от 02.05.2012 г.

Денежные средства, расходуемые для оплаты в безналичной форме с использованием корпоративных банковских карт, являются средствами, предоставляемыми держателю корпоративной банковской карты на условии отчетности и используемыми на строго определенные цели.
👉Положение о правилах выпуска и обращения банковских карт на территории РУз (Приложение к Постановлению правления ЦБ от 10.03.2021 г. N 28/21)

Индивидуальный предприниматель может осуществлять с использованием банковских карт в национальной валюте платежи, связанные с производственной деятельностью, торговлей, обслуживанием, выполнением работ на территории РУз, а также по всем иным расходам, предусмотренным законодательством.

Ответственность за законность совершенных операций посредством корпоративной банковской карты и банковских карт индивидуального предпринимателя несет индивидуальный предприниматель, открывший карточный счет.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

- YATT reklama faoliyati bilan shugullanadi, bankhisob raqamiga shartnomalar asosida pul kirim qilinadi, ushbu pul mablag‘lari YATTning hisobraqamidan korporativ kartasiga chiqarilgan bo‘lsa soliqqa tortiladimi, agar soliqqa tortilsa, qaysi hujjat asosida?

- Tadbirkorlik faoliyati subyektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga haqli.
👉O‘RQ-328 02.05.2012-y

Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‘lash uchun sarf qilinayotgan pul mablag‘lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qatʼiy tarzda belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
👉O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi Nizom (MB boshqaruvining 28/21-son qarori 10.03.2021-yil)

Yakka tartibdagi tadbirkor milliy valyutadagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa har qanday xarajatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Korporativ bank kartasi va yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvarag‘ini ochgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor zimmasida bo‘ladi.
_____________
#вопрос_ответ

- Индивидуальный предприниматель занимается рекламной деятельностью. Денежные средства, поступающие на основе договоров, зачисляются на банковский расчетный счет. Облагаются ли они налогом при переводе с расчетного счета индивидуального предпринимателя на корпоративную карту и на основании каких нормативно-правовых документов?

- Субъекты предпринимательской деятельности вправе свободно распоряжаться доходом (прибылью), остающимся после покрытия всех производственных издержек, уплаты налогов и других обязательных платежей.
👉ст.8 №ЗРУ-328 от 02.05.2012 г.

Денежные средства, расходуемые для оплаты в безналичной форме с использованием корпоративных банковских карт, являются средствами, предоставляемыми держателю корпоративной банковской карты на условии отчетности и используемыми на строго определенные цели.
👉Положение о правилах выпуска и обращения банковских карт на территории РУз (Приложение к Постановлению правления ЦБ от 10.03.2021 г. N 28/21)

Индивидуальный предприниматель может осуществлять с использованием банковских карт в национальной валюте платежи, связанные с производственной деятельностью, торговлей, обслуживанием, выполнением работ на территории РУз, а также по всем иным расходам, предусмотренным законодательством.

Ответственность за законность совершенных операций посредством корпоративной банковской карты и банковских карт индивидуального предпринимателя несет индивидуальный предприниматель, открывший карточный счет.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Xarid cheklarini berish bilan bog‘liq tekshirishlar to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasi oxirgi vaqtlarda xarid cheklarini berish bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshirishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda quyidagilarga tayanadi:
🔸tadbirkorlar uchun bir xil sharoitdagi muhitni yaratishga erishish;
🔸“yashirin iqtisodiyot”ga barham berish.

Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va professional ekspertlarning tahlil va xulosalari respublikamizda yashirin iqtisodiyotning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bu ko‘rsatkich 70 foizgacha yetishi maʼlum qilingan.

Shu munosabat bilan xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq maʼmurchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga fuqarolarning faol ishtiroki kuzatilib, yil boshidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda:

Onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Aynan shunday tahlillar natijasi bilan 30 mingga yaqin murojaat bo‘yicha tekshirish o‘tkazish rad etilgan.

Lekin, qolgan qismi tekshirilganda - afsuski 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi bo‘yicha murojaatchilarning xabari tasdig‘ini topdi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:
Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlarini izchil davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_IYUN_2022.pdf
157.3 KB
#soliq_taqvimi

Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil iyun oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июнь 2022 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#shikoyat_berish

DSQ tomonidan quyi soliq organlarining jami 601,9 mlrd so‘mlik 110 ta qarori soliq to‘lovchilar foydasiga bekor qilindi

2022-yil boshidan buyon Davlat soliq qoʻmitasiga shikoyat berish tartibida kelib tushgan jami 1 365,7 mlrd soʻmlik 243 ta murojaat koʻrib chiqildi.
Shundan:
▫️sayyor soliq tekshiruvlari bo‘yicha13,7 mlrd so‘mlik 21 ta shikoyat;
▫️soliq auditi bo‘yicha 239,4 mlrd so‘mlik 18 ta shikoyat;
▫️kameral soliq tekshiruvlari bo‘yicha 1 112,6 mlrd so‘mlik 204 ta shikoyat.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan shikoyat berish tartibi buzilganligi sababli 65 ta murojaat ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan. Shundan 17 tasi sayyor soliq tekshiruvi, 25 tasi soliq auditi, 23 tasi kameral soliq tekshiruvlari natijalariga oid shikoyatlardir.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan:
▫️qanoatlantirilmasdan qoldirish to‘g‘risida 342,0 mlrd so‘mlik 82 ta qaror;
▫️qisman bekor qilish to‘g‘risida 95,3 mlrd so‘mlik 51 ta qaror, (326,5 mlrd so‘mlik qismi o‘z kuchida qolgan);
▫️quyi soliq organlarining qarorlarini to‘liq bekor qilish to‘g‘risidagi 601,9 mlrd so‘mlik 110 ta qaror qabul qilingan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Iste'molchilarga yil boshidan to‘langan keshbek 115,9 mlrd so‘mga yetdi

🧾Aprel
oyida iste'molchilar tomonidan 61,4 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgani va shundan 38,6 mlrd so‘mi to‘lab berilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun aprel oyi uchun iste'molchilarga yana 3,7 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi va mazkur oy uchun to‘langan keshbek 42,3 mlrd so‘mga yetdi.

Shuningdek bugun:
🔹Yanvar oyi uchun194,4 mln so‘m;
🔹Fevral oyi uchun 234,1 mln so‘m;
🔹Mart oyi uchun 588,4 mln so‘m keshbek to‘landi.

💰Yil boshidan to‘langan jami summa 115,9 mlrd so‘mga yetdi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

soliq hisobotlari topshirilishi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

👉K
eshbek bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi

👉Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

👉Keshbek chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi
______________________
#кешбэк

Потребителям с начала года выплатили 115,9 млрд сумов кешбэка

🧾
Ранее сообщалось, что в апреле потребители накопили 61,4 млрд сумов кешбэка, из которых выплачено 38,6 млрд сумов.

Сегодня за апрель выплачено еще 3,7 млрд сумов. Таким образом, общая сумма кешбэка за апрель составила 42,3 млрд сумов.

Также сегодня выплачено:
🔹за январь 194,4 млн сумов;
🔹за февраль 234,1 млн сумов;
🔹за март 588,4 млн сумов.

💰Итого общая сумма выплаченного с начала года кешбэка достигла 115,9 млрд сумов.

Остальные суммы кешбэка выплачиваются автоматически, по мере того как субъекты предпринимательства:
представляют налоговую отчетность;
исправляют недостатки в отчетности;
погашают
налоговую задолженность.

👉Как зарегистрировать чек, чтобы получить кешбэк?

👉
Как перевести кешбэк на банковскую карту?

👉Кешбэк за дистанционные электронные платежи

👉За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

👉Кешбэк подтверждается после 25-го числа следующего месяца

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi
#imtiyoz

Daromad solig'idan qisman ozod etiladi*:

🔸ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar
- bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYo) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi;

🔸ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar - bu imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, yangi nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi.

*Daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 297 200 so'm).

👉Soliq kodeksning 380-modda 5-bandi

❗️2022-yil 1-iyundan MHEKM 1x= 920 ming so‘m.
__________
#знаете_ли_вы
#льгота

От налога на доходы освобождаются частично*:

🔸одинокие матери, имеющие двух и более детей до 16 лет - льгота предоставляется на основании справки, выдаваемой органами регистрации актов гражданского состояния (ЗАГС) на каждого ребенка отдельно;

🔸вдовы и вдовцы, имеющие двух и более детей до 16 лет и не получающие пенсию по случаю потери кормильца - льгота предоставляется при предъявлении свидетельства о смерти мужа (жены), свидетельств о рождении детей, об отсутствии нового брака и при наличии справки районного (городского) отдела внебюджетного Пенсионного фонда при Министерстве финансов Республики Узбекистан об отсутствии пенсии по случаю потери кормильца.

*По доходам в размере 1,41-кратной МРОТ (1 297 200 сумов) за каждый месяц, в котором получены эти доходы.

👉п.5 ст.380 НК

❗️С 1 июня 2022 года 1 МРОТ = 920 000 сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#sorovnoma

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Moliya vazirligi tomonidan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va soliq siyosatini takomillashtirish to'g'risida chora-tadbirlarni baholash bo‘yicha anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

2022-yil 6-iyungacha so‘rovnomada ishtirok eting⬇️
https://forms.gle/Swvf4Lqz3ie8o3Vx6
__________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики❗️

Министерство финансов проводит анонимный опрос по оценке изменений, внесенных в Налоговый кодекс, и мер по совершенствованию налоговой политики.

Примите участие в опросе до 6 июня 2022 года ⬇️
https://forms.gle/1BodUWvyw2LyCqep6

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#marketpleys

Billing, avtomatlashtirilgan savdo tizimlariga ega bo‘lgan yoki ushbu tizimlar orqali tovar va xizmatlarini realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari DIQQATIGA

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarga (VM-255-son qarori 12.05.2022-y.,) muvofiq, o‘z tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratildi.

Mazkur qarorga asosan, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Marketpleyslarni davlat reyestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi.

Arizaga (havola) kuyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
1️⃣Marketpleys dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal maʼlumotlar operatorining xulosasi;
2️⃣Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;
3️⃣Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK va URL website);
4️⃣Marketpleysning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko‘rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari.
Shuningdek arizada marketpleysning call-markazi telefon raqami ko‘rsatiladi.

Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:
▪️Soliq kodeksing 227-1-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya;
▪️MJtKning 175-moddasi 6-qismiga asosan maʼmuriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
❗️Mazkur jarimalar O‘RQ-758-son Qonuniga muvofiq, 2022-yil 12-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Axborot tizimlarini to‘g‘ri integratsiya qilish borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.

☎️ +998 71 202-32-32 (ichki: 538, 541, 551)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram