Andijon viloyati soliq boshqarmasi
862 subscribers
4.3K photos
1.05K videos
74 files
3.72K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#gender_tenglik

Davlat soliq xizmati organlarining ustuvor vazifalaridan biri – Gender tenglikni ta'minlash

Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Bu borada davlat soliq xizmati organlarida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 16-20-may kunlari hududiy davlat soliq organlarida rahbarlik lavozimiga tayinlangan hamda tizimda ishlayotgan ayol xodimlarni rahbarlikka o‘qitish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Fiskal institutda tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunida kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyozga ega bo‘lgan soliq to'lovchilar ushbu soliqlarning 1 foizini to'laydi

Avvalroq Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani xabar qilingan edi.

Demak, mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod etilgan tadbirkorlik subyektlari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘laydi. Mazkur qoida ularga Soliq kodeksining 483-moddasida, shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarga taalluqlidir va 3 oydan keyin (2022-yil 6-avgustdan) kuchga kiradi.
Soliq kodeksining 75-moddasi 11-qismi

Ushbu o‘zgarishlar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilarning va soliqdan ozod etilgan soliq obyektlarini hisobini yuritish maqsadida kiritilgan.

Eslatma❗️Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq quyidagilar mol-mulk solig'i va yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi:

▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahri va tumani uchun "o‘sish nuqtasi" deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

▫️Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

▫️Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklari — 2022-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatga.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#25_may
#bitiruvchi_2022

Fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman

Aziz bitiruvchilar, jonajon maktabingiz, qadrdon ustozlaringiz va bir partada yonma-yon o‘tirib, oila aʼzolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Bunyodkorlik, yaratuvchanlik, har doim o‘qish va izlanishda bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishingizda omadlar tilayman.

Albatta fikr erkinligi, xilma-xilligi ko‘p va ularni hurmat qilamiz.

Lekin, bugun sizning shaʼningizga bildirilayotgan ezgu tilaklar qatorida, kimlardir davlat xizmatchisi bo‘lishni tanlamang degan maslahatlarni ham berishdi.

Xalqimizning, xizmat qilgan elda aziz, degan iborasi bejizga aytilmagan.

Davlat xizmatchisi – bu xalq xizmatkoridir!

Yangi O‘zbekiston meʼmori
va tashabbuskori hisoblanuvchi Prezidentimiz tomonlaridan belgilangan bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uchinchi Renessans” poydevorini birgalikda qurishimiz uchun yuksak kasbiy mahorat, kuchli iroda sohibi, o‘rni kelganda mardlik va fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#25_may

Andijon viloyati Buloqboshi tumani "Sanoat" MFYda joylashgan 14- umumta'lim maktabida 389 nafar o'g'il-qizlar taxsil oladilar. Bu yil ta'lim dargohini 23 nafar o'g'il-qizlar tamomlamoqdalar.

Ushbu umumta'lim maktabida tashkil etilgan tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbari ishtirok etib, bitiruvchilarga mamlakatimiz rahbarining tabriknomasini o'qib eshittirdilar.

Katta hayot ostanasida turgan kelajagimiz egalariga ertangi faoliyatida ulkan zafarlar tiladilar.

Tadbirga tashrif buyurgan el ardog'idagi taniqli san'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar ishtirokchilarga bayramona ko'tarinki kayfiyat ulashdi. O'qish davrida yuqori natijalarni qo'lga kiritgan o'quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#25_may

Shuningdek, bitiruv tadbiri davomida o'quvchilar o'rtasida viloyat soliq boshqarmasi tomonidan sportning voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennisi turlari bo'yicha bitiruvchilar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etildi va g'oliblarga viloyat soliq boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tabdir so'ngida maktab bitiruvchilari hamda pedagogik jamoa uchun to'kin dasturxon yozilib, bir piyola choy tashkil etildi

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#ijtimoiy_soliq

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq
qaytarib beriladi
(PF-6208,VM-460-son).

Bunda:
ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;
ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ish beruvchining arizasi rad etiladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish uchun:

1️⃣ My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kiriladi. “Xizmatlar” ➡️ “Soliq majburiyatlari” ➡️ “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bo‘limlari ketma-ketlikda tanlanadi.

2️⃣ Ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

3️⃣ Ijtimoiy soliq summasini qaytarish so‘ralayotgan davr ko‘rsatiladi.

❗️2022-yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-aprel.

4️⃣ Tegishli sanalar kiritilgach, korxonaning 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari ro‘yxati va ijtimoiy soliq summasi avtomatik tarzda shakllanadi.

5️⃣ Maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, xususan, ijtimoiy soliq stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag‘lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.

6️⃣ “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. So‘ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi. Ilovani saqlash va chop etish mumkin.

7️⃣ Kiritilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, “Arizani yuborish” tugmasi bosiladi.

“Yuborilgan arizalar” bo‘limida ariza holati, ijrochisi va ko‘rib chiqish muddatlari haqida to‘liq maʼlumotlar aks ettiriladi.

Ariza 5 ish kunida o‘rganib chiqiladi.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉🏻Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 28-may soat 00:00 dan 29-may soat 23:59 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
________

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️
В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 28 мая до 23:59 часов 29 мая текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠
В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram