Andijon viloyati soliq boshqarmasi
862 subscribers
4.3K photos
1.05K videos
74 files
3.72K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#hayat

Hay’at majlisi: 13 ta DSI boshlig‘i lavozimidan olindi, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi...

Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisi keskin tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi.

Unda joriy yilning I chorak yakunlari bo‘yicha soliq organlari faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va mamlakatimiz Prezidentining 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalarining so‘zsiz ijro etilishi masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

Ayrim yirik soliq to‘lovchilari uchun joriy yilda soliq stavkalarining pasayishiga qaramasdan, budjet tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumbelgilangan iqtisodiy ko‘rsatkich (YaIM)ga nisbatan ham yuqori, ya’ni 17%ga o‘sganligi;

Yirik soliq to‘lovchilardan tashqari boshqa tadbirkorlik subyektlarining soliq ma’murchiligiga mas’ul hududlarda esa tushumlarning o‘rtacha o‘sishi 37%ni tashkil etganligi;

Bundan tashqari, soliq ma’murchiligining indikator soliqlaridan QQS 27%ga, hududlarda esa o‘rtacha 60%ga o‘sganligi;

Aylanmadan olinadigan soliq 1,3 baravarga o‘sib, ushbu soliq turidan eng yuqori o‘sish Farg‘onada 67% va Xorazmda 48%ni tashkil etganligi qayd etildi.

Bunday o‘sishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi qatorida soliq ma’murchiligini raqamlashtirishdagi dadil qadamlar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda mavjud muammolar ochiq va keskin ravishda tanqid qilindi.

Jumladan, soliq ma’murchiligini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va yuklatilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun:

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qashqadaryo va Toshkent viloyati DSB, Kogon hamda Andijon shahar DSI rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi.

Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar DSI boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bag‘dod, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar DSI bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, G‘ijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani DSI Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘lim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.

O‘z o‘rnida, yuqori natijalarga erishgan Davlat soliq boshqarmalari va 64 ta soliq inspeksiyalari jamoasini moddiy rag‘batlantirishga qaror qilindi.

Hay’at yig‘ilishida DSQ raisi o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, shaxsiy mas’uliyati belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan har bir bo‘g‘inda temir intizomga rioya etgan holda, jahon bozoridagi keskin tebranishlarga qaramasdan yil boshida belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Soliqchi – ko‘makchi” institutining istiqbolli ko‘rsatkichlari, kichik va o‘rta biznes subyektlarini transformatsiya qilish, soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish kabi muhim yo‘nalishlarda aniq vazifalar belgilab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo qoidalariga amal qilmaslik, jumladan, xaridorlarga chek bermaslik holatlari bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlarga nisbatan e’tirozlar tarqalmoqda.

Ta’kidlash joizki, keyingi kunlarda ayrim tadbirkorlik subyektlarida onlayn-NKM QR-kodli chekini bermaslik, plastik karta orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish yoki hujjatsiz faoliyat yuritish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, budjetga tushishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lanmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Bunday soliqqa oid huquqbuzarliklar ustidan samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida fuqarolarga "Soliq” mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar berish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu ilova orqali fuqarolar tomonidan yo‘llangan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlar asosida o‘rganish o‘tkazilishi mumkin. O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qonuniy ishlayotgan, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan intizomli tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyatidagi muammolar bartaraf etilishida yordam berishga hamisha tayyor.

Shuningdek, bozorda barcha uchun teng va erkin raqobat sharoitini ta’minlash hamda iste’molchlar huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha soliq to‘lovchilarni soliq qonunchiligi normalariga amal qilishga chorlaydi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqamasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hisobotlari

JShShODS hisobotida yangi ustunlar

🔄Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotining 5-ilovadasiga ikkita ustun qo‘shildi:
▫️“Ish o‘rni tashkil qilingan sana” - 4-ustun
▫️“Ish o‘rni” - 10-ustun.

4-ustun “Ish o‘rni tashkil qilingan sana”:
🔸agar ish o‘rni 2022-yil 1-yanvargacha tashkil qilingan bo‘lsa “01.01.2022-yil” sanasi ko‘rsatiladi;
🔸agar ish o‘rni joriy yilda tashkil etilgan bo‘lsa, tashkil qilingan sana ko‘rsatiladi.

10-ustun - “Ish o‘rni”:
🔸agar xodim joriy yil boshidan doimiy ishlayotgan bo‘lsa “1” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim 01.01.2022 yil holatiga mavjud bo‘lgan vakant lavozim hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “2” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda yangi yaratilgan ish o‘rni hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “3” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda mavsumiy ish o‘rini hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “4” raqami qo‘yiladi.

❗️Mazkur ustunlar majburiy ustunlar hisoblanadi, ular to‘ldirilmagan taqdirda hisobot yuborish imkoniyati cheklanadi.
___________
#налоговая_отчетность

Новые графы в отчетности по НДФЛ

🔄В Приложении №5 к Расчету налога на доходы физических лиц и социального налога обновлены:
▫️графа 4 «Дата создания рабочего места»;
▫️графа 10 «Рабочее место».

В графе 4 «Дата создания рабочего места»
:

🔸если рабочее место создано до 1 января 2022 года, укажите дату 01.01.2022 год;
🔸если рабочее место создано в этом году, укажите точную дату создания.

В графе 10 «Рабочее место»:

🔸если сотрудник работал на постоянной основе с начала года, укажите цифру 1;
🔸если сотрудник принят на вакантное место по состоянию на 01.01.2022 года, укажите цифру 2;
🔸если сотрудник занял вновь созданное в этом году рабочее место, укажите цифру 3;
🔸если сотрудник в этом году занял сезонное рабочее место, укажите цифру 4.

❗️Заполнение этих граф является обязательным. Если они не заполнены, отправка отчетности будет ограничена.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sektor_faoliyati

4-SEKTOR RAHBARI RAG‘BATLANTIRILDI...

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha «Eng tashabbuskor sektor» nominatsiyasida 2-o‘rinni egallagan Izboskan tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Qurbonov Lochinbek Inomidinovich 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Batafsil:👆 “Andijon axboroti” information dasturida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#bilasizmi

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun qanday imtiyozlar berilgan?

Ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha 0% stavkasini qo‘llash huquqiga ega 👉Soliq kodeksi 337-modda. Bunda tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlar tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 %ini tashkil etishi lozim.

Bunga tibbiyot tashkilotlari tomonidan tegishli litsenziya asosida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar kiradi. Jumladan:
🔹 tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
🔹 stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari.
👉Soliq kodeksi 59-modda

Tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan quyidagi tibbiy xizmatlarni (kosmetika xizmatlaridan tashqari) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod qilinadi:
🔹tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari;
🔹tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
🔹stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari.
👉 Soliq kodeksi 243-modda 1-qism 11-band

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza sog‘liqni saqlash muassasalarining (turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari bundan mustasno) o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda 1-qism

Sog‘liqni saqlash muassasalari joylashgan yerlarga (turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar bundan mustasno) yer solig‘i solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 428-modda 2-qism

📹 “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati
__________
#знаете_ли_вы

Какие льготы предусмотрены для сферы медицинского обслуживания?

Налогоплательщики, осуществляющие деятельность в социальной сфере, вправе применять налоговую ставку в размере 0% по налогу на прибыль👉ст.337 НК При этом доходы от соответствующих видов деятельности с учетом доходов в виде безвозмездно полученного имущества составляют не менее 90% их совокупного годового дохода.

Сюда относятся медицинские организации, оказывающие медицинские услуги на основании соответствующей лицензии. В частности:
🔹услуги по диагностике, профилактике и лечению;
🔹стоматологические услуги, включая услуги по зубному протезированию.
👉ст.59 НК

Освобождается от НДС оборот по реализации следующих медицинских услуг:
🔹услуг медицинской помощи и санитарного обслуживания;
🔹услуг по диагностике, профилактике и лечению;
🔹стоматологических услуг, включая зубное протезирование.
👉п.11 ч.1 ст.243 НК

При исчислении налога на имущество юридических лиц налоговая база уменьшается на среднегодовую остаточную стоимость объектов здравоохранения (за исключением санаторно-курортных объектов, расположенных в туристских зонах).
👉ч.1 ст.414 НК

Земельные участки, занятые объектами здравоохранения (за исключением земель, занятых санаторно-курортными объектами, расположенными в туристских зонах), не подлежат налогообложению земельным налогом.
👉ч.2 ст.428 НК

📹Интерактивный сервис "Обращение по использованию налоговых льгот"

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yishda davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 150-son qarori qabul qilindi. (02.04.2022-yil)

Qaror bilan Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning quyidagi maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:

🔸Ko‘chmas mulk ijara yoki tekinga foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;

🔸Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;

🔸Tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan hamda jismoniy shaxslarga etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;

🔸Soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish;

🔸Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish;

🔸Soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish.

📌Mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish materiallari eʼlon qilib boriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram