Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tayinlov

Andijonda 5 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

🖊Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔹Qosimov Ibratjon
Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Musayev Alisher Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Muminov Elmurod Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Zulunov Baxtiyor Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Kodirov Abduvoxid Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
👉HURMATLI TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR!

Joriy yil 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi yuzasidan topshiriq bergan edi.

Mazkur topshiriqdan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Andijon viloyatida mazkur uchrashuvlar

🔹 2022 yil 26 mart soat 10:00da
Andijon va Xonobod shahar, Andijon, Oltinko'l, Xo'jaobod, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Izboskan, Paxtaobod tumanlari uchun Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida;
🔹 2022 yil 26 mart soat 15:00da
Asaka, Shahrixon, Bo'ston, Baliqchi, Marhamat va Ulug'nor tumanlari uchun Shahrixon tumani madaniyat saroyida o'tkazilishi rеjalashtirilgan.

Uchrashuvda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#keshbek
#jamoatchilik_nazorati

Isteʼmolchilarga fevral oyi uchun 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi

Avval xabar berganimizdek, fevral oyida iste'molchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ilib, shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘langan edi.

📊Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi bo‘yicha o‘zgarishlar inobatga olinib, qolgan keshbek summalari ham to‘lab borilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar tuzatilganligi bois iste'molchilarga yana 6,3 mlrd so‘m keshbek to‘landi.

Natijada 26-mart holatiga fevral oyi uchun keshbek to‘lab berilgan fuqarolar soni 183 052 nafarga, ularga to'langan summa 18,4 mlrd so‘mga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1% keshbek qaytarilmoqda.

Buning uchun iste'molchilar xarid chekining QR-kodini “Soliq” mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim. Avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun olingan xarid cheklari bundan mustasno.

❗️Mart oyida hisoblangan keshbek aprel oyining 21-25-sanalarida qaytariladi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram