Aloqa - LIVE
2.04K subscribers
1.9K photos
249 videos
795 links
https://t.iss.one/aloqabank

PR | CSR | CorpComms | Media

Qiziqarli faktlar, foydali iqtiboslar, IT, texnologiyalar, mintaqaviy startap ekotizimi haqida ma'lumotlar va bank sohasiga oid yangiliklar.
Download Telegram
💵Moliyaviy xavfsizlik yo‘lida navbatdagi e'tirof.

🖊 Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentida, Eurasian Group (EAG) tashkilotining 20 yilligi munosabati bilan vazirliklar, idoralar hamda xususiy sektor vakillarini, xalqaro darajadagi yutuqlari uchun, tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

👤 Mazkur tadbirda, AloqaBank ham jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda samarali faoliyat olib borganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

⚡️Ushbu mukofot O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy xavfsizligini ta’minlash, xalqaro standartlarga mos ravishda milliy tizimni rivojlantirish va mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirishga qaratilgan muhim xizmatlarning e’tirofi sifatida topshirildi.

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Sifatli mahsulot – bu nafaqat talab, balki mas’uliyatdir.

👤 AloqaBank tomonidan mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning navbatdagi yorqin namunasi — MChJ "NAVOIY ISHONCH GILAMLARI". Korxona o‘z faoliyatini to‘qimachilik va polimer sanoati yo‘nalishida muvaffaqiyatli rivojlantirib kelmoqda. shuningdek, gilam va gilam uchun yelimlar va polietilen quvurlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

🖼"Navoi Ishonch Gilamlari" mijozlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llab, sifat va innovatsion yondashuvni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu kompaniyaning ichki bozordagi yetakchi o‘rni va barqaror rivojlanishining asosiy omillaridan biridir.

🖼Korxona ko'rsatkichlari:

⚡️ Joriy qilingan yangi uskunalar natijasida gilam ishlab chiqarish quvvati yiliga 3,6 million kvadrat metrdan 5,0 million kvadrat metrgacha oshgan. Bu esa mahsulot hajmini ko‘paytirish orqali bozordagi talabni qondirishga xizmat qiladi.

⚡️Korxonada ish o‘rinlari soni 217 nafardan 350 nafarga yetkaziladi. Bu, o‘z navbatida, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish bilan bir qatorda, hududdagi iqtisodiy faoliyatga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

⚡️Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan sa’y-harakatlar samarasida quyosh panellari o‘rnatildi. Natijada elektr energiyasi iste’molida 14,3 foizgacha tejamkorlikka erishildi.

👤 Batafsil video lavhada.

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Kelajak texnologiyalari sari qadam.

👤AloqaBank va Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida, universitetni “Sun’iy intellekt” va “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishidagi II-kurs talabalari uchun amaliy ko‘chma mashg‘ulot darsi tashkil etildi.

🧠Ushbu mashg‘ulot bank tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va axborot xavfsizligini ta’minlash istiqbollarini yoritishga bag‘ishlangan bo'lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Eng e’tiborlisi, talabalar tomonidan maruzachiga o‘zbek, rus va ingliz tillarida savollar berib,uchrashuv interaktiv muloqotda faol ishtirok etdilar.

✔️Tadbirning asosiy maqsadi yosh mutaxassislarning professional tayyorgarligini oshirish, ularda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va bank tizimida sun’iy intellekt hamda axborot xavfsizligi sohasida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar bilan tanishtirishdan iborat bo'ldi.

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠IT sohasida kelajak yulduzlari.

Raqamli texnologiyalar tomonidan birinchi marotaba tashkil etilgan “Yulduz Tech Awards” taqdirlash marosimi o‘zgacha iliq kayfiyatda o‘tkazildi. Ushbu tadbir IT sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimizning yutuqlarini quvvatlashga bag‘ishlangan bo'lib, maqsadlari quyidagilar edi:
➡️ Xotin-qizlarning IT rivojiga qo‘shgan hissasini qadrlash;
➡️ Ularga yangi imkoniyatlar va motivatsiya yaratish;
➡️ Professional tarmoq va hamkorlikni mustahkamlash.

🧠 20 dan ortiq mukofotlangan xotin-qizlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va yutuqlari uchun esdalik sovg‘alari, maxsus statuetkalar, va Coursera platformasida 6 oylik bepul ta’lim olish imkonini beruvchi vaucherlar bilan taqdirlandilar.

👤Shuningdek tadbirda qatnashgan AloqaBank rahbariyati barcha ishtirokchilarga samimiy tilaklar bildirib, ularni o‘z loyihalari bilan startap akselerator dasturlarida faol ishtirok etishga chorlab o‘tdi. Bank har bir g‘oya va tashabbusni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

🙌Shu kabi tadbirlar ayollarni qo‘llab-quvvatlash orqali IT texnologiyalar sohasida yangi kashfiyotlar sari dadil qadam tashlanishida yaqqol namunasi. Va albatta ushbu tashabbuslar IT sohasidagi xotin-qizlarning o‘z salohiyatini yanada kengroq namoyon etishiga yo‘l ochadi.

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM