Alisher Sadullaev
175K subscribers
2.41K photos
636 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Download Telegram
Alisher Sadullaev
🎉 Finalda katta sovgʻalar! ⚡️Faol obunachilarimizga 100ta kitob va 100ta "mutolaa premium" sovg'a qilmoqchiman. Faqat bitta shart bilan: "Mutolaa" marafoni doirasidagi onlayn muloqotda faol ishtirok etish zarur va suhbat davomida Sa’dullo Quronov qalamiga…
⚡️Eng yaxshi savol egalariga ham maxsus sovg'alarimiz bor.

Xususan, inson muvaffaqiyatida oilaning o'rni, ta'lim olishga oid yoki rejalar tuzishga oid fikrlar. Jamoani boshqarish va umuman qanday qilib loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlash bo'yicha savollar kutaman.

Albatta, savollar sohalar kesimida cheklanmagan. Erkin va kreativ savollarga ham javob berib o'tamiz.
👍225🔥5140🏆1
⚡️O‘quv markazlari forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Avvalroq aytganimdek, eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha vakillari, hamda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasblarni egallashni niyat qilgan yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirish uchun o‘quv markazlari forumini tashkil etyapmiz.

Forumni yuqori saviyada va barcha uchun tizimli hamda qiymatli o‘tkazish, shuningdek byudjet mablag‘larini tejash maqsadida, forum xarajatlarini qoplash uchun o‘quv markazlari o‘z hissalarini qo‘shish imkoniyati yaratildi (ixtiyoriy).

O‘quv markazlari ochmoqchi bo‘lgan, xorijiy tillar hamda kelajak kasblariga qiziquvchi yoshlar uchun alohida master-klaslar tashkil etiladi. Spikerlar tarkibi kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Marhamat, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting, 14-15-dekabr kunlari, Toshkent shahridagi, yoshlar ijodiyot saroyida bo'lib o'tadigan O‘zbekistonning eng katta o‘quv markazlari hamjamiyatiga aʼzo bo‘ling.

👉https://forum.kelajakkasblari.uz/
1👍17031🔥30🙏2🏆1
⚡️Bugun yoshlar bilan kechki muloqotda kitobxonlar uchun katta sovg'alar tayyorlab qo'yganmiz!

Qanday sovg'alar deb o'ylaysiz?

https://t.iss.one/mutolaaxona?livestream

@mutolaaxona ko'rishguncha. Bunaqasi hali bo'lmagan)
👍148🔥4338🏆1
⚡️Bugungi muloqotda qanday sovg'a kutayapsiz?
Anonymous Poll
39%
Elektromobil 😳
20%
Turkiyaga sayohat
31%
100ta kitob
10%
100ta premium
🔥158👍9142🏆1
⚡️Ayni damda Germaniyada 3 oy davomida amaliyot dasturlari, "work and travel" kabi loyihalarda ishtirok etib kelgan talaba yoshlar bilan muloqot qilayapmiz.

Ular ikki masalani:

- Talabalarning bilet xarajatlarini uchun qarz berish (taxminan 600-1000 USD), keyin ularni talabalar Germaniyadagi ish vaqtida 3 oy davomida davlatga qaytarib berishi,

- Ko'proq til o'rgatish va qo'shimchasiga balki viza xarajatlarini kompensatsiya qilish takliflarini ham berishdi.

Muloqot davom etmoqda, Sizda qanday takliflar bor?
2👍495🔥8957🏆2
⚡️Jamoamizga qo'shilmoqchi bo'lgan yoshlar diqqatiga!

Yil yakunlari bo'yicha yoshlarning yangi tashabbus va g'oyalarini eshitish uchun katta maydon hozirlayapmiz.

Unda faol ishtirok etgan va boshqalardan zukkoligi, intiluvchanligi hamda mehnatsevarligi bilan ajralib turgan yoshlarni Respublika agentlik jamoasiga taklif qilmoqchimiz.

Albatta, saralangan nomzodlarni suhbat asosida o'zimiz uchun kelajak jamoasi sifatida ham tayyorlab boramiz. Eng muhimi fikrlar, g'oyalarni eng yuqori minbarlardan qaror chiqaruvchilarga ham yo'llash imkoniyati va minglab yoshlar uchun foydali tashabbuslar ilgari surish imkoniyati Sizda paydo bo'ladi.

Forum yuzasidan qanday fikr va takliflaringiz bor?
7👍569🔥10089🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12🔥483👍388102
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.

🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍676🔥135119🙏1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qarshi shahrida “Oʻquv markazlari forumi” boʻlib oʻtdi. Forumda shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev ishtirok etib, oʻquv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashabbuskorlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Qolgan tuman va shahar hokimlaridan ham tashabbuskorlik kutib qolamiz.

manba

Batafsil: https://t.iss.one/oquvmarkazlarforumi
👍146🔥2625🙏2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍251🔥7952🙏1🏆1
⚡️"Bek va Lola" multserialining qanday yaralishi haqida qisqacha. Milliy qo'shiqlarimiz, milliy o'yinlarimiz va milliy qadriyatlar. Eng qiziq joyi musiqa bastalash va bolalar uchun yodda qoldigan she'r yozish – o'ta murakkab jarayon. Lekin bizning yoshlar bu ishning uddasidan chiqishmoqda. Marhamat, ko'ring: https://t.iss.one/alisher_sadullaev/4875

Shunday kreativ jamoaga qo'shilinglar, Sizlar ham.
👍269🔥6463🙏4🏆1
⚡️Yoshlarimiz uchun, xususan talabalar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor!

👉https://t.iss.one/alisher_sadullaev/4870
👍188🔥4638🙏1🏆1
⚡️Bugun Prezidentimiz yoshlar uchun mana bunday yangilikni e'lon qildilar:

Maʼlumki, rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi koʻplab dasturlar bor. Jumladan, Oʻzbekistonlik yoshlar taʼtil vaqtida chet elga borib, ham bilim olayapti, ham daromad topayapti.

Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish tizimi yoʻlga qo'yiladi.


Manba: https://president.uz/uz/lists/view/7754
16👍667🔥13094🙏1🏆1
#Qiziq

Bugun ertalabdan yoshlarforumi.uz platformasiga kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqar ekanman, bir necha juda qiziq fikrlarga ko'zim tushdi.

Dilnoza Muhammadiyevaning - galofit o‘simliklaridan ajratib olinadigan endofit bakteriyalardan suspenziya tayyorlab, uni sho‘rlanish va stress sharoitlariga qarshi qo‘llash bo‘yicha bildirilgan taklifi meni qiziqtirib qo'ydi.

Nasibjon Sharofiddinovning - @mutolaaxona loyihasini rivojlantirish bo'yicha bergan takliflari, xususan, oylik marafonlar hamda asar mualliflari bilan muloqotlar, qahramonlarni sun'iy idrok orqali gavdalantirish yoki o'quvchilarga mutolaaning sovg'alarini taqdim etish kabi ko'plab takliflari bizga juda ma'qul. Biz Nasibjonni mutolaa jamoasiga ham taklif qilamiz.

Sardor Mahmudjonovning - suvsiz hamda toshloq yerlarda kovul o'simligini yetishtirish va bu orqali aholi bandligini ta'minlash bo'yicha qilgan ishlari, taklifi ham juda qiziq.

Albatta, qolgan takliflarni ham o'rganib chiqmoqdamiz. Ayni damda ularga aloqaga chiqib, takliflarini vazirlik idora rahbarlari yoki ilmiy institutlarga yo'naltiramiz. Loyihaning ommalashishiga hissa qo'shamiz.

Siz ham tashabbus va g'oyalaringizni yoshlarforumi.uz platformasiga yuboring. Takliflaringiz vazirlik va hokimliklar tomonidan qo'llab-quvvatlanishida albatta yordam beramiz.

@alisher_sadullaev
👍317🔥7258🙏2
⚡️Bek va Lola 11 million marta ko'rildi!

Bugun Bek va Lola multserialining 5-qismi e'lon qilindi.

Bu safar qahramonlarimiz bolalar uchun qanday qadriyatlarni ilgari surishganini albatta ko'rishingiz shart.

Izohlarda bugungi qism haqida yozilgan mazmunli va batafsil sharh egalariga jamoamiz nomidan maxsus sovg'alar yetkazilib beriladi.

👉https://youtu.be/n0TMTQ3ik74
👍333🔥7566🙏2
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi. To‘garak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi.

@alisher_sadullaev
👍219🔥3732🙏1
Prezidentimiz ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi.

Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta'kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

@alisher_sadullaev
👍36551🔥44🙏1
⚡️Bugun sizlar bilan quvonchli xabarni bo‘lishmoqchiman!

Kuni kecha British Council hamda IDP IELTS imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarimiz haqida ma’lumot taqdim etishdi.

Unga ko‘ra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 4 yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.

Albatta, Prezidentimiz har tomonlama yoshlarimiz chet tillarini o‘rganishlari uchun yaratayotgan imkoniyatlari natijasida, xorijiy til imtihonlarida yuqori natija qayd etayotganlar soni nafaqat miqdor bo’yicha, balki sifat bo‘yicha ham oshib bormoqda.

Yoshlarimizni chet tillarini o‘rganishlari, global dunyoda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib olga intilishlarida omad tilaymiz.

@alisher_sadullaev
👍607🔥170119🙏5😢3🏆2
#duo

Kun davomida yoshlarga zamonaviy kasblar va chet tillarini o'rgatish bo'yicha birinchi o'quv markazlari forumida bo'ldim. Kayfiyat juda a'lo.

Kechga yaqin esa onamning sog'liqlari biroz og'irlashganini eshitdim. Juda mayus tortdim. Onamni qattiq yaxshi ko'rganimdanmi, hamma ishlarim esimdan chiqdi. Hozir ularni ko'rgani keldim, ahvollari juda og'ir, ammo Yaratgandan shifo tilayman. Duolaringizda ularni eslab, shifo tilashingizni so'rab qolaman. Erta tongda, shifo bilan uyg'onsinlar.
2.47K🙏1.21K🔥230👍197😢183🏆2